Nayrobi terakti: SAS harbiysining 19 soatlik jangi

2019-yil 15-yanvar kuni Keniya poytaxti Nayrobidagi besh yulduzli mehmonxonaga terroristlar hujum qildi. Hodisadan xabar topgan Kristian Kreygxed yolg‘iz o‘zi voqea joyiga yo‘l olib, 19 soatlik “mushuk-sichqon” o‘yinida qatnashdi va Donald Tramp nazariga tushdi.

Jahon

01.10.2026, 18:03

Ulashish:

O‘tgan bir asr davomida Sharqiy Afrika Yaqin Sharqdagi siyosiy mojarolar bilan bog‘liq bir qator nizolar markazida qolib ketdi.

Ayniqsa, Keniya G‘arb davlatlari bilan ittifoqchi bo‘lgani, bir qancha xorijiy davlatlarning harbiy bazalarini o‘z hududida joylashtirgani uchun ko‘plab terroristik harakatlarga nishon hisoblanadi.

Bundan tashqari, mamlakatda qashshoqlik, zaif armiya va politsiya tizimi, korrupsiyalashgan siyosiy boshqaruv hukmron edi.

Keniya xavfsizlik kuchlari Somalidan kirib keladigan terrorizm oqimini jilovlay olmaydi.

Terrorizmga qarshi kurash harakatlarining oldingi safida turuvchi maxsus Keniya bo‘linmalari esa AQSH va Buyuk Britaniya harbiy qo‘mondonlari tomonidan tayyorlanadi. Jumladan, Britaniyaning yuqori darajali maxsus havo xizmati – SAS bo‘linmasi ham shular qatorida. 2019-yil yanvarida bir guruh SAS a’zolari shu maqsadda Keniyaga yuborilgan. Ular mahalliy mudofaa kuchlari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishi kerak edi.

SAS jamoasi tarkibida bugungi hikoyamiz qahramoni – Kristian Kreygxead ismli maxfiy bo‘linmaning harbiy operatori ham bo‘lgan. U 1992-yilda, hali 16 yoshida Britaniya armiyasiga qo‘shilgan va faoliyatini yosh desantchi sifatida boshlagan.

22nd SAS Operator Christian Craighead rocking the 'Obi Wan Nairobi' patch  whilst on deployment somewhere in Africa : r/SpecOpsArchive

Keyinchalik razvedka bo‘linmalarida ham xizmat qilgan. 2006-yilda SASning maxsus 6 oylik murakkab saralash dasturidan muvaffaqiyatli o‘tib, SAS polkiga qabul qilinadi.

Shundan keyingi faoliyati SASdagi maxfiylik talablari sababli hanuzgacha sir saqlanadi.

 

Nayrobi terakti

Biz aytmoqchi bo‘lgan hodisa – dahshatli terakt esa 2019-yil 15-yanvar kuni tushdan keyin boshlandi. Soat taxminan 15:00 da Nayrobi shahridagi Westlands hududida joylashgan 5 yulduzli Dusit D2 mehmonxonasida hayot odatiy tarzda edi: odamlar tushlik qilar, atrofdagi do‘konlar xaridorlar bilan to‘lgan.

Xuddi shu payt 5 nafar Keniya fuqaroligiga ega terroristlar puxta rejalashtirilgan operatsiyani amalga oshirishga kirishdi.

Shabaab says Nairobi attack carried out in accordance with Zawahiri's  guidelines - FDD's Long War Journal

Ular AK-47 avtomatlari, qo‘l granatalari va qo‘lbola portlovchi qurilmalar bilan qurollangan bo‘lib, dastlab bino tashqarisiga joylashib olishdi.

15:30 larda jangarilardan biri guruhdan ajralib chiqdi va binoga kirdi. U tushlik paytida gavjum bo‘lgan Secret Garden restoranining ochiq ayvoniga chiqib, svahili tilida baqirdi va o‘zini portlatib yubordi. Bu rejalashtirilgan teraktning ilk bosqichi boshlanganini anglatardi.

Death toll tops 20 in Kenyan luxury hotel attack - France 24

Portlash ovozidan so‘ng qolgan to‘rt jangari hujumni boshlaydi va ikki nafar Keniya politsiyachisi bilan otishmaga kirishadi.

Birozdan so‘ng qarovsiz turgan uchta avtomobilga granata uloqtirishadi. Natijada ikkita portlash yuz berib, atrofdagilarni vahimaga solib qo‘ydi.

Keyin to‘rtala jangari mehmonxonaga kiradi va ikki guruhga bo‘linadi. Ular birinchi ofis tomon harakatlanib, bino ichidagilarga shafqatsiz o‘q uzishar yoki granata uloqtirishardi. Butun majmuani sarosima egallagan, odamlar har tarafga qochib jon saqlashga urinayotgan edi.

Aytish lozimki, DusitD2 majmuasi atrofi daryo va kanal bilan o‘ralgan, shuningdek, qo‘riqlanadigan hududlardan biri bo‘lgani uchun chiqish yo‘llari cheklangan edi.

Shu paytda majmuadagi bir shaxs dam olish kunida bo‘lgan SAS a’zosi Kristian Kreygxeadga qo‘ng‘iroq qilib, sodir bo‘layotgan hodisa haqida xabar beradi.

Kristian qo‘ng‘iroqqa javob berganida orqa fonda o‘q ovozlari eshitilayotgan edi. Haligi kishi esa undan yordam berish uchun kelishni so‘raydi.

Kristian tezda qurol-aslahalarini olib, yuk mashinasiga o‘tirdi va tirbandlik orasidan yo‘l topib, bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa ichida voqea joyiga yetib keldi.

U aynan nima sodir bo‘layotgani haqida to‘liq ma’lumotga ega emas, bilgani faqatgina otilayotgan o‘q ovozlari bo‘lgan.

Yuzni yopuvchi balaklava, o‘q o‘tkazmaydigan nimcha va Armani jinsi shim kiyib olgan bu yigit Glok 17 to‘pponchasi, jangovar pichoq va ovozsizlantirgichli Colt Canada C8 (Kolt Kanada Si-8) karbin avtomati bilan qurollangan edi.

Obi Wan Nairobi in 200mm from Mitches | planetFigure | Miniatures

Mahalliy aholi niqoblangan, o‘nlab odamlarni, hatto yaradorlarni ko‘tarib tashqariga olib chiqayotgan yolg‘iz harbiyga hayrat bilan qarashardi.

Ko‘p o‘tmay politsiya bo‘linmalari va boshqa kuchlar voqea joyiga yetib kelib, bino atrofini o‘rab olishadi. Kristian esa askarlarga qo‘shilib xodimlar va mehmonlarni qutqarishda davom etdi.

Kameralarga tushib qolgan kadrlarda uning o‘nlab askarlarni ortda qoldirib, ishni o‘z qo‘liga olgani va dushman bilan bevosita jangga kirishganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Kristian binodagi xonalarni birma-bir tozalash va ko‘zdan kechirish chog‘ida terrorchilarning ikkitasini bir o‘zi yo‘q qilgan.

O‘q ovozlari to‘xtagach mahalliy askarlar va Kristian binoning qolgan qismini tekshirishga kirishdi. Chunki ular jangarilarning aniq sonini hali ham bilishmasdi.

Kristian hamon qolgan terroristlarni axtarib xonama-xona kezar, tirik yoki yaralangan odamlarni xavfsiz tashqariga olib chiqardi.

Nihoyat xavf bartaraf etildi degan xulosaga kelishadi. Biroq oradan bir necha soat o‘tib qayta otishma va portlash ovozlari eshitila boshlandi.

Politsiya xonalardan birida yana ikkita qurollangan jangari borligini aniqlaydi. Ushbu shaxslar bilan otishmaga kirishgan politsiya ularni yarador holda qo‘lga oladi. Va nihoyat soat 23:48 ga kelib majmua rasman xavfdan bartaraf etilgani e’lon qilindi.

Hujum oqibatida 20 nafar Keniya fuqarosi, bir nafar amerikalik va bir nafar Janubiy Afrika fuqaroligiga ega shaxs halok bo‘lgan.

Islamic extremists claim responsibility for Nairobi hotel attack that  killed at least 15 - ABC News

Keyinchalik, “Ash-Shabab” terrorchilik guruhi bayonot berib, AQSHning Isroildagi elchixonasi ko‘chirilganiga javoban “Al-Qoida” ko‘magida teraktni amalga oshirganini da’vo qiladi.

Voqeadan so‘ng dunyoga tanilib ketgan Kristian 19 soatlik qamaldagi harakatlari uchun Buyuk Britaniyaning ikkinchi eng yuqori qahramonlik mukofoti “Jasorat xochi” bilan taqdirlangan.

Mehmonxonaga yolg‘iz kirib, tinch aholini qutqarishda ishtirok etgani aks etgan suratlar internetda keng tarqalgach, unga “Obi-Van Nayrobi” laqabi berildi. Bu nom “Star Wars” filmidagi Obi-Van Kenobiga ishora edi.

Taxminiy hisob-kitoblarga qaraganda, u 700 dan ortiq kishining hayotini saqlab qolgani aytiladi.

Keniyadagi voqealardan atigi bir yil o‘tgach Kristian 2020-yilda SAS safidan iste’foga chiqdi. O‘zining aytishicha, xizmatdoshlari uning yutug‘iga hasad qilgani uchun xizmatdan ketgan.

Kristian keyinchalik Dusit D2 mehmonxonasidagi voqea haqida One Man In (Ichkaridagi bir odam) nomli xotiralariga asoslangan 224 sahifalik kitob ham yozgan. Bu kitob uzoq tekshiruvlardan keyin 2026-yil sentyabrda ilk bor nashr etildi.

Kristianning mashhurligi mazkur voqea bilangina yakunlanib qolmadi. Unga shaxsan Donald Tramp ham o‘ta mas’uliyatli bir ishni taklif qilgan.

 

Tramp posboni

Nayrobi teraktidan so‘ng, 2019-yilning o‘zida Kristian Vashingtonga tashrif buyuradi. Bundan xabar topgan Tramp uni Oq uyga taklif qilib, shaxsan uchrashdi. 

Former British SAS officer Christian Craighead greet US President Donald Trump

Suhbat davomida AQSH prezidenti Kristianga terakt mobaynida Amerika fuqarolarini ham qutqargani uchun minnatdorchilik bildiradi.

Bu uchrashuvdan 5 yil o‘tib, 2024-yil 13-iyulda Pensilvaniya shtatidagi saylovoldi mitingida Trampga qarshi suiqasd uyushtirildi. 

Trump appoints trusted security chief Sean Curran as new Secret Service  director

Ushbu voqeadan so‘ng Tramp xavfsizlik xizmatining harakatlarini tahlil qilar ekan, maslahatchilariga Kristian Kreygxedni misol qilib keltiradi. 

Tramp Kristianga o‘xshagan jangovar tajribaga va burgutnikidek o‘tkir ko‘zlarga ega mutaxassis bo‘lganida, unga uyushtirilgan hujumni avvaldan payqab, xavfni bartaraf etardi, deb ta’kidlaydi.

2024-yil oktyabr oyida Tramp Kristian bilan ikkinchi marta uchrashib, uni o‘zining shaxsiy xavfsizlik jamoasiga taklif etadi.

Former Sas Soldier Christian Craighead, Poses For A Photo With Us President Elect Donald Trump.

Kristian Kreygxed ushbu taklifni qabul qildi va AQSHda yashash huquqini rasmiylashtirdi. 2025-yil yanvar oyidan boshlab rasman Trampning shaxsiy xavfsizlik jamoasiga qo‘shildi.

Uning vazifasi Tramp ommaviy chiqish qiladigan joylarni oldindan ko‘zdan kechirish, ehtimoliy xatarlarni tahlil qilish va prezident xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Hozir ham ayni lavozimda ishlab kelmoqda.

Muallif: Isomiddin Jumanazarov

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

F1 çempioni Lyuis Hemilton Ğazo çegarasida

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi

Yetti karra Formula-1 çempioni Hemilton «Rafah» çegara punktini oçişga çaqirdi.

Jahon

12.11.2026, 16:42

Толибон эркак шифокорларнинг аёлларни даволашини чекламоқда

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda

Erkak şifokorlarga ayol bemorlarni mahramsiz körikdan ötkaziş taqiqlangan. Çeklovlar tibbiy yordam oliş imkoniyatini yanada qiyinlaştirmoqda.

Jahon

12.11.2026, 15:46

Ğazodagi 70 mingga yaqin çodirni suv bosdi

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti

Ğazo sektoridagi 70 mingga yaqin çodirni suv bosgan, 350 ming atrofidagi aholi toşqinlardan zarar körgan. BMT Isroilni gumanitar yordam yetkaziş uçun barça çegara ötiş punktlarini oçişga çaqirmoqda.

Jahon

12.11.2026, 12:36

Фазлиддинхон Меҳмонов ҳамда блогер Азиз Ғоипназаров

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi

«Demokrat.uz» rahbari va bloger Aziz Ğoipnazarov qanday jinoyatda ayblandi va sud ularga qanday jazo tayinladi? Iş tafsilotlari ma’lum böldi.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 12:27

Янги Тошкент шаҳрининг меъморий макети.

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?

Yangi Toşkentda hokim kimga böysunadi, şaharni kim boşqaradi va davlat idoralari qayerda joylaşadi? Prezident farmoni bilan yangi şaharning boşqaruv tizimi belgilandi.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 11:08

Cохта IMEI код

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari

IMEI kodlarini soxtalaştiriş, noqonuniy import sxemalari va iPhone importi 6,2 barobar oşgan.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:51

Блогернинг ижтимоий саҳифасидан

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida öziga mutlaqo begona qizning suratini uning roziligisiz joylaştirib, unga nisbatan asossiz ayblovlar bildirganlikda gumon qilinmoqda.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:35

Блогер Феруза Норматованинг ижтимоий тармоқдаги саҳифасида эълон қилинган видеосидан лавҳа.

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida öziga mutlaqo begona qizning suratini uning roziligisiz joylaştirib, unga nisbatan asossiz ayblovlar bildirganlikda gumon qilinmoqda.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:35

Kiberhujum

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi

Xakerlar Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid 2 000 dan ortiq hujjatni öğirlagan. Şuningdek, Özbekiston örmon xöjaligiga aloqador tizimga ham kirgan.

Jahon

12.11.2026, 10:18

“Aytmatov” va “Kulpaş” filmlari posteri

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi

Qozoğistonda 1930-yilgi oçarçilik va Stalin qatağonlari aks etgan ikki film namoyişi qoldirildi. Bu holat mamlakatda senzura va ijod erkinligi borasidagi bahslarni kuçaytirmoqda.

Madaniy

11.11.2026, 15:53

Rossiya IIV: migrantlar orasida jinoyatçilik yarim yilda 40 foizga kamaydi

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Rossiyada xorij fuqarolari 20 mingdan ortiq jinoyat sodir etgan. IIV migrantlarga nisbatan çeklovlar jinoyatçilikni kamaytirganini da’vo qilmoqda.

Jahon

11.11.2026, 12:17

GTL

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?

Qariyb 3,42 milliard dollarlik majmua import örnini bosişi kerak edi, ammo işlab çiqariş va import körsatkiçlari loyihaning samaradorligi haqida jiddiy savollarni yuzaga keltirmoqda.

Oʻzbekiston

11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi

Eron inqilobi qöriqçilari korpusining Harbiy-havo va kosmik kuçlari tasarrufidagi yangi raketa majmuasida ballistik va qanotli raketalar joylaştirilgan.

Jahon

11.11.2026, 11:36

Европа Иттифоқи ҳарбийлари Украинада

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi

Qaror Yevropa Ittifoqining Ukrainaga kömaklaşiş böyiça harbiy yordam missiyasi faoliyati yuzasidan ötkazilgan sönggi strategik tahlildan keyin qabul qilindi.

Jahon

11.11.2026, 10:09

Çegara mojarosida zarar körgan uy

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi

Tojikiston bilan çegara hududlari almaşinuvi natijasida Qirğiziston tasarrufiga ötgan 213 ta uyning 170 tasi yaşaş uçun yaroqli deb topildi. Ularni 2021–2022-yillardagi qurolli töqnaşuvlarda uyidan ayrilgan fuqarolarga beriş rejalaştirilmoqda.

Jahon

10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda

Rossiyada millionlab böş iş örinlari mavjud bölsa-da, hukumat xorijliklarning mehnat faoliyatini çeklaşda davom etmoqda. 2027-yildan sakkizta hududda migrantlarga taksiçilik qiliş taqiqlanişi, Sankt-Peterburgda esa çeklovlar boşqa sohalarga ham yoyilişi mumkin.

Siyosat

09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?

Samsung smartfonlar, televizorlar yoki kir yuviş maşinalaridan taşqari osmonöpar binolar ham quradi. Kiyim-keçak sotadi. Bir paytlar harbiy texnika ham işlab çiqargan. 2016-yilda esa “portlaydigan” telefonlar sotgan. Ayrimlar kompaniya rahbarini mamlakat prezidentidan ham qudratliroq deb hisoblaydi.

Fan-texnologiya

09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi

Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar hamda investorlar bilan muloqotida ma’lum qilindi.   

Oʻzbekiston

09.11.2026, 15:16

Лайка Спутник-2 аппаратидаги парвозга тайёрланмоқда. 1957 йил. Фото: Космонавтика музейи

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar

Inson kosmosga uçişidan oldin olimlar hayvonlar iştirokida vaznsizlik va radiatsiya ta’sirini örgandi. Ayrimlari tirik qaytdi, boşqalari esa tajribalar davomida halok böldi.

Madaniy

09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi

Çilonzor tumani IIB xodimlari ALP naşriyotidan 3 nomdagi jami 5 274 dona kitobni olib ketgan. Kitoblar avvalroq tegişli taşkilotda muhokama qilingan, ammo bu haqda noshirga xabar berilmagan.

Madaniy

07.11.2026, 12:05

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →