updated: 17.07.2026, 11:24

Turkmaniston O‘zbekiston SIM-kartalariga qarshi reyd boshladi

Turkmanistonda O‘zbekiston SIM-kartasidan foydalanish nafaqat katta jarima, balki josuslik aybloviga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Jahon

15.07.2026, 17:58

Ulashish:

Turkmaniston O‘zbekiston SIM-kartalariga qarshi reyd boshladi

Internet va aloqa ustidan nazoratni  kuchaytirayotgan Turkmaniston hukumati mamlakatning chegara hududlarida O‘zbekiston mobil operatorlari SIM-kartalaridan foydalanayotgan fuqarolarga qarshi reydlar boshladi. Bu haqda “The times of Central Asia” nashri yozdi.

“Ozodlik” radiosining Turkman xizmati — Radio Azatlyk xabariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan chegaradosh Dashog‘uz viloyatidagi 60 dan ortiq aholi punktida tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Mahalliy aholi vakillarining aytishicha, xavfsizlik xodimlari reydlar davomida O‘zbekiston SIM-kartalarini aniqlab, ularni musodara qilmoqda.

Diyor qishlog‘i aholisi so‘nggi bir necha kunning o‘zida 10 ta oiladan O‘zbekiston SIM-kartalari olib qo‘yilganini ma’lum qilgan.

 

SIM-karta uchun jarima va qamoq

Xorijiy mobil aloqa xizmatlaridan foydalangan fuqarolar turli jazolarga duch kelmoqda.

Ayrim hollarda internetdan faqat vaqt o‘tkazish uchun foydalanayotganini aytgan yoki jarima to‘lash imkoniyati bo‘lmagan fuqarolarga faqat ogohlantirish berilmoqda.

Boshqalar esa 50 ming manatgacha jarima yoki qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin. Bu jarima rasmiy kurs bo‘yicha qariyb 14,3 ming dollar, qora bozor kursida esa 2,5 ming dollardan ko‘proqni tashkil etadi.

 

O‘zbekiston SIM-kartalar nega ommalashdi?

Radio Azatlyk suhbatlashgan chegara hududi aholisi O‘zbekiston mobil tarmoqlaridan foydalanishga mahalliy operatorlarning sifatsiz aloqa va barqaror internet taqdim eta olmasligi sabab bo‘layotganini aytgan.

Fuqarolardan birining ta’kidlashicha, O‘zbekiston operatorlari interneti Turkmanistonnikiga qaraganda qariyb 300 baravar tez ishlaydi.

“Hukumatimiz fuqarolarga sifatli aloqa taqdim etolmaydi. U faqat cheklash va bloklashni biladi”, — degan yana bir aholi vakili.

 

Bitta raqam 450 dollar

Turkmaniston rasmiylari avval ham O‘zbekiston mobil aloqa xizmatlariga qarshi choralar ko‘rgan.

2024-yil iyul oyida Podrobno.uz nashri mamlakatning shimoliy va sharqiy hududlarida ham shunga o‘xshash reydlar o‘tkazilgani haqida xabar bergan edi.

Nashrga ko‘ra, O‘zbekiston SIM-kartalari Turkmanistonning yagona litsenziyaga ega mobil operatori — Altyn Asyr joriy qilgan internet cheklovlarini chetlab o‘tish, shuningdek bloklangan yangilik saytlari va muxolifat platformalariga kirish imkonini bergani sabab katta talabga ega.

O‘zbekiston SIM-kartalari chegarani kesib o‘tuvchi yo‘lovchilar orqali Turkmanistonga olib kirilgan va keyinchalik norasmiy vositachilar tomonidan sotilgan.

Bitta O‘zbekiston telefon raqami mahalliy xaridorlarga taxminan 450 dollarga sotilgani aytilmoqda.

 

Josuslikka teng jinoyat

Podrobno.uz manbasiga ko‘ra, Turkmaniston hukumati fuqarolarning O‘zbekiston raqamlari orqali xorijiy tashkilotlar bilan muloqot qilayotgani va mustaqil OAVni kuzatayotganidan xavotirda.

Bunday aloqalarda gumon qilingan fuqarolar hatto Turkmaniston Jinoyat kodeksining josuslikka oid moddalari bilan javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

Starlink ham taqiq ostida

Joriy yil aprel oyida huquq-tartibot idoralari Starlink sun’iy yo‘ldosh internet uskunalarini aniqlash va musodara qilish bo‘yicha butun mamlakat bo‘ylab reydlar o‘tkazgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Xodimlar sun’iy yo‘ldosh terminallari o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan uylar, ofislar, tijorat binolari va tomlarni tekshirgan.

Starlink Turkmanistonda rasman ruxsat etilmagan bo‘lsa-da, internet tezligining pastligi va davlat nazoratidagi operatorlar cheklovlari sabab ko‘plab fuqarolar ushbu xizmatdan foydalana boshlagan.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi 23 yillik faoliyatiga yakun yasamoqda. Beş karra “Oltin töp” sohibi xayrlaşuv xatida rekordlar va sovrinlardan köra, xalq qalbidan joy oliş muhimroq ekanini ta’kidladi.

Sport

05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi

Donald Tramp jamoasining boş sotsiologi Toni Fabritsio respublikaçilar uçun oraliq saylovlar natijasi salbiy bölgan taqdirda Isroildan siyosiy boşpana söraşini aytdi.

Siyosat

05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident

Buxoro viloyatida 40 mingga yaqin kişi işsiz, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Oʻzbekiston

04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil

Britaniyalik Karl Buşbi dunyo böylab sayohatini qanday yakunladi?

Madaniy

04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?

Samarqandda ŞHT plyus xavfsizlik böyiça ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Oʻzbekiston

04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi

Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.

Jahon

03.11.2026, 17:09

Illyustrativ tasvir

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi

Yangi talab tafsilotlari bilan tanişing.

Iqtisodiyot

03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi

Isroil harbiylari bosib olingan Ğarbiy sohildagi Dura şahrida jurnalist Muntasir Nassorning uyiga reyd ötkazib, uni hibsga oldi. 

Jahon

03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi

Ayrim hududlarda suv narxi oşdi, kelasi yildan esa tariflarni belgilaş tartibi ham özgaradi.

Iqtisodiyot

31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi

Xitoylik 24 yoşli yigit töyiga mehmon topiş uçun noodatiy yöl tutdi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi murojaati qisqa vaqt içida kutilmagan natija berdi.

Jahon

31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

2026 yil 1 noyabrdan Özbekistonda gaz ta’minoti, bojxona rasmiylaştiruvi, mobil reklama, tadbirkorlar uçun kommunal tölovlar hamda pensiya tayinlaş tartibiga oid bir qator özgarişlar joriy etiladi.

Oʻzbekiston

31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi

Rossiya budjet taqçilligi 5,8 trillion rublga yetdi. Hukumat bir qator sohalarni qamrab oladigan yangi soliq çoralarini taklif qilmoqda.

Jahon

30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi

Yordam pulini qanday oliş mumkin?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi

Kelişuvlar nimalarni özgartiradi?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 11:47

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →