Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun eshik ochilmoqda
Vengriyaning yangi bosh vaziri Magyar Ukrainaning YeIga a’zolik bo‘yicha harakatlarini ma’lum shartlar bajarilganidan keyin qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Jahon
04.06.2026, 11:25
Ulashish:

Chorshanba kuni Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldovaning a’zolikka kirish yo‘lidagi navbatdagi qadamni tashlashiga ruxsat berdi. Diplomatlarning ta’kidlashicha, Vengriya Kiyevga qarshi uzoq yillik vetosidan voz kechayotganiga ishora bermoqda.
Yevropa Ittifoqi Ukraina bilan a’zolikka kirish bo‘yicha muzokaralarni 2024-yil iyun oyida rasman boshlagan edi. Yillar davom etadigan ushbu murakkab jarayon qishloq xo‘jaligidan tortib qonun ustuvorligigacha bo‘lgan barcha masalalarni qamrab oladi.
Biroq bu ramziy bosqichligicha qolib, jarayonning amalda boshlanishini Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orban orqaga surayotgandi.
Joriy yilning aprelida Orban lavozimidan chetlatilgach, Vengriyaning yangi bosh vaziri Peter Magyar Budapeshtning Kiyev bilan hal etilmagan masalalari yechimini topsa, mamnuniyat bilan Ukrainaning a’zolikka kirish harakatlarini yoqlashini bildirdi.
Chorshanba kuni Magyar Ukraina bilan venger etnik ozchiligining huquqlari bo‘yicha “tarixiy kelishuv”ga erishilganini e’lon qilishi – muhim o‘zgarishlardan dalolat. Chunki bu masala uzoq vaqtdan beri qo‘shnilar o‘rtasidagi munosabatlarni taranglashtirayotgan edi.
Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyartoning ma’lum qilishicha, Budapesht Ukraina milliy ozchiliklar bo‘yicha harakatlar rejasiga tuzatish kiritishini istaydi. Shundan so‘ng “Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi bo‘yicha muzokaralarning birinchi klasterini ochishga rozi bo‘ladi”.
Siyartoning bayonotini olqishlagan Yevropa Ittifoqining kengayish masalalari bo‘yicha komissari Marta Kos fikricha, bu Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik yo‘lida olg‘a siljishiga imkon yaratadi.
2022-yildagi Rossiya bosqinidan bir necha kun o‘tib boshlangan Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish harakati Vengriya qarshiligi sabab to‘xtab qolgandi.
Ammo Magyar ham Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga tezlashtirilgan tartibda qo‘shilishiga qarshiligini ta’kidladi.
Shuningdek, u agar Ukraina kelgusi 10-15 yil ichida a’zolikka oid barcha 33 ta bandni yopishga muvaffaq bo‘lsa, mamlakat uning a’zoligi yuzasidan referendum o‘tkazishini aytdi.
Mavzuga oid yangiliklar

Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan 6-klaster bo‘yicha muzokara boshladi
Siyosat
14.07.2026, 14:43

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi
Siyosat
06.10.2026, 18:02

Rossiya Dnepr ustidagi ko‘prikka zarba berdi: besh kishi yaralandi
Jahon
06.10.2026, 16:14

«Usmonov va Fridmandan sanksiyalarni olib tashlash şarmandalik»: Ukraina rasmiylari munosabati
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:48

Alişer Usmonov sanksiyalar röyxatidan çiqarildi
Siyosat
24.09.2026, 14:07

Ukraina dronlari Tula viloyatida ikki kishini o‘ldirdi, Kiyevda 8 kishi yaralandi
Jahon
11.09.2026, 14:27
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
