Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan 6-klaster bo‘yicha muzokara boshladi
Yevropa Ittifoqi Ukrainaning a’zolik muzokaralarida navbatdagi klasterni ochdi. Ushbu qaror Kiyevni Viktor Orban tufayli yuzaga kelgan ikki yillik turg‘unlikdan olib chiqmoqda.
Siyosat
14.07.2026, 14:43
Ulashish:

Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga (YeI) a’zo bo‘lish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam seshanba kuni bosildi. YeI ishlari bo‘yicha vazirlar Ukraina bilan muzokaralarning 6-klasterini ochishni rasman ma’qulladi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
“Bu Ukrainaning imkon qadar tezroq olg‘a borishga bo‘lgan qat’iyatidan dalolatdir” – dedi Irlandiya davlat vaziri Tomas Bern.
Ayni paytda Irlandiya Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qilmoqda va muzokaralarda 27 a’zo davlat nomidan so‘z yuritmoqda.
6-klaster tashqi aloqalarni qamrab oladi va Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bungacha Ukraina uchun faqat 1-klaster ochilgan bo‘lib, u asosiy tamoyillar va qonun ustuvorligini o‘z ichiga olgan.
Seshanba kuni 6-klaster Moldovaga nisbatan ham ochilishi kutilmoqda. Chunki ikki davlatning Yevropa Ittifoqiga a’zolik jarayonlari o‘zaro bog‘langan.
Boshi berk ko‘chadan chiqildi
Ukraina va Moldova 2022-yilda Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlaganidan so‘ng Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Har ikki davlat bu orqali Rossiya tahdidiga qarshi o‘z xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlashni maqsad qilgan.
Ukraina uchun yangi muzokara bosqichlarining ochilishi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban boshchiligidagi ikki yillik siyosiy turg‘unlikka yakun yasadi. U kengashdagi o‘z ovozidan foydalanib, bu jarayonni bir necha bor to‘xtatgan.
Orban Ukraina g‘arbidagi venger ozchiligi huquqlari bilan bog‘liq nizo tufayli Kiyevning a’zolik arizasini muzlatib qo‘ygandi.
Yaqinda Vengriyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida uning siyosiy raqibi Peter Madyar g‘alaba qozonganidan so‘ng Ukraina va Moldovaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik jarayoni izchil davom eta boshladi. Natijada iyun oyida 1-klaster ochildi.
Bunga Madyar boshchiligidagi yangi hukumatning Ukraina tomoni bilan hamkorlik qilib, milliy ozchilik masalasini hal etishga erishgani sabab bo‘ldi.
Yevropa komissiyasi Ukraina va Moldova barcha muzokara klasterlarini ochishga texnik jihatdan tayyor, deb hisoblaydi. Keyingi bosqichlar Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlat hukumatlarining qaroriga bog‘liq.
Siyosat
14.07.2026, 14:43
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun eshik ochilmoqda
Jahon
04.06.2026, 11:25

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi
Siyosat
06.10.2026, 18:02

Rossiya Dnepr ustidagi ko‘prikka zarba berdi: besh kishi yaralandi
Jahon
06.10.2026, 16:14

«Usmonov va Fridmandan sanksiyalarni olib tashlash şarmandalik»: Ukraina rasmiylari munosabati
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:48

Alişer Usmonov sanksiyalar röyxatidan çiqarildi
Siyosat
24.09.2026, 14:07

Ukraina dronlari Tula viloyatida ikki kishini o‘ldirdi, Kiyevda 8 kishi yaralandi
Jahon
11.09.2026, 14:27
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
