Xusiylar Saudiya Arabistoniga qarşi dengiz blokadasi e’lon qildi
Global energiya ta’minoti inqiroz yoqasida. Hormuz böğozi ortidan endi Bob al-Mandab yölagi ham tahdid ostida qoldi.
Jahon
21.07.2026, 16:33
Ulashish:

Yamandagi xusiy isyonçilari 20-iyul kuni Saudiya Arabistoniga dengiz blokadasi joriy etganini e’lon qildi. Bu global neft ta’minotiga yana bir tahdiddir.
Xusiylar matbuot kotibi Yahyo Sariy öz videomurojaatida ötgan hafta Sana aeroportining bombardimon qilinişiga javoban dengiz embargosi (blokadasi) qöllanilişini ma’lum qildi. Guruh uşbu hujumda saudiyaliklarni ayblagan edi.
Joriy yil boşida Eron Donald Trampning asossiz uruşiga javoban Hormuz böğozini yopdi. Natijada jahon neft bozorlari Yaman qirğoği yaqinidagi suv yöli bölgan Bob al-Mandab böğoziga yanada qaram bölib qoldi.
Bloomberg naşrining energetika va xomaşyo böyiça şarhlovçisi Xaver Blasning sözlariga köra, Saudiya Arabistoni Qizil dengizdagi yuk taşiş yöllari orqali kuniga taxminan 4,5 million barrel neft jönatmoqda va uning asosiy qismi Bob al-Mandab böğozidan ötadi.
Xusiylarning saudiyaliklarga dengiz blokadasi joriy etişi AQŞ öz xomaşyo zaxiralarini sarflayotgan paytga töğri keldi.
AQŞ Energetika axborot boşqarmasi ma’lumotlariga köra, 10-iyulda yakunlangan hafta davomida mamlakatdagi neft zaxiralari 1,7 million barrelga kamayib, 1983-yildan buyon eng past darajaga tuşgan.
Energiya bozorida xavf ostida
Çikago universiteti siyosatşunosi Robert Peypning ogohlantirişiça, xusiylarning yana bir muhim global yuk taşiş yölagini yopişi jahon iqtisodiyoti uçun ehtimoliy falokatdir. Çunki bu “kuniga qöşimça 4-5 million barrel [neft] yöqotilişini” anglatadi.
Illinoys universiteti xalqaro munosabatlar professori Nikolas Grossman hozirda global energiya ta’minotini böğib qöyayotgan omillar köpligini ta’kidladi.
“Eron Hormuz böğozini tösmoqda. AQŞ Eron kemalari harakatini çeklamoqda. Eron Fors körfazidagi arab davlatlarining energetika obyektlarini, AQŞ esa Eronning energetika obyektlarini bombardimon qilmoqda. Ukraina Rossiyadagi energetika obyektlariga zarba bermoqda. Mana endi xusiylar tomonidan Qizil dengizdagi kema qatnoviga çek qöyilmoqda. Neft va gaz zaxiralari tugayapti. Muammolar köp va ular bir-biriga ulanib, vaziyatni oğirlaştirmoqda”. — deb yozgan Grossman.
Jahon
21.07.2026, 16:33
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Husiylar qanday qilib Eronning eng kuchli ittifoqchisiga aylandi?
Jahon
27.08.2026, 11:21

Yamandagi husiylar yangi uruş boşlamoqda
Jahon
28.07.2026, 13:45

G7 davlatlari husiylarni Saudiya Arabistoniga hujumlarni tóxtatişga çaqirdi
Jahon
22.09.2026, 11:06

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan hujumlarda 3 nafar Qirollik fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon
09.10.2026, 16:12

Neft narxi $100 dan oshdi: Yaqin Sharqdagi xavflar kuchaymoqda
Jahon
08.10.2026, 11:35
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
So'nggi yangiliklar

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
