"Jaloliddin Manguberdi" Xivaga 7 soatda yetib boradi

Janubiy Koreyaning Changvon shahridagi Masan portida Oʻzbekiston uchun ishlab chiqarilgan Hyundai Rotem tezkor poyezdlarining birinchi partiyasi joʻnatildi. Oʻzbekiston temir yoʻllari uchun tayyorlangan poyezdlardan biriga «Jaloliddin Manguberdi» nomi berildi. Yangi elektropoyezd Toshkent—Xiva yoʻnalishida harakatlanib, hozirgi 14 soatlik yoʻlni 7 soat 40 daqiqada bosib oʻtishi kutilmoqda.

Ulashish:

Marosimda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev boshchiligidagi delegatsiya, Koreya hukumati rasmiylari va Hyundai Rotem kompaniyasi rahbarlari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston temir yoʻllari uchun maxsus tayyorlangan ushbu poyezdlardan biriga «Jaloliddin Manguberdi» nomi berildi. U 2026 yilda Toshkent—Xiva yoʻnalishida harakatlanishi rejalashtirilgan. Mazkur poyezdlar 2024 yil iyun oyida Hyundai Rotem va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” oʻrtasida imzolangan shartnoma doirasida ishlab chiqarildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil may oyidagi Xorazm viloyatiga tashrifi chogʻida Hyundai Rotem kompaniyasidan 6 ta yuqori tezlikdagi elektropoyezd xarid qilinishi va kelgusi yildan “Jaloliddin Manguberdi” nomi ostida Toshkent—Xiva yoʻnalishiga yoʻlga qoʻyilishi maʼlum qilingan edi.

Yangi poyezdlar hozirda Toshkentdan Xivaga 14 soatda yetgan oddiy poyezdlarga nisbatan ancha tez harakatlanadi: manzilga 7 soat 40 daqiqada yetib borishi kutilmoqda.

Mavzuga oid yangiliklar

«Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston – Tojikiston» yoʻnalishi boʻylab ilk yuk poyezdi yoʻlga chiqdi

Xitoy va Markaziy Osiyo oʻrtasida yangi transport yoʻlagi ish boshladi. Uning doirasida ilk sinovdagi yuk poyezdi Lanchjoudan Dushanbe shahriga yoʻl oldi.

Iqtisodiyot

20.02.2026, 10:10

Janubiy Koreyada Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida sammit oʻtkaziladi

Janubiy Koreya va Markaziy Osiyoning besh davlati — Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston hamda Qirgʻiziston oʻrtasidagi ilk sammit 16–17 sentabr kunlari boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

Jahon

17.02.2026, 14:20

Andijon shahridan Xonobodga poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Andijon viloyatining Xonobod shahrida boʻlib oʻtayotgan “Dunyo sadolari” III xalqaro milliy estrada sanʼati festivali munosabati bilan aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Xonobod – Andijon” yoʻlovchi poyezdi harakati yoʻlga qoʻyildi.

Oʻzbekiston

15.08.2025, 17:06

Andijonda 26 yoshli kar-soqov fuqaroni poyezd urib ketdi

Andijonda 26 yoshli kar-soqov fuqaroni poyezd urib ketdi

Joriy yilning 13 mart kuni Andijon shahrida koʻrish va eshitish qobiliyatida nuqsoni boʻlgan fuqaroni poyezd urib ketdi. Bu haqda viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

14.03.2025, 11:54

Oʻzbekiston Janubiy Koreyadan 6 ta tez yurar poyezd xarid qilmoqchi

Oʻzbekiston Janubiy Koreyadan 6 ta tez yurar poyezd xarid qilmoqchi

Janubiy Koreyaning "Hyundai Rotem" kompaniyasi sotuv boʻlimi vakili Bosung Kim Oʻzbekiston kompaniyadan 6 ta tez yurar poyezd xarid qilmoqchiligini bildirdi. Bu haqda Oʻzbekiston axborot agentligi maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

19.10.2024, 12:14

Qoraqalpogʻistonda yoʻlovchi poyezdi yonib ketdi

Qoraqalpogʻistonda yoʻlovchi poyezdi yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli tumanidan oʻtayotgan Mangistau – Nukus yoʻlovchi poyezdida yongʻin chiqqani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Oʻzbekiston

25.09.2024, 16:18

So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01