Janubiy Koreyada Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida sammit oʻtkaziladi

Janubiy Koreya va Markaziy Osiyoning besh davlati — Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston hamda Qirgʻiziston oʻrtasidagi ilk sammit 16–17 sentabr kunlari boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

Jahon

17.02.2026, 14:20

Ulashish:

Bu haqda Yonhap agentligi Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Xyonning bayonotiga tayanib xabar berdi.

Vazirning taʼkidlashicha, mazkur sammit Seul uchun «Yangi shimoliy siyosat»ni rivojlantirish yoʻlidagi muhim qadam boʻladi. Ushbu tashabbus sobiq prezident Mun Chje In tomonidan ilgari surilgan boʻlib, Yevroosiyo hududida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlash, xususan Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.

Cho Xyon sammit nafaqat oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, balki taʼminot zanjirlarini diversifikatsiya qilish hamda mintaqadagi etnik koreyslar jamoasi bilan aloqalarni rivojlantirish uchun ham muhim platforma boʻlishini taʼkidladi.

The World Korea nashrining yozishicha, Koreya hukumati ushbu uchrashuv doirasida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda:

  • muhim foydali qazilmalar va energetika;
  • sanoat va raqamli transformatsiya;
  • transport va logistika;
  • mudofaa va xavfsizlik;
  • qishloq xoʻjaligi, iqlim va sogʻliqni saqlash.

Taʼminot zanjirining barqarorligi va diversifikatsiyasi Koreya iqtisodiy barqarorligining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekani qayd etilmoqda.

Hozircha Oʻzbekiston rasmiylari sammit sanalari yuzasidan izoh berganicha yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yil yozida Oʻzbekiston prezidenti 2025 yilda Seulda «Markaziy Osiyo — Koreya» formatidagi birinchi sammitni oʻtkazish taklifini maʼqullagan edi. Mintaqa davlatlari, shuningdek, «AQSh — Markaziy Osiyo», «Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo» va «Yaponiya — Markaziy Osiyo» formatlaridagi uchrashuvlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Mavzuga oid yangiliklar

Tramp Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarini C5+1 sammitiga taklif qildi

Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari 6 noyabr kuni Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan C5+1 (Markaziy Osiyo + AQSh) sammitida uchrashadilar, deb xabar berdi yakshanba kuni Aqorda.

Siyosat

27.10.2025, 15:37

AQSh Markaziy Osiyo bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirmoqchi

AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus elchisi Serxio Gor AQShning bu mintaqadagi iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish niyatini maʼlum qildi.

Iqtisodiyot

04.02.2026, 16:05

Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi

Davlatlar va ularning harbiy salohiyatini baholab boradigan Global Firepower portali 2026 yil uchun reytingini eʼlon qildi. 

Oʻzbekiston

24.01.2026, 09:57

Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi

Numbeo portali 2025 yil yakunlariga koʻra dunyodagi eng xavfsiz shaharlar reytingi natijalarini eʼlon qildi. Abu-Dabi jahon boʻyicha  eng xavfsiz shaharlar roʻyxatida peshqadam.

Jahon

17.01.2026, 12:23

"Jaloliddin Manguberdi" Xivaga 7 soatda yetib boradi

Janubiy Koreyaning Changvon shahridagi Masan portida Oʻzbekiston uchun ishlab chiqarilgan Hyundai Rotem tezkor poyezdlarining birinchi partiyasi joʻnatildi. Oʻzbekiston temir yoʻllari uchun tayyorlangan poyezdlardan biriga «Jaloliddin Manguberdi» nomi berildi. Yangi elektropoyezd Toshkent—Xiva yoʻnalishida harakatlanib, hozirgi 14 soatlik yoʻlni 7 soat 40 daqiqada bosib oʻtishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston

11.12.2025, 12:58

Eron–Turkiya Janubiy Yoʻlagi Markaziy Osiyo uchun nega muhim?

Oʻtgan hafta Istanbulda Eron, Xitoy, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston va Turkiya Yevroosiyo koridorining janubiy yoʻnalishi boʻyicha yuk tashishni kuchaytirishga qaratilgan yangi temiryoʻl-tranzit bitimini imzoladi.

Iqtisodiyot

26.11.2025, 09:23

So‘nggi yangiliklar

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi

Tramp maʼmuriyati sunʼiy intellekt dasturlari uchun yangi va qatʼiy qoidalar ishlab chiqdi. Unga koʻra, kompaniyalar oʻz modellaridan “har qanday holatda qonuniy” foydalanishga ruxsat berishi kerak.

Jahon

11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi

10 martdan boshlab Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga ikki tomonlama yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. 

Oʻzbekiston

11.03.2026, 11:16

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi

Qirgʻizistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga belgilandi.

Jahon

11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev 7 mart kuni Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Oʻzbekiston

10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abduraxmon Tashanov oʻz Feysbuk sahifasida post joylab, 2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori qarori bilan u maʼmuriy javobgarlikka tortilayotganini maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak

AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi u. 

Jahon

10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi

London xalqaro moliyaviy birjasida 2026 yil may oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyucherslari narxi 2022 yil 30 avgustdan beri ilk bor bir barrel uchun 102 dollardan oshdi.

Iqtisodiyot

10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda

Baxtiyor Shuhratovich Fozilov Eriell Group, Enter Engineering, Saneg va Ferkensco kabi yirik kompaniyalarning asosiy aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston

09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov

Hurmuz boʻgʻozida yuzaga kelgan keskin vaziyat global savdo va energetika bozorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda Fors koʻrfazi hududida 250 ga yaqin kema toʻxtab qolgani dunyo taʼminot zanjirlari va neft narxlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Iqtisodiyot

09.03.2026, 06:42