Kuzning navbatdagi kunida harorat 22 darajagacha koʻtariladi

Ertaga, 22 oktabr kuni Oʻzbekiston boʻylab havo harorati kechasi 2-15 daraja oraligʻida, kunduz kuni esa 10-22 daraja oraligʻida boʻlishi kutilmoqda. Havo biroz bulutli boʻladi, ayrim hududlarda yomgʻir yogʻadi. Bu haqda "Oʻzgidromet" axborot xizmati xabar berdi.

Ulashish:

Kuzning navbatdagi kunida harorat 22 darajagacha koʻtarilad

Kuzning navbatdagi kunida harorat 22 darajagacha koʻtarilad

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan  5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 17-19 daraja boʻladi. 

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja boʻladi. 

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja boʻladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja boʻladi. 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja boʻladi. 

Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, Surxondaryo viloyatida kechga tomon yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi. 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi. 

Togʻ oldi va togʻli hududlarda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 12-17 daraja boʻladi.

Oʻzbekiston

21.10.2024, 11:38

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkin – Reuters

Tramp Oq uyda C5+1 formati doirasidagi besh davlat – Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston rahbarlari bilan uchrashuvda ayrim mamlakatlar tez orada Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkinligini aytib oʻtgan. Qozogʻiston ushbu kelishuvga qoʻshilganidan soʻng, Ozarbayjon hamda Oʻzbekiston ham kelgusida Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkin deb taxmin qilinmoqda. Shuningdek, manba xabarida ushbu davlatlarning Isroil bilan yaqin aloqalarga ega ekanligi alohida taʼkidlangan.

Siyosat

08.11.2025, 15:19

Jurnalistlar qotilliklari ochilmay qolmoqda — BMT bosh kotibi

Butun dunyo boʻylab jurnalistlar oʻlimining qariyb 85 foizi hali ham ochilmay qolmoqda. «Chegarasiz muxbirlar» tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2023–2025 yillar oraligʻida kamida 1163 jurnalist hibsga olingan, shulardan 568 nafari 48 mamlakatda hanuz qamoqda qolmoqda. Hibsga olish holatlarining yarmidan koʻpi Belarus, Xitoy, Isroil, Myanma va Rossiya Federatsiyasiga toʻgʻri kelgan.

Jahon

08.11.2025, 11:58

AQSh Suriya prezidentini terrorchilar roʻyxatidan chiqardi

Suriya muvaqqat prezidenti lavozimini egallab turgan Ahmad ash-Sharʼa Vashingtonning terrorchilar roʻyxatidan chiqarildi. Shuningdek, mamlakat ichki ishlar vaziri Anas Hasan Hattob ham mazkur roʻyxatdan chiqarilgani haqida 7 noyabr kuni AQSh Davlat departamentining rasmiy saytida maʼlum qilindi. Biroq Vashingtonning bu qadami sanksiyalarni toʻliq bekor qilish emas, balki «shartli yumshatish» hisoblanadi. 

Jahon

08.11.2025, 10:02

AQSh Oʻzbekiston uchun Jekson-Venik tuzatishini bekor qiladi

Senator Jeyms Rish AQSh Kongressida Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Oʻzbekiston uchun Jekson-Venik tuzatishini bekor qilish boʻyicha qonun loyihasini taqdim etdi. Senatorning fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari «oʻta murakkab geosiyosiy qurshovda» qolgan.

Oʻzbekiston

07.11.2025, 15:06

Qozogʻiston "Ibrohim kelishuvlari"ga qoʻshilmoqchi

Oq uyda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatning asosiy mavzusi Qozogʻistonning «Ibrohim kelishuvlari»ga qoʻshilish niyati boʻldi. Toqayevning taʼkidlashicha, ushbu qaror mamlakatning xalqaro tinchlik va muloqotni rivojlantirish, BMT Nizomi asosida xalqaro huquqni qoʻllab-quvvatlashga boʻlgan intilishini koʻrsatadi.

Siyosat

07.11.2025, 11:25

Oʻzbekiston AQShga 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi — Tramp

AQSh prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishida Oʻzbekiston kelgusi oʻn yil ichida AQSh iqtisodiyotiga 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritishini maʼlum qildi. Maʼlumot uchun, joriy yil boshida “Uzbekistan Airways” kompaniyasi 8 milliard dollarlik Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini xarid qilish boʻyicha shartnoma imzolagan.

Iqtisodiyot

07.11.2025, 11:03

«Toshturma» hududida nima qurilmoqda?

Toshkent shahridagi sobiq 1-sonli tergov hibsxonasi («Toshturma») joylashgan hudud taqdiri boʻyicha Senat hokimlikka soʻrov yuborgan. Hokimlik javobiga koʻra, Yunusobod tumani Namangan koʻchasidagi 2,9 gektarlik yer maydoni 2018 yilda xiyobon qurish uchun hokimlik balansiga oʻtkazilgan. Ammo 2020 yilda bu yer “Ogneupor” MChJga kompensatsiya sifatida berilgan. Maʼlumot uchun, 1891 yilda qurilgan «Toshturma» binosi 2020 yillarda faoliyatni toʻxtatgan. 

Oʻzbekiston

07.11.2025, 09:11

Oʻzbekiston va AQSh yetakchilari uchrashdi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrifi doirasida Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tramp Oʻzbekiston yetakchisining AQSh hukumati vakillari, yirik kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuv va muzokaralar oʻtkazganini olqishladi.

Oʻzbekiston

07.11.2025, 08:44

Ukrainada elita jangchilari taqdirlash marosimida halok boʻldi

Rossiya 1 noyabr kuni Ukrainada elita harbiylarini taqdirlash marosimi paytida raketa uchirgan. Natijada bir necha ukrainalik askar halok boʻlgan va yaralangan.  Bundan tashqari, toʻrt nafar tinch aholi, jumladan 11 va 14 yoshli bolalar ham vafot etgan, yana olti kishi yaralangan. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Jahon

06.11.2025, 15:28

AQSh hukumati 36 kundan beri ishlamayapti

Kongress yangi byudjet loyihasi boʻyicha kelishuvga erisha olmagani sababli federal hukumat faoliyati qisman toʻxtatilgan. Natijada minglab davlat xodimlari maoshsiz ishlamoqda, millionlab amerikaliklar esa ijtimoiy xizmatlardan foydalana olmayapti.

Jahon

06.11.2025, 14:38

Aviahalokatlar soni keskin oshmoqda: dunyo aviatsiyasi xavf ostidami?

2025 yil boshidan beri dunyo boʻylab aviahalokatlar natijasida 400 dan ortiq kishi halok boʻldi. Jacdec hisoblariga koʻra, 2014–2024 yillar oraligʻida dunyo boʻylab aviahalokatlarda har yili oʻrtacha 284 kishi halok boʻlgan.  Eng fojeali yillar sifatida 2015 va 2018 yillar qayd etilgan — oʻshanda qurbonlar soni 500 nafardan oshgan.

Jahon

06.11.2025, 12:36

Tolibon Oʻzbeksiton chegarasida nima qurmoqda?

Afgʻoniston —  dunyoda eng ogʻir tarixiy iztiroblarni boshdan kechirib, shunga qaramay kelajakka intilayotgan davlat. 40 yillik urushlar, sanksiyalar va yakkalashuvdan keyin mamlakat hozir Markaziy Osiyodagi eng katta suv kanali — Qoʻshtepa, yangi megapolis — Kabul New City va bir necha yirik gidroenergetika loyihalarini amalga oshirmoqda.

Jahon

06.11.2025, 12:11