Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Erkak şifokorlarga ayol bemorlarni mahramsiz körikdan ötkaziş taqiqlangan. Çeklovlar tibbiy yordam oliş imkoniyatini yanada qiyinlaştirmoqda.
Jahon
12.11.2026, 15:46
Ulashish:

Photograph: Siddiqullah Alizai/AP
Afğonistonda Tolibon erkak şifokorlarning ayol bemorlarni davolaşiga nisbatan çeklovlarni kuçaytirmoqda. Mamlakatning bir qator hududlarida erkak şifokorlarga ayollarni erkak qarindoşi — mahram iştirokisiz körikdan ötkaziş va davolaş taqiqlangan. Bu haqda The Guardian va Zan Times naşrlari bemorlar hamda tibbiyot xodimlari bilan ötkazgan suhbatlariga tayanib xabar berdi.
Naşr ma’lumotlariga köra, çeklovlar ayrim hududlarda stomatologlarga ham tatbiq etilmoqda. Tolibon xavfsizlik kuçlari xususiy klinikalarda tekşiruvlar ötkazib, ayol bemorlarni qabul qilgan erkak stomatologlarni qamoqqa oliş bilan ogohlantirayotgani aytilgan.
Şifokorlar bildirişiça, mahramsiz kelgan ayol bemorlarni hatto şoşilinç holatlarda ham körikdan ötkazişga ruxsat berilmayapti. Ayrim holatlarda tibbiy muolajalarni faqat ayol hamşiralar bajarişi yoki bemor yonida erkak qarindoşi bölişi talab qilinmoqda.
Afğoniston şimolidagi davlat şifoxonalaridan birida 15 yildan beri işlayotgan jarroh Samimning aytişiça, bemorning ahvoli qançalik oğir bölişidan qat’i nazar, mahramsiz ayolni bevosita körikdan ötkaziş mumkin emas.
Ayol şifokorlar yetişmovçiligi muammoni kuçaytirmoqda
Afğonistonda ayol şifokorlar yetişmasligi mavjud çeklovlarning oqibatlarini yanada oğirlaştirmoqda. 2024 yil dekabridan boşlab Tolibon ayollarning tibbiy ta’lim muassasalarida tahsil olişini ham taqiqlagan. Şuningdek, şifoxonalarda ayol xodimlarni işga qabul qilişga tösqinlik qilinayotgani haqida ma’lumotlar bor.
Natijada ayollar oldida bir neçta qiyin tanlov qolmoqda: malakali ayol şifokorni topiş, çeklovlarga qaramay erkak mutaxassisga murojaat qiliş yoki tibbiy yordamdan voz keçiş.
Naşr keltirgan ma’lumotlarga köra, Balx viloyatidagi tibbiyot muassasalariga ayol bemorlarning ismlarini aytmaslik va tibbiy hujjatlarda ularning ismi örniga «Bibi» sözini işlatiş haqida körsatma berilgani ham xabar qilingan.
Jahon
12.11.2026, 15:46
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

BMT Tolibonni ayollarga nisbatan tazyiqlarni bekor qilishga chaqirdi
Jahon
16.06.2026, 10:55

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Varshavada inson huquqlari bo'yicha yirik xalqaro konferensiya o'tkazilmoqda
Jahon
07.10.2026, 17:42

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

“Bizga har bir davlatning ovozi eşitiladigan BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva
Oʻzbekiston
24.09.2026, 11:29
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

Yangi Toşkent şahri hokimligi taşkil etiladi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
