BMT Tolibonni ayollarga nisbatan tazyiqlarni bekor qilishga chaqirdi
Yangi rezolyutsiya Hirotda Tolibonning qat’iy kiyinish qoidalarini buzganlikda ayblanib 30 nafar ayol hibsga olinganidan so‘ng qabul qilindi.
Jahon
16.06.2026, 10:55
Ulashish:

BMT Xavfsizlik Kengashi 15-iyun kuni bir ovozdan rezolyutsiya qabul qildi. Unda Tolibon ayollarga nisbatan repressiyalarni zudlik bilan bekor qilishga hamda Pokiston transchegaraviy hujumlar uyushtirishda ayblayotgan Afg‘onistondagi jangari guruhlarga qarshi kurashishga chaqirilgan.
Rezolyutsiya BMTning Afg‘onistondagi siyosiy missiyasi muddatini 2027-yil 17-iyungacha uzaytirib, unga gumanitar yordam yetkazilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, jinsi, dini yoki etnik kelib chiqishidan qat’i nazar, ayollar, etnik ozchiliklar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning hech qanday kamsitishlarsiz to‘liq ishtirokidagi boshqaruvni ilgari surish vakolatini beradi.
Mazkur rezolyutsiya shu oy Hirot shahrida 30 nafar ayolning qat’iy kiyinish qoidalarini buzganlikda ayblanib hibsga olinishi ortidan qabul qilindi.
BMTning Afg‘onistondagi yordam missiyasi (UNAMA) ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olishlar sababli kelib chiqqan norozilik namoyishini Tolibon politsiyasi kuch bilan tarqatib yuborgan, natijada bir kishi otib o‘ldirilgan, bir necha kishi jarohatlangan.
Tolibon harakati 2021-yilda Afg‘oniston boshqaruvini qo‘lga olgandan so‘ng ayollar va qizlarga nisbatan boshlang‘ich maktabdan keyingi ta’limni hamda ko‘plab kasblarni taqiqlash kabi keskin cheklovlar joriy etdi.
Pokiston Afg‘onistonni qonli hujumlar uyushtiruvchi jangarilarga boshpana berganlikda ayblaydi, ammo buni inkor etib keladi Tolibon.
Fevral oyida Afg‘oniston Pokistonning havo zarbalariga javoban hujum qilganidan buyon ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda yuzlab odamlar halok bo‘ldi.
Pokistonning BMTdagi elchisi Osim Ahmadning so‘zlariga ko‘ra, rezolyutsiyada Afg‘onistonda xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solishda davom etayotgan terrorchi guruhlar mavjudligidan Kengashning jiddiy xavotiri aks etgan.
Shuningdek, yangi rezolyutsiya UNAMAga Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish, tijoriy va moliyaviy faoliyatni osonlashtirish hamda afg‘on xalqi manfaatlari yo‘lida Markaziy bankka tegishli aktivlarni qaytarish sa’y-harakatlarini olib borishga vakolat beradi.
Mavzuga oid yangiliklar

Pokiston Afg‘onistonda havo zarbalari uyushtirdi
Jahon
29.06.2026, 10:14

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda
Siyosat
11.07.2025, 12:20

Pokistonning havo hujumlari oqibatida Afg‘onistonda 9 kishi halok bo‘ldi – Kobul
Jahon
01.10.2026, 10:25

SHHT “Tolibon”ni Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzishga chaqirdi
Siyosat
02.09.2026, 11:48

Tolibon hukumati davlat amaldorlariga smartfonlardan foydalanishni taqiqladi
Jahon
26.06.2026, 15:06

Yevropa Ittifoqi migratsiya masalasida Tolibon bilan muzokara o‘tkazmoqchi
Jahon
12.06.2026, 11:37
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
