Samarqandda ayol farzandini hojatxonada dunyoga keltirdi

Joriy yilning 1-mart kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi tibbiy tez yordam hojatxonasida tug‘ilib, uning chuquriga tushib ketgan chaqaloq ichki ishlar xodimlari tomonidan qutqarib olindi. Bu haqda MY5 telekanalliging "Hudud" informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Самарқандда аёл фарзандини ҳожатхонада дунёга келтирди

Самарқандда аёл фарзандини ҳожатхонада дунёга келтирди

Unga ko‘ra, shifoxona hojatxonasidan chaqaloq yig‘isini eshitgan shifokor shu atrofdagi ichki ishlar xodimlariga murojaat qilgan. Shundan keyin xodimlar kelib, zudlik bilan yon tomondan xandaq qazib, ikki soat davomida chaqaloqni olib chiqishga uringan. 

Chaqaloqni qutqarib qolgan inspektor Sardor Safarov hodisani eslar ekan, uni saqlab qolish uchun faqatgina bir o‘zi emas, balki boshqa xodimlar ham birgalikda harakat qilganini aytib o‘tdi.

"Shu chaqaloqning umrini saqlab qolish uchun qo‘limizga nima ilashsa, shuni oldik. Tuynuk kovlarkanmiz, har kovlaganimizda chaqaloq ovozi eshitilmay qolar edi. Keyin bu yerda hamma xodimlar birgalikda jon koyitib kovlashdi. Yer qattiq, tog‘li hudud, bir amallab kovladik. Hamma xodimlar u yerda kirishga tayyor turgan edi, faqat tuynuk sal kichikroq bo‘lganligi uchun birinchi bo‘lib o‘zim kirdim", deydi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, chuqurda chaqaloq yonboshlanib, oyoq-qo‘llari qimirlamay qolgan. Chuqurdan chiqarilganidan keyin birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun hamshiralarga, shifokorlarga berilgan. 

1-mart kuni soat 12:00 lar atrofida Nurobod tumani markaziy shifoxonasiga olib kelingan chaqaloq shifokorlarning doimiy nazoratiga olingan. U hozirda intensiv xonada saqlanmoqda. 

"Kelganda juda ham bola muzlab ketgan edi, hozirda ahvolda ancha yaxshi. Hozir bolaning onasi ham o‘zini ancha yaxshi his qilib, bizni bergan savollarimizga u yaxshi javob beryapti", deydi shifokor Farmon Qo‘shmurodov.

Ammo holatning ajablanarli tomoni shundaki, ona beshinchi farzandiga homilador bo‘lganligini o‘zi bilmagan.

"Homilador bo‘lganimni bilmayman, rosti-da. Homiladorlik davrida ham toksikoz bo‘lmadim. Shu davr ichida poliklinikaga borganim yoq, uyda bo‘ldim", deydi ayol.

Mavzuga oid yangiliklar

Mirziyoyev YuNESKOning 43-sessiyasida qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

30 oktabr kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan YuNESKOning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha 43-sessiyasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz chiqishida taʼlim, fan, madaniyat va inson salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi.

Siyosat

31.10.2025, 10:13

SSV tizimida 1000 dan ortiq manfaatlar toʻqnashuvi holatlari aniqlandi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida 2025 yil iyul holatiga koʻra moliya va iqtisodiyot yoʻnalishida faoliyat yurituvchi 1 280 nafar xodimda manfaatlar toʻqnashuvi va nepotizm holatlari aniqlandi.

Oʻzbekiston

27.10.2025, 08:17

Samarqandga kirish 15 kunga yopiladi

YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oʻtkazilishi munosabati bilan 30 oktabrdan 14 noyabrga qadar Samarqandga kirish yoʻllari yopiladi. 

Oʻzbekiston

21.10.2025, 12:42

Samarqandda kumushning noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida kumush qimmatbaho metall qotishmasini noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxslar qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 15:06

Samarqandda qimorga mukkasidan ketgan shaxs aka va ukasining qiynogʻidan soʻng vafot etdi

Aka-uka onlayn qimorga mukkasidan ketgan oʻrtancha oʻgʻilni bu yoʻldan qaytarish maqsadida daraxtga bogʻlab qoʻyib, kaltaklashgan. Oqibatda ogʻir tan jarohati olgan 29 yoshli yigit vafot etgan. «Odamlardan, bankdan qarz olib, onlayn qimorga tikib yuborardi. Odamlar uyga qarzlarini soʻrab kelardi, akasi va ukasi toʻlardi», degan oʻgʻillarning otasi sudda.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 15:52

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qamoqqa olindi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassisi yerning unumdorligiga zarar yetkazilganligi aniqlangan fuqaroga nisbatan chora koʻrmaslik evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilgan.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 14:19

So‘nggi yangiliklar

Davlatlar oʻrtasida diplomatik nota: qoidalar, talablar va amaliy keyslar

Xalqaro munosabatlarda davlatlar oʻrtasidagi muloqot faqat uchrashuvlar yoki telefon qoʻngʻiroqlari orqali emas, balki aniq huquqiy va diplomatik hujjatlar orqali ham amalga oshiriladi.

Siyosat

19.12.2025, 18:16

«Green Card» lotereyasi dasturi toʻxtatildi

AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem Braun universitetida sodir etilgan otishma bilan bogʻliq holatdan soʻng «Green Card» (DV-1) lotereya dasturi vaqtincha toʻxtatilganini maʼlum qildi.

Jahon

19.12.2025, 15:51

Qurilish va uy egalarining huquqlari: qonun, amaliyot va himoya yoʻllari

Qurilish va rekonstruksiya ishlari shaharlar taraqqiyoti uchun zarur. Biroq bu jarayon uy egalarining huquqlari, ijtimoiy adolat va inson manfaatlari hisobidan amalga oshmasligi kerak.

Oʻzbekiston

19.12.2025, 15:04

Shovinistik fikr va qarashlar: jamiyat va millatlar uchun xavf

Shovinizm — muayyan millat, irq yoki davlatni boshqalardan ustun qoʻyish, oʻzgalarni kamsitish va haq-huquqini inkor etishga asoslangan qarashlar tizimidir.

Madaniy

19.12.2025, 11:49

Tojikistonda Kobiljon Aliyev bilan bogʻliq marosimlar suratga olinishi cheklandi — jurnalistlar

Mahalliy jurnalistlar maʼlum qilishicha, Tojikiston rasmiylariga Kobiljon Aliyevning jasadini olib kelish va dafn marosimlari bilan bogʻliq jarayonlarni suratga olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatma berilgan.

Jahon

19.12.2025, 10:29

Tugʻruq maskanining achinarli ahvoli: Saida Mirziyoyeva holatni oʻrgandi

1972 yilda qurilgan mazkur bino hozirda 13 mingdan ortiq aholiga xizmat koʻrsatib, 16 ta qishloq uchun yagona tugʻruq maskani hisoblanadi.

Oʻzbekiston

19.12.2025, 09:38

Oʻzbekistonda AI-92 benzini narxi arzonlashadi

Ishlab chiqarishni optimallashtirish va tannarxni kamaytirish natijasida AI-92 markali benzinining bir tonnasi uchun birja boshlangʻich narxi 12 881 000 soʻmdan 12 628 000 soʻmga tushirildi.

Oʻzbekiston

19.12.2025, 08:37

2026 yilda iqtisodiy oʻsish surʼati sekinlashishi kutilmoqda

2025 yilda Oʻzbekiston iqtisodiyotining oʻsish surʼati 7 foizdan yuqori, 2026 yilda esa 6,6 foiz boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Iqtisodiyot

19.12.2025, 08:02

2025 yilning eng nufuzli ayollari kimlar? — Forbes

Forbes jurnali dunyoning 100 nafar eng qudratli ayollari reytingining anʼanaviy nashrini eʼlon qildi.

Jahon

18.12.2025, 16:34

Endi Yevropaga borish yanada osonlashadi

Oʻzbekiston fuqarolarining Yevropa Ittifoqiga ishlash, oʻqish, xalqaro yuk tashuvchi haydovchi sifatida borishi hamda turistik guruhlar uchun viza olish tartibini soddalashtirish masalalari koʻrib chiqilmoqda.

Oʻzbekiston

18.12.2025, 14:46

Prezident maktabga qor kechib borayotgan oʻquvchi bilan uchrashdi

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov maktabga qor kechib borayotgani aks etgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 4-sinf oʻquvchisini qabul qildi.

Jahon

18.12.2025, 13:14

Qurilish vaziri: 2018 yildan beri 38 ming xonalik koʻp qavatli uylar noqonuniy qurilgan

 Ayrim obʼektlar yer ajratish va hokim qaroriciz, boshqalari arxitektura-shaharsozlik kengashi yoki davlat ekspertizasidan oʻtkazilmasdan qurilgan. 

Oʻzbekiston

18.12.2025, 12:47