updated: 22.03.2026, 14:18

Mubashshir Ahmad Turkiyadagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketildi

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan diniy bloger, "Azon Global" axborot-tahliliy portal yetakchisi Alisher Tusunov 8 may  Turkiyaning Istanbul shahridagi Bahcheshehir mavzesidagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgan.  Hozirda Tursunovning qayerdaligi va uning sogʻligʻi haqida uning oila aʼzolarida ham maʼlumot mavjud emas.

Ulashish:

Mubashshir Ahmad Turkiyadagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketildi

"Azon Global"ga koʻra, 8 may kunining oʻzida advokatlar ishtirokida surishtiruv ishlari boshlangan. Surishtiruv natijasida Alisher Tursunov Istanbul Deportatsiya markaziga oʻtkazilishi va 9 may kuni u yerdan qoʻyib yuborilishi kerak boʻlgan. 

Ammo oradan 4 kun oʻtgan boʻlsa-da Immigratsiya boshqarmasi Tursunovning qayerdaligi, sogʻligʻi va sud jarayonlari haqida advokat va oila aʼzolariga ham maʼlumotlar berilmayapti.

"Turkiya qonunchiligiga koʻra, nazoratda ushlab turilgan shaxsning oilasiga bu haqida maʼlumot berilishi, uning oʻziga ham yaqinlari bilan muloqot qilishga izn etilishi belgilab qoʻyilgan. Hozirgacha hatto advokatlari ham domladan biror xabar ololmayotganidan, aqalli qayerda saqlanayotganini ham bilolmayotganidan oilasi va yaqinlari asosli ravishda xavotirga tushishmoqda. Boisi ustoz Mubashshir Ahmad uzoq yillardan beri qandli diabet va yuqori qon bosimidan aziyat chekib keladi hamda muntazam ravishda insulin va boshqa dorilar qabul qilishga majbur", deyiladi xabarda.

"Azon Global" Alisher Tursunov haqida har qanday asossiz xabarlarga eʼtibor bermaslikni soʻramoqda, shuningdek Tursunov haqidagi har qanday yangiliklardan oʻzlari maʼlum qilishini taʼkidlagan.

Eslatib oʻtamiz, Joriy yilning fevral oyida Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Mubashshir Ahmad diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etishda gumonlanib qidiruvga berilganini maʼlum qilgan edi.

Ammo oradan biroz vaqt oʻtib, Shohrux Gʻiyosov buni texnik xato ekanligini aytib chiqqandi. 

Unga koʻra, Alisher Tursunov haqidagi qidiruv eʼlon qilingani haqidagi axborotni IIV bazasiga kiritish jarayonida texnik xatoga yoʻl qoʻyilgan. 

Mavzuga oid yangiliklar

«Mubashshir Ahmad jazoni oʻtay olmaydi» — advokat salomatlik holati ogʻirligini bildirdi

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov 2025 yil 8 oktabr kuni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. U hozirda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazoni oʻtamoqda. 

Oʻzbekiston

07.01.2026, 09:25

Mubashshir Ahmadning advokati sud hukmidan rozimi? Videoreportaj

Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tumani sudida jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga oid sud majlisi boʻlib oʻtdi. 

Oʻzbekiston

08.10.2025, 22:14

Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oyga qamaldi

Jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga sud tomonidan 2 yil 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinlandi.

Oʻzbekiston

08.10.2025, 17:56

Kun.uz

Prokuror Mubashshir Ahmadga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini soʻradi

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tumani sudida jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga oid sud jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston

19.09.2025, 08:10

Mubashshir Ahmad sud ishi birinchisi oʻtdi, keyingisi kuzga qoldirildi

Mubashshir Ahmad sud ishi birinchisi oʻtdi, keyingisi kuzga qoldirildi

Bugun, 19 avgust kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida diniy ulamo Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) sudi boʻlib oʻtdi. Sud ishi ayrim guvohlarning sudga kelmaganligi uchun 8 sentabrga qoldirildi. Bu haqda PARADIGMA.UZ jurnalisti xabar qildi.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 18:40

Diniy ulamo Mubashshir Ahmad ishi sudga oshirildi

Diniy ulamo Mubashshir Ahmad ishi sudga oshirildi

Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudda koʻrib chiqish uchun yuborildi. Bu haqda advokat Ruslan Sodiqov Facebookʼdagi sahifasida maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

25.07.2025, 16:32

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45