Mubashshir Ahmad sud ishi birinchisi oʻtdi, keyingisi kuzga qoldirildi
Bugun, 19 avgust kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida diniy ulamo Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) sudi boʻlib oʻtdi. Sud ishi ayrim guvohlarning sudga kelmaganligi uchun 8 sentabrga qoldirildi. Bu haqda PARADIGMA.UZ jurnalisti xabar qildi.
Oʻzbekiston
19.08.2025, 18:40
Ulashish:

Oliy sud Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Abidovga koʻra, Alisher Tursunov Jinoyat Kodeksining uchta bobida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Sud jarayoni ochiq kechgan. Sud OAV vakillaridan sud jarayoni yakunlanguniga qadar audio, video yozmaslik va barchadan izoh yoki taxminiy gumon qilmaslikni soʻragan.
“Menimcha, bu sud qarorini, sud tomonidan chiqarilgan ajrimni muhokama qilmaymiz. Bu qarorni ijro qilish kerak va sud jarayoni boʻlib oʻtmoqda. Sud tergovga kirishdan oldin prokuror tomonidan ayblov xulosasi oʻqib eshittirildi. Hozir sud tergovini boshlashga oʻtildi”, — dedi u.
Sud jarayonni yoritishga kelganda jurnalistlardan xolis yoritishni iltimos qilgan.
Tursunovni himoya qilayotgan advokat Abulloh Sodiqning aytishicha, sudning ochiq boʻlishi uchun iltimosnoma kiritilgan. Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-3 moddasi va 244-1 moddasi uchinchi qismi “b” bandi va 156-modda ikkinchi qismi bilan ayblov eʼlon qilingan.
“Bu ayblovlarga koʻra, 244-3 modda diniy materialni, yaʼni Diniy qoʻmita ruxsati olinmasdan tarqatilishi. Bu ayblov boʻyicha hech qanaqa eʼtirozimiz yoʻq. Sababi, ustoz Turkiya Respublikasida boʻlgan holatda ham “Azon Global”dan va Oʻzbekistonda ham “Azon.uz” kanallari orqali bu materiallarning ruxsat olmasdan tarqatilish holatlari boʻlgan. Sababi, hech qanday gʻarazli maqsad boʻlmagan. Lekin 244-1 modda, yaʼni gʻarazgoʻylik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan xatti-harakatlarni sodir etilishi va shunga oid boʻlgan materiallarning tarqatilishi — bu yerda qasd talab qilinadi. Biz domlaning aynan umuman bunaqa qasdi boʻlmaganligini, aksincha, aholini tinchlantirish va gʻazotga, oʻsha urushga ketish yoki jihodga majburiy shu narsalarga koʻchirishni notoʻgʻri tushungan holatda shunaqa narsalar boʻlishining oldini olish, yaʼniki Oʻzbekistonda aholining osoyishtaligini, tinchligini, totuvligini saqlash maqsadida bu narsani, fatvoni oʻzlari ulamo oʻlaroq ilmlardan foydalangan holda sharhlab, uni tarjima qilib, sharhlab berishlari maqsadi koʻzda tutilgan”, — dedi advokat.
Unga koʻra, Tursunovga qoʻyilayotgan ayblovlar yaʼni 244-1 moddasi uchinchi qismi “b” bandi hamda 156-modda ikkinchi qismi diniy adovat qoʻzgʻatish ayblovlari ham bor.
“Bu yerda ham diniy adovat yoʻq, yaʼni diniy adovat, milliy, irqiy, etnik, diniy adovat qoʻzgʻatish degan moddaning nomlanishi, bu modda ham, demak, qasdni talab qiladi. Bu yerda ham bunaqa qasd yoʻqligi, yaʼni diniy ilmlariga oʻzaro ishonganligi, yaʼni ortiqcha ishonib, uning orqasidan oʻylamasdan, uning oqibatlarini oʻylamasdan ish tutganliklari haqidagi ayblov qoʻyilyapti. Demak, bunday moddalarda ayblov toʻgʻri qasddan sodir qilinishini inobatga olgan holatda va diniy adovat qoʻzgʻatish xalq oʻrtasida yoki biror bir xalq, irqiylar yoki Isroil davlati degani ham, u moddaning dispozitsiyasida davlat koʻzda tutilmayapti. Diniy, milliy, irqiy, etnik deb koʻrsatilyapti. Shu maʼnoda bu ayblov bilan ham kelishilmadi”, — dedi advokat.
Tartibga koʻra, sud 8 sentabr kuniga sud qoldirildi.
“Bu uzoq muddat, degan eʼtirozlar kelib chiqyapti, buning boisi shundaki, 8 sentabrgacha boʻlgan muddat oraligʻida, yaʼni taxminan 20 kun muddat boʻlsa ham, izolyatordan odamlarni olib kelish tartibi bor, mustaqillik bayramidan besh kundan keyin toʻxtaydi va u keyin bayramdan keyin ham besh kundan keyin yana toʻxtaydi. Yaʼni shu nuqtai nazardan bu choʻzilgan deb hisoblaymiz va bu normal holat. Sababi, bu bitta ish doirasidagina narsa emas, bu butun tizimda shunaqa tartib oʻrnatilgan va buni toʻgʻriqabul qilinishi ham menimcha maqsadga muvofiq boʻladi”, – dedi u.
Oʻzbekiston
19.08.2025, 18:40
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyada Oʻzbekiston fuqarosi terrorizm boʻyicha 20 yilga qamaldi
Oʻzbekiston
11.02.2026, 17:07

«Mubashshir Ahmad jazoni oʻtay olmaydi» — advokat salomatlik holati ogʻirligini bildirdi
Oʻzbekiston
07.01.2026, 09:25

Rossiya safida urushda qatnashgan andijonlikka jazo tayinlandi
Oʻzbekiston
05.01.2026, 09:33

Anora Sodiqovaga nisbatan haqorat ishi: bloger Mirsaid Haydarov 25 mln soʻm maʼnaviy zarar toʻladi
Oʻzbekiston
26.12.2025, 19:28
Angrenda qaynonasi va erini oʻldirgan ayol 12 yilga qamaldi
Oʻzbekiston
30.10.2025, 14:21

Toshkent sudlarida joriy yilda 7 mingga yaqin nikohdan ajratish ishi koʻrildi
Oʻzbekiston
24.10.2025, 14:08
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
