updated: 22.03.2026, 14:22

Diniy ulamo Mubashshir Ahmad ishi sudga oshirildi

Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudda koʻrib chiqish uchun yuborildi. Bu haqda advokat Ruslan Sodiqov Facebookʼdagi sahifasida maʼlum qildi.

Ulashish:

Diniy ulamo Mubashshir Ahmad ishi sudga oshirildi

Foto: Facebook / Mubashshir Ahmad

Ruslan Sodiqovning yozishicha, Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan ulamo Alisher Tursunov qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida joriy yil 10 maydan eʼtiboran qamoqda saqlanmoqda. Dastlabki tergov harakatlari Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan.

 

“Endilikda jinoyat ishi tamomlanib, sudga oshirilgani bois ustozning advokati sifatida ishga oid baʼzi tafsilotlar, shaxsan oʻzlarining holatlari va munosabatlari haqida qisqacha maʼlumot berishni lozim koʻrdim”, — deb bayonot bergan advokat.

 

Ruslan Sodiqov oʻz bayonotida jinoyat ishining ayrim tafsilotlarini keltirgan. Uning qayd etishicha, 2023 yil 11 avgust kuni Shayxontohur tuman IIB tergov boʻlimi tomonidan Mubashshir Ahmadga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-3-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Mazkur moddada diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish jinoyatini sodir etganlik koʻzda tutilgan.

 

Advokatga koʻra, ushbu qilmish jinoyat sifatida eʼtirof etilishi uchun oldin ayni shu harakatga maʼmuriy jazo qoʻllanishini taqozo etadi. Qonunchilikka asosan, har qanday diniy mazmundagi material Din ishlari qoʻmitasi xulosasi asosidagina tayyorlanishi, saqlanishi va tarqatilishi mumkin. Bu qoida buzilishi dastlab maʼmuriy jazo, undan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.

 

Mubashshir Ahmad 2023 yilda qoʻmita xulosasini olmasdan oʻzi faoliyat yuritgan “Azon TV” kanalida diniy mazmundagi materialni tarqatgani uchun maʼmuriy jazoga tortilgan. 2023 yilda bu holat takroriy sodir etilgan deb topilib, jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

“Ustoz bu holatdan xabardor boʻlmaganlar va Turkiya Respublikasida vaqtincha yashab yurgan davrda ularga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan. Keyinchalik, 2023 yil 10 noyabr kuni ustoz Mubashshir Ahmadga nisbatan sirtdan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllash haqida sudga iltimosnoma kiritilgan. Sudning ayni shu kungi ajrimi bilan iltimosnoma rad qilingan va ehtiyot chorasi oʻzgarishsiz, munosib xulq-atvordagi tilxat orqali ochiqda qoldirilgan hamda jinoyat ishi harakatdan toʻxtatilgan”, — deb yozgan u.

 

Advokat bayonoti davomida 2025 yil mayda Mubashshir Ahmad qoʻlga olingani va unga nisbatan Jinoyat kodeksi 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan qoʻshimcha ayblov eʼlon qilinganini qayd etgan. Bu modda tarqatilgan diniy mazmundagi materialning ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilganini nazarda tutadi.

 

Mubashshir Ahmadga nisbatan ushbu qoʻyilgan ayblovga Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi “Mubashshir Ahmad” nomli kanalga joylashtirilgan “Ulamolarning Isroilga qarshi jihod fatvosi nimani anglatadi?” nomli videodagi suhbat asos boʻlgan. Lekin ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qarorda ayblov uchun faqat Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xulosasi, yaʼni materialning aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilganini tasdiqlovchi dalil koʻrsatilgan boʻlib, jinoyatning zaruriy belgisi – uning maqsadini aks ettiruvchi belgilarga oid hech qanday ekspertiza xulosasi dalil sifatida eʼtirof etilmagan, deb yozgan advokat.

 

2025 yil 14 may kuni jinoyat ishining dastlabki tergovi DXX Tergov boshqarmasiga oʻtkazilgan. Tergov jarayonida ulamoning “Azon global” xalqaro mediakanali va ijtimoiy tarmoqdagi boshqa kanallaridagi materiallar tekshirilgan. Natijada ularning faoliyatida Oʻzbekistonga qarshi jinoyatlar, tinchlik va xavfsizlikka qarshi ogʻir jinoyatlar sodir etilmagani tasdigʻini topgan.

 

Istisno sifatida Isroilning Gʻazoda sodir etayotgan genotsidiga oid berilgan fikrlari va baʼzi boshqa holatlarga oid fikrlarida ekspertiza xulosasiga koʻra milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish jinoyati alomati aniqlanib, ayblov Jinoyat kodeksining 156-moddasi 2-qismi bilan toʻldirildi. Modda sanksiyasiga koʻra, ushbu harakat uchun jazo uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilangan, deb yozgan Ruslan Sodiqov.

Advokatning qayd etishicha, Mubashshir Ahmad ayblovga nisbatan munosabat bildirib, diniy mazmundagi materialni tarqatish uchun Turkiyada faoliyat koʻrsatgani uchun Oʻzbekistondagi Diniy qoʻmitadan xulosa olishga zarurat yoʻq deb oʻylaganini aytgan. Ulamolar fatvosini tarjima qilib, tushuntirishi bilan bogʻliq materialda ham ayni shu sababdan xulosa olinmagan.

 

"Domla material tarqatilishidan koʻzlangan maqsad sifatida musulmon aholi oʻrtasida fatvo notoʻgʻri maʼnoda tushunilishining oldini olish, Gʻazoda jihod qilish bizga farz boʻlibdi deb, ilgari Suriyaga odamlar ommaviy koʻchib borishiga oʻxshash vaziyat va oqibatlar yuz berishining oldini olishni koʻzlaganini bildirgan. Shu bilan birga, fatvoning fuqarolar uchun emasligi, davlat safarbarlik eʼlon qilgan taqdirdagina borish mumkinligini, urush boʻlayotgan hududga fuqarolarning oʻzlari kira olmasligini anglatish, musulmon xalqining totuvligi koʻzlanganini, davlat xavfsizligi va xalq totuvligini faoliyatida pirovard maqsad sifatida koʻrishini maʼlum qilgan", — deya maʼlumot bergan advokat.

 

Ruslan Sodiqov bayonotida Mubashshir Ahmadga nisbatan qoʻyilgan ayblovlarning baʼzi qismlariga eʼtirozlar borligini bildirgan.

Mavzuga oid yangiliklar

«Mubashshir Ahmad jazoni oʻtay olmaydi» — advokat salomatlik holati ogʻirligini bildirdi

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov 2025 yil 8 oktabr kuni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. U hozirda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazoni oʻtamoqda. 

Oʻzbekiston

07.01.2026, 09:25

Mubashshir Ahmadning advokati sud hukmidan rozimi? Videoreportaj

Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tumani sudida jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga oid sud majlisi boʻlib oʻtdi. 

Oʻzbekiston

08.10.2025, 22:14

Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oyga qamaldi

Jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga sud tomonidan 2 yil 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinlandi.

Oʻzbekiston

08.10.2025, 17:56

Kun.uz

Prokuror Mubashshir Ahmadga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini soʻradi

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tumani sudida jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga oid sud jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston

19.09.2025, 08:10

Mubashshir Ahmad sud ishi birinchisi oʻtdi, keyingisi kuzga qoldirildi

Mubashshir Ahmad sud ishi birinchisi oʻtdi, keyingisi kuzga qoldirildi

Bugun, 19 avgust kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida diniy ulamo Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) sudi boʻlib oʻtdi. Sud ishi ayrim guvohlarning sudga kelmaganligi uchun 8 sentabrga qoldirildi. Bu haqda PARADIGMA.UZ jurnalisti xabar qildi.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 18:40

Mubashshir Ahmad Turkiyadagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketildi

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan diniy bloger, "Azon Global" axborot-tahliliy portal yetakchisi Alisher Tusunov 8 may  Turkiyaning Istanbul shahridagi Bahcheshehir mavzesidagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgan.  Hozirda Tursunovning qayerdaligi va uning sogʻligʻi haqida uning oila aʼzolarida ham maʼlumot mavjud emas.

Oʻzbekiston

12.05.2025, 15:15

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45