Prokuror Mubashshir Ahmadga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini soʻradi

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tumani sudida jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga oid sud jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

Ulashish:

Kun.uz

Sudning navbatdagi majlisi, kecha, 18 sentabr kuni davom ettirildi. Sudya Bobur Rahimov raisligida oʻtgan sud majlisining muzokara bosqichida davlat ayblovchisi bitta modda boʻyicha jarima, ikkita modda boʻyicha qamoq jazosi berilishini soʻrab, Mubashshir Ahmadga uzil-kesil 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishini soʻradi.

Oʻz navbatida advokatlar guruhi Alisher Tursunovga qoʻyilgan ikki modda — «Jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soladigan materiallarni tarqatish» hamda «Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish» ayblovlarini bekor qilishni soʻradi.

Shu bilan birga, materiallarni Din ishlari boʻyicha qoʻmita ruxsatisiz tarqatishga oid ayblov qisman tan olindi. Himoyachilar bu harakat ijtimoiy xavflilikdan mahrum boʻlganini qayd etib, uni JK 70-moddasi asosida bekor qilish va musodara qilingan texnika hamda ashyolarni qaytarishni soʻradi.

Advokatlar sudda qoʻyilgan 3 modda boʻyicha ayblovchilar va ekspertlar bilan kelishmovchiliklari hamda eʼtirozlarini bildirdi. Shuningdek, hukm chiqarishda Mubashshir Ahmadning salomatligi, jamiyatdagi oʻrni, yoshlar taʼlimiga qoʻshgan hissasi va oilada yagona boquvchi ekani inobatga olinishi soʻraldi. Mubashshir Ahmad himoyachilarining fikriga toʻliq qoʻshilishini bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, Mubashshir Ahmad Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish) 2-qismi, 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi «g» bandi va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish)da ayblanmoqda.

Navbatdagi sud majlisi 22 sentabr, soat 14.00 ga belgilandi.

Oʻzbekiston

19.09.2025, 08:10

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

«Mubashshir Ahmad jazoni oʻtay olmaydi» — advokat salomatlik holati ogʻirligini bildirdi

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov 2025 yil 8 oktabr kuni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. U hozirda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazoni oʻtamoqda. 

Oʻzbekiston

07.01.2026, 09:25

Mubashshir Ahmadning advokati sud hukmidan rozimi? Videoreportaj

Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tumani sudida jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga oid sud majlisi boʻlib oʻtdi. 

Oʻzbekiston

08.10.2025, 22:14

Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oyga qamaldi

Jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga sud tomonidan 2 yil 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinlandi.

Oʻzbekiston

08.10.2025, 17:56

Mubashshir Ahmad sud ishi birinchisi oʻtdi, keyingisi kuzga qoldirildi

Mubashshir Ahmad sud ishi birinchisi oʻtdi, keyingisi kuzga qoldirildi

Bugun, 19 avgust kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida diniy ulamo Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) sudi boʻlib oʻtdi. Sud ishi ayrim guvohlarning sudga kelmaganligi uchun 8 sentabrga qoldirildi. Bu haqda PARADIGMA.UZ jurnalisti xabar qildi.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 18:40

Diniy ulamo Mubashshir Ahmad ishi sudga oshirildi

Diniy ulamo Mubashshir Ahmad ishi sudga oshirildi

Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudda koʻrib chiqish uchun yuborildi. Bu haqda advokat Ruslan Sodiqov Facebookʼdagi sahifasida maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

25.07.2025, 16:32

Mubashshir Ahmad Turkiyadagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketildi

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan diniy bloger, "Azon Global" axborot-tahliliy portal yetakchisi Alisher Tusunov 8 may  Turkiyaning Istanbul shahridagi Bahcheshehir mavzesidagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgan.  Hozirda Tursunovning qayerdaligi va uning sogʻligʻi haqida uning oila aʼzolarida ham maʼlumot mavjud emas.

Oʻzbekiston

12.05.2025, 15:15

So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26