Navoiyda qurilishda ishlatilayotgan sifatsiz metall list mahsuloti aniqlandi

Navoiy viloyati Navbahor tumanida joylashgan "AAA" MChJ qurilish mollari doʻkonida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida nazorat xaridi oʻtkazildi.

Ulashish:

Xarid jarayonida Xitoyda ishlab chiqarilgan issiq poʻlatdan tayyorlangan ruhlangan metall list mahsuloti tanlab olinib, akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasida tekshiruvdan oʻtkazildi.

Olib borilgan tahlillar natijasida mahsulot tegishli standartlarga javob bermasligi aniqlandi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bunday sifatsiz mahsulotlardan foydalanish quyidagi xavf-xatarlarni keltirib chiqaradi:

-qisqa fursatda korroziyaga uchrashi va yaroqsiz holatga kelishi;

-shamol hamda tashqi taʼsirlarga chidamsiz boʻlishi;

-bino konstruksiyalarining barqarorligiga putur yetkazishi;

-qurilish obʼektlarining xizmat muddatini keskin qisqartirishi.

Mazkur mahsulotlarni realizatsiya qilayotgan tadbirkorlarga nisbatan tegishli choralar koʻrilishi uchun mutasaddi idoralarga murojaat yuborildi va masala nazoratga olindi.

Oʻzbekiston

03.09.2025, 13:47

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Xorazmda keksa otasini moddiy taʼminlamagan farzandlar jinoiy jazoga tortildi

Ota 3 nafar farzandini sudga berdi. Farzandlar sud qarori bilan otasining taʼminoti uchun har biriga belgilangan oylik – 130 ming soʻm aliment pulini toʻlamay kelgan. “Turmush oʻrtogʻim vafotidan keyin farzandlarim meni yolgʻiz tashlab qoʻydi. Axir men ularni tugʻilganidan voyaga yetgunlariga qadar parvarishlaganman”, degan otaxon sudda.

Oʻzbekiston

03.09.2025, 18:35

Talabalar ijara xarajatlarini qoplash boʻyicha onlayn murojaat yoʻllashi zarur

Talabalar ijara toʻlovlarining bir qismini qoplab berish boʻyicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishi kerak.

Oʻzbekiston

03.09.2025, 17:36

YaTTlar hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun yangi huquqiy tartib yaratiladi

Endi tadbirkorlar oʻzining 1 milliardgacha boʻlgan aylanma mablagʻidan bor-yoʻgʻi bir foiz miqdorida soliq toʻlashi belgilab berildi.

Iqtisodiyot

03.09.2025, 16:39

Fargʻonada 50 ming dollarga yer sotgan shaxs qoʻlga olindi

Fargʻona viloyatida tadbirkorga shifoxona hududidan dorixona qurish uchun yer maydoni ajratib berishi evaziga 50 000 AQSh dollarini qoʻlga kiritgan shaxs ushlandi. 

Oʻzbekiston

03.09.2025, 15:47

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi.

Siyosat

03.09.2025, 15:14

Sayyohlik agentliklari tomonidan qariyb 2 trln soʻmlik xizmatlar koʻrsatildi

Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan turistik agentliklar tomonidan 1,9 trln soʻmlik xizmatlar koʻrsatilgan.

Iqtisodiyot

03.09.2025, 14:42

Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning EChL qaydnomasidan joy oldimi?

"Manchester Siti" yangi mavsum Chempionlar ligasining umumiy bosqichi uchun oʻz qaydnomasini eʼlon qildi.

Sport

03.09.2025, 12:44

Tramp Xitoy, Rossiya va KXDRni AQShga qarshi “til biriktirish”da aybladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy, Rossiya va Shimoliy Koreya rahbarlarini Vashingtonga qarshi til biriktirishda aybladi.

Jahon

03.09.2025, 11:46

Oʻzbekiston va Honkong oʻrtasida aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi mumkin

Oʻzbekiston transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev Xitoyning maxsus maʼmuriy hududi Honkongda joylashgan "JDB Group Limited" kompaniyasi raisining oʻrinbosari Chan Man Xin bilan uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Oʻzbekiston

03.09.2025, 10:50

Samarqandlik 26 nafar oʻqituvchiga 165 million soʻm kompensatsiya toʻlandi

26 ta maktabda faoliyat yuritgan ChQBT fani oʻqituvchilari ishdan boʻshatilgandan soʻng kompensatsiya pullarining berilmagani yuzasidan ommaviy murojaat bilan chiqishdi.

Oʻzbekiston

03.09.2025, 09:01

Belgiya Falastin davlatini tan oladi, Isroilga sanksiyalar joriy etadi

Belgiya sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasida Falastin davlatini rasman tan olishini eʼlon qildi. Bu haqda mamlakat TIV rahbari Maksim Prevo maʼlum qildi.

Jahon

02.09.2025, 18:50