“Olimpiya shaharchasi”da yil mobaynida qancha musobaqa oʻtkaziladi?
Sport federatsiya va assotsiatsiyalari tomonidan olimpiya sport turlari boʻyicha yil yakuniga qadar jami 31 ta sport tadbirlari tashkil etilishi tasdiqlandi.
Sport
10.09.2025, 09:01
Ulashish:

Poytaxtimizda qisqa fursatda bunyod etilib, faoliyati yoʻlga qoʻyilgan “Olimpiya shaharchasi” qisqa vaqt ichida 100 gektardan ziyod maydonda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi talablariga mos ravishda qurildi.
Murakkab muhandislik yechimlarini qamrab olgan velodrom, yengil atletikaning 48 ta yoʻnalishi boʻyicha musobaqalar oʻtkazishga moʻljallangan 9 qatorli yugurish yoʻlagidan iborat 12 ming oʻrinli yashil stadion, 25x50 metrli suzish va 25x20 metrli suvga sakrash havzalari, mashgʻulotlar uchun basseyn va trenajyor zallari, 2 ming oʻrinli jamoaviy va yakkakurash sport turlari majmualari mavjud.
Xoʻsh, har qanday sport turi boʻyicha nufuzli chempionatlar, turnirlar, kompleks oʻyinlarni qabul qilish imkoniyatiga ega “Olimpiya shaharchasi”da joriy yilning keyingi toʻrt oyi mobaynida qanday musobaqalar, oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda?
Sport vazirligi maʼlumotiga koʻra, “Olimpiya shaharchasi” obʼektlarida sport turlari boʻyicha ichki va xalqaro musobaqalar, oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish uchun tadbirlarning yagona reja-grafigi tasdiqlandi.
Unga muvofiq, daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda hududlarda professional sportchilar zaxirasini tayyorlash boʻyicha sport inshootlari imkoniyatlarini inobatga olgan holda ustuvor sport turlari boʻyicha sport tadbirlari, xususan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari tashkil etilishi belgilandi.
Bunda tegishli sport federatsiya va assotsiatsiyalari tomonidan olimpiya sport turlari boʻyicha yil yakuniga qadar jami 31 ta sport tadbirlari tashkil etilishi tasdiqlandi.
Shundan velosport, suzish, boks, dzyudo, sport kurashlari, basketbol, qilichbozlik, voleybol, chim ustida xokkey kabi sport turlari boʻyicha 20 ta respublika musobaqalari, 3 ta xalqaro musobaqalar, 6 ta mahalliy oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, 2 ta xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari tashkil etilishi orqali 6 ming nafarga yaqin sportchi qamrab olinishi nazarda tutilmoqda.
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06

