Oʻqituvchilar yana vazirlikni sudga berishdi
9 nafar oʻqituvchi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligini sudga berdi. PARADIGMA.UZ Sudga kiritilgan hujjat bilan tanishdi.
Ta'lim
19.08.2025, 16:57
Ulashish:

Foto: Paradigma.uz
Hujjatga koʻra, oʻqituvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024 yil 29 mayda 3515-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati” berilgan. Mazkur roʻyxatning 1-bobida xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati hamda ularning muvofiqlik darajasi koʻrsatilgan boʻlib, roʻyxatda Test of English as a Foreign Language (TOEFL iBT) boʻyicha B1 B2 C1 C2 darajalari olinganda ushbu darajalar tan olinishi koʻrsatilgan.
“Mazkur idoraviy hujjat talablaridan kelib chiqqan holda men va koʻpgina boshqa oʻqituvchilar TOEFL i til sertifikatini olish uchun tayyorgarlik qildik. Qonunchilikda belgilangan toʻlovlarni amalga oshirgan holda 2025 yilning mart, aprel oylarida "INTELLECT GROUP STUDY" XK da TOEFL i imtihonlarini topshirib, xorijiy tillarni bilish darajasi boʻyicha sertifikat olganmiz.
Biroq, biz qonunchilikda belgilangan tartibda sertifikat olganimizdan soʻng 2, 3 oy oʻtib, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 10.06.2025 yilda 02-2718-sonli xat chiqarilgan boʻlib, ushbu xatda TOEFL itp ga test topshirish tavsiya etilmasligi koʻrsatilgan”, — dedi G.Yoʻldasheva, arizachilardan biri.
Uning aytishicha, u va boshqa oʻqituvchilar tegishli til sertifikati olganidan 3,3 oy oʻtib, vazirlik tomonidan shu yilning 10 iyun kunida 02-2781-sonli xat chiqarilgan. Xatda oʻqituvchilar TOFEL iBT ga test topshirmasligi aytilgan.
Xatga javoban Yoʻldasheva va boshqa oʻqituvchilar vazirlikka murojaat qilganida vazirlik 05-14-4521-sonli yana xat bilan javob qaytardi. Bu galgi xatda vazirlik xorijiy va milliy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar roʻyxati mavjud ekanligi hamda mazkur izoh qismida taʼlim sohasidagi xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatdan oʻtgan test markazlariga bormasdan, masofadan olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmasligi yozilgan.
Sudga kiritilgan arizaga koʻra, vazirlik oʻqituvchilarning talabini rad etishning huquqiy asosini qonunchilik hujjatining izohi bilan asoslagan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra, qonunosti hujjati boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar va xatboshilardan iborat boʻladi. Mazkur qonunda ham, normativ-huquqiy hujjatlarga oid boshqa qonunchilik hujjatlarida ham izoh normativ-huquqiy hujjatning tarkibiy birligi ekanligi yoki izoh normativ-huquqiy xarakterga ega ekanligi koʻrsatilmagan.
“Yuqoridagi qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqqan holda “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (Adliya vazirligidan 2024 yil 29 may kuni 3515-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) ning izoh qismi normativ-huquqiy hujjat hisoblanmaydi va umummajburiy xarakterga ega emas. Normalar huquqiy kuchga ega boʻlib, oqibat tugʻdirishi uchun dispozitiv norma shaklida kiritilishi lozim. Hech oliy hujjatda izohning rasmiy huquqiy kuchi haqida keltirilmagan. Shu jihatdan, vazirlikning arizani mazkur asos bilan rad etishi qonunga zid hisoblanadi”, — deyiladi sudga kiritilgan arizada.
Oʻqituvchilarning aytishicha, ular imtihon topshirgan "INTELLECT GROUP STUDY" HK bilan, “TOEFL ITP TEST CENTER” tashkiloti oʻrtasida oʻzaro memurandum mavjud.
Sudga kiritilgan arizaga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligining 10.06.2025 yildagi 02.02718-sonli xati normativ huquqiy hujjat hisoblanmaydi hamda umummajburiy xarakterga ega emas.
Oʻqituvchilar suddan vazirlikning mansabdor shaxsi xatti-harakatlarini hamda vazirlik tomonidan-tomonidan oʻqituvchilarga chiqarilgan hujjatlarini huquqiy emas deb topishini va ularga nisbatan tegishli choralar koʻrilishini soʻramoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq ham attestatsiya javoblaridan qoniqmagan oʻqituvchilar vazirlikni sudga berishgan edi.
Ta'lim
19.08.2025, 16:57
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Oʻqituvchilar birgalikda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligini sudga berdi
Ta'lim
05.07.2025, 12:55

Rossiyada Oʻzbekiston fuqarosi terrorizm boʻyicha 20 yilga qamaldi
Oʻzbekiston
11.02.2026, 17:07

Rossiya safida urushda qatnashgan andijonlikka jazo tayinlandi
Oʻzbekiston
05.01.2026, 09:33

Anora Sodiqovaga nisbatan haqorat ishi: bloger Mirsaid Haydarov 25 mln soʻm maʼnaviy zarar toʻladi
Oʻzbekiston
26.12.2025, 19:28
Angrenda qaynonasi va erini oʻldirgan ayol 12 yilga qamaldi
Oʻzbekiston
30.10.2025, 14:21

Toshkent sudlarida joriy yilda 7 mingga yaqin nikohdan ajratish ishi koʻrildi
Oʻzbekiston
24.10.2025, 14:08
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
