Anora Sodiqovaga nisbatan haqorat ishi: bloger Mirsaid Haydarov 25 mln soʻm maʼnaviy zarar toʻladi
Jurnalist Anora Sodiqovani haqorat qilgan bloger Mirsaid Haydarov sud qaroriga muvofiq belgilangan maʼnaviy zarar va sud xarajatlarini toʻliq toʻladi.
Oʻzbekiston
26.12.2025, 19:28
Ulashish:

Ijtimoiy tarmoqlarda blogerdan Anora Sodiqova foydasiga undirilishi lozim boʻlgan mablagʻ toʻlanmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Majburiy ijro byurosi axborot xizmati maʼlum qilishicha, 26 dekabr kuni ijro ishi doirasida belgilangan summa toʻliq undirib berilgan.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar sudining ijro varaqasiga asosan, Mirsaid Haydarovdan undiruvchi foydasiga 25 mln soʻm maʼnaviy zarar hamda 5 mln 643 ming 500 soʻm sud xarajatlari undirish belgilangan. Ushbu ijro hujjati joriy yil 19 dekabr kuni Majburiy ijro byurosining Bektemir tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan va shu kuniyoq ijro ishi qoʻzgʻatilgan.
Ijro jarayonida qarzdorning mol-mulklariga taqiq qoʻyilgan hamda qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish uchun 10 kunlik muddat berilgan. Shu bilan birga, belgilangan muddatda toʻlov amalga oshirilmasa, majburiy ijro choralari qoʻllanilishi haqida ogohlantirilgan.
MIB maʼlumotiga koʻra, 26 dekabr kuni Mirsaid Haydarov tomonidan jami 30 mln 643 ming 500 soʻm qarzdorlik toʻliq qoplangan. Ushbu mablagʻ undiruvchi Anora Sodiqovaning shaxsiy plastik kartasiga uning roziligi asosida oʻtkazib berilgan.
Ijro hujjati amalda bajarilgani sababli ish yurituv tugatilgan.
Maʼlumki, joriy yil 28 may kuni Fuqarolik ishlari boʻyicha Shayxontohur tumanlararo sudi Anora Sodiqovaning Mirsaid Haydarovga nisbatan shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi daʼvo talablarini rad etgan edi. Biroq 21 iyul kuni Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasi mazkur qarorni bekor qildi.
Apellyatsiya sudi qarori bilan Mirsaid Haydarovga:
- 25 mln soʻm maʼnaviy zarar toʻlash,
- 5 mln 643,5 ming soʻm sud xarajatlarini qoplash,
- Anora Sodiqovadan ochiq tarzda uzr soʻrash,
- haqoratli postlarni oʻchirish majburiyati yuklatilgan edi.
Oʻzbekiston
26.12.2025, 19:28
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyada Oʻzbekiston fuqarosi terrorizm boʻyicha 20 yilga qamaldi
Oʻzbekiston
11.02.2026, 17:07

Anora Sodiqova va Mirsaid Xaydarov oʻrtasidagi bahs davom etmoqda
Oʻzbekiston
12.01.2026, 17:17

Rossiya safida urushda qatnashgan andijonlikka jazo tayinlandi
Oʻzbekiston
05.01.2026, 09:33
Angrenda qaynonasi va erini oʻldirgan ayol 12 yilga qamaldi
Oʻzbekiston
30.10.2025, 14:21

Toshkent sudlarida joriy yilda 7 mingga yaqin nikohdan ajratish ishi koʻrildi
Oʻzbekiston
24.10.2025, 14:08

Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari instituti joriy etilmoqda
Oʻzbekiston
28.08.2025, 21:20
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
