2024-yil 19-mart kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudida Salim Abduvaliyev (1950-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, jamoatchilik asosida Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari va Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi lavozimlarida ishlagan, nafaqaxoʻr, muqaddam sudlanmagan) ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqida UzA.uz xabar bermoqda.