updated: 22.03.2026, 08:40

Toshkent sudlarida joriy yilda 7 mingga yaqin nikohdan ajratish ishi koʻrildi

Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarida 2025 yilning 9 oyida 7 mingga yaqin nikohdan ajratish ishi koʻrilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 468 taga koʻpdir.

Ulashish:

Toshkent sudlarida joriy yilda 7 mingga yaqin nikohdan ajratish ishi koʻrildi

Sud maʼlumotlariga koʻra, koʻrilgan ishlarning qariyb 3 mingtasi boʻyicha nikoh rasman bekor qilingan, yana 3 ming 784 holatda esa taraflarni yarashtirish choralari koʻrilgan. Sudlar joylarda nikoh va oila masalalariga bagʻishlangan uchrashuvlarni muntazam oʻtkazib, oilalarni saqlab qolishga qaratilgan ishlarni davom ettirmoqda.

Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudlari joriy yilning yanvar–sentabr oylarida jami 432 ming 132 ta ishni hal qilgan. Bu respublika miqyosidagi barcha fuqarolik ishlarining 26,8 foizini tashkil etgan.

Shu davr mobaynida:

2 420 ta apellyatsiya shikoyati,

1 mingdan ortiq kassatsiya shikoyati,

1 mingdan ziyod taftish shikoyatlari koʻrilgan;

ularning katta qismi oʻzgarishsiz qoldirilgan, 278 ta ish oʻzgartirilgan, 745 tasi esa bekor qilingan.
Bundan tashqari, qonun buzilishi holatlari boʻyicha 199 ta xususiy ajrim chiqarilib, ijro uchun tegishli idoralarga yuborilgan.

Sudlarga joriy yilda 6 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning 11,3 foizi sayyor qabullarda, qolgan qismi esa sud binolari, pochta va elektron tizimlar orqali qabul qilingan.

Sud tizimi inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda adolat va huquqiy ishonch muhitini mustahkamlash yoʻlida faoliyatni izchil davom ettirmoqda.

Oʻzbekiston

24.10.2025, 14:08

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyada Oʻzbekiston fuqarosi terrorizm boʻyicha 20 yilga qamaldi

Javohir Oʻtkirov Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining bir qator terrorizm va qurol-yaroq bilan bogʻliq moddalari boʻyicha aybdor deb topildi.

Oʻzbekiston

11.02.2026, 17:07

Rossiya safida urushda qatnashgan andijonlikka jazo tayinlandi

2023 yil yanvar oyida andijonlik fuqaro giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi uchun Chelyabinsk shahar sudi hukmi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazo oʻtash jarayonida unga Rossiya—Ukraina urushida qatnashish evaziga jazodan qutulish taklif qilingan.

Oʻzbekiston

05.01.2026, 09:33

Anora Sodiqovaga nisbatan haqorat ishi: bloger Mirsaid Haydarov 25 mln soʻm maʼnaviy zarar toʻladi

Jurnalist Anora Sodiqovani haqorat qilgan bloger Mirsaid Haydarov sud qaroriga muvofiq belgilangan maʼnaviy zarar va sud xarajatlarini toʻliq toʻladi.

Oʻzbekiston

26.12.2025, 19:28

Angrenda qaynonasi va erini oʻldirgan ayol 12 yilga qamaldi

Angren shahrida sodir boʻlgan shafqatsiz jinoyat yuzasidan sud hukmi eʼlon qilindi. Maʼlumotlarga koʻra, bir ayol oʻz qaynonasi va erini oʻldirgani uchun javobgarlikka tortildi. Sud qaroriga koʻra, u 12 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Oʻzbekiston

30.10.2025, 14:21

Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari instituti joriy etilmoqda

Oʻzbekistonda «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi qonunga yangi mexanizm — ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari instituti kiritildi.

Oʻzbekiston

28.08.2025, 21:20

Mubashshir Ahmad sud ishi birinchisi oʻtdi, keyingisi kuzga qoldirildi

Mubashshir Ahmad sud ishi birinchisi oʻtdi, keyingisi kuzga qoldirildi

Bugun, 19 avgust kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida diniy ulamo Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) sudi boʻlib oʻtdi. Sud ishi ayrim guvohlarning sudga kelmaganligi uchun 8 sentabrga qoldirildi. Bu haqda PARADIGMA.UZ jurnalisti xabar qildi.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 18:40

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45