Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi strategik hamkorlik: yangi bosqich sari yoʻl

Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar soʻnggi yillarda yangi bosqichga koʻtarilmoqda. Rasmiy manbalarga koʻra, tomonlar siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar yoʻnalishlarda chuqur va keng qamrovli hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar, hamkorlik dasturlari va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarning mustahkam asosga ega ekanini koʻrsatmoqda.

Ulashish:

Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi strategik hamkorlik: yangi bosqich sari yoʻl

Foto: Azertac

Joriy yil ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganining 30 yilligi bilan ahamiyatli boʻlmoqda. Shu davr mobaynida Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi munosabatlar izchil va har tomonlama rivojlandi. Soʻnggi uch yil ichida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev har biri besh marotaba oʻzaro tashrif buyurgani bu aloqalarning doimiylik va strategik xarakterga ega ekanini tasdiqlaydi.

 

2024 yilda ikki davlat oʻrtasida "Strategik hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma" imzolandi. Bu hujjat Oʻzbekiston-Ozarbayjon aloqalarini yangi bosqichga olib chiqdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning yaqin kunlarda yana Ozarbayjonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

 

Savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida ham sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. 2024 yilda ikki tomonlama savdo hajmi 41 foizga oshdi, yilning birinchi choragida esa bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan uch baravar koʻpaydi. Iyun oyida Ozarbayjonda Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning 14-yigʻilishi boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda. 2024–2025 yillarga moʻljallangan iqtisodiy va investitsion hamkorlik boʻyicha "Yoʻl xaritasi" muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

 

Ozarbayjon-Oʻzbekiston Investitsiya jamgʻarmasi doirasida taʼlim, qurilish materiallari, toʻqimachilik, logistika, yengil sanoat va oziq-ovqat sohalarini qamrab olgan 10 dan ortiq istiqbolli loyiha koʻrib chiqilmoqda. Sanoat kooperatsiyasi yoʻnalishida hamkorlik kengaytirilib, qayta tiklanuvchi energiya bozorida Ozarbayjon, Oʻzbekiston va Qozogʻistonning Yevropaga "yashil energiya" yetkazib berish tashabbusi ilgari surilgan.

 

Ozarbayjonning Armaniston bosqinidan ozod qilingan hududlarida Oʻzbekiston tomonidan Fuzuli shahrida Mirzo Ulugʻbek nomidagi maktab qurilmoqda. Xonqandida tikuvchilik fabrikasining ochilishi esa ikki davlat rahbarlarining ishtirokida boʻlib oʻtdi.

 

Transport-tranzit sohasida ham sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. 2024 yilda tranzit yuk tashish hajmi 18 foizga oshdi. Oʻrta yoʻlak doirasidagi hamkorlik alohida ahamiyatga ega boʻlib, Oʻzbekiston bu yoʻnalishdan faol foydalanishga daʼvat etildi.

 

Madaniy-gumanitar hamkorlikda ham faoliyat davom etmoqda. 2023 yilda Bakuda Oʻzbekiston Madaniyat kunlari, oʻtgan yili esa Oʻzbekistonda Ozarbayjon Madaniyat kunlari boʻlib oʻtdi. Hududlararo aloqalarning kengayishi doirasida ikki davlatning 10 shahri oʻrtasida qardoshlik shartnomalari imzolandi.

 

Boʻlib oʻtgan uchrashuvda paxtachilik klasterlari, ijtimoiy va tijorat obʼektlari qurilishi, neft-gaz sanoati, qishloq xoʻjaligi, moliya sektori, taʼlim, transport va kema qurilishi sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

 

Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik ikki xalq manfaatlariga xizmat qilib, mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotning muhim omiliga aylanmoqda.

 

Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkin – Reuters

Tramp Oq uyda C5+1 formati doirasidagi besh davlat – Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston rahbarlari bilan uchrashuvda ayrim mamlakatlar tez orada Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkinligini aytib oʻtgan. Qozogʻiston ushbu kelishuvga qoʻshilganidan soʻng, Ozarbayjon hamda Oʻzbekiston ham kelgusida Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkin deb taxmin qilinmoqda. Shuningdek, manba xabarida ushbu davlatlarning Isroil bilan yaqin aloqalarga ega ekanligi alohida taʼkidlangan.

Siyosat

08.11.2025, 15:19

Mirziyoyevni haqorat qilgan shaxs Ozarbayjondan deport qilindi

Mirziyoyevni haqorat qilgan shaxs Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Bosh prokuraturasining 1982 yilda tugʻilgan fuqaro Amonbek Yusupovni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida ekstraditsiya qilish haqidagi soʻrovini qanoatlantirdi.

Siyosat

25.07.2025, 11:13

Oʻzbekiston, Turkiya va Ozarbayjon oʻrtasida Anqara deklaratsiyasi imzolandi (foto)

Oʻzbekiston, Turkiya va Ozarbayjon oʻrtasida Anqara deklaratsiyasi imzolandi (foto)

Kecha, 29 yanvar kuni Oʻzbekiston, Turkiya hamda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirlari Turkiyada boʻlib oʻtayotgan forumda Anqara deklaratsiyasini qabul qildi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram'dagi sahifasida maʼlum qildi.

Siyosat

30.01.2025, 10:53

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

So‘nggi yangiliklar

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti sanasiga oid dastlabki maʼlumotlar eʼlon qilindi. Unga koʻra, bayram 20 mart kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 10:06

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi

Ishdan noqonuniy boʻshatilgan fuqaro oʻz huquqlarini tiklash yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga murojaat qildi. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 09:46

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11