Oʻzbekiston va YeI munosabatlari yangi strategik bosqichga koʻtarildi
Bryusseldagi Yevropa kengashi qarorgohi — «Yevropa» binosida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi.
Siyosat
24.10.2025, 16:59
Ulashish:

Uchrashuvda joriy yil aprel oyida Samarqandda oʻtgan «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda koʻp qirrali Oʻzbekiston–YeI hamkorligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yetakchilar bugun imzolangan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni yuqori baholadilar. Ushbu tarixiy hujjat ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslarini kengaytirish, shu bilan birga, yangi strategik kun tartibini belgilab berishini taʼkidladilar.
Bitim Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan, xususan, savdo, investitsiyalar, transport, energetika, iqlim, yuqori texnologiyalar va madaniy-gumanitar hamkorlik sohalarida aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
Tomonlar Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzoligi boʻyicha muzokaralar yakunlanganini ham olqishladilar.
Tashrif arafasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Yevropa Ittifoqining «Global darvoza» forumida ishtirok etdi, shuningdek, Hamkorlik kengashi hamda Iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar boʻyicha kichik qoʻmita yigʻilishlari oʻtkazildi.
Kecha Bryusselda yirik qoʻshma biznes forumi boʻlib oʻtdi. Bugun esa Yevropaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda energetika, kimyo, muhim minerallar, logistika, toʻqimachilik va farmatsevtika sohalarida umumiy qiymati 10 milliard yevrodan ziyod boʻlgan yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Bu hozirda Yevropa kompaniyalari ishtirokidagi 40 milliard yevrodan ziyod investitsiya portfeliga salmoqli qoʻshimcha boʻladi.
Shuningdek, sheriklikning yuqori surʼatini saqlab qolish uchun institutsional mexanizmlarni mustahkamlash, yangi istiqbolli loyihalarni ilgari surish hamda viza tartibotlarini soddalashtirish orqali ishbilarmonlik va insonlar aloqalarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilindi.
Siyosat
24.10.2025, 16:59
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekiston prezidenti Belgiyaga tashrifini yakunladi
Siyosat
25.10.2025, 06:57

Shavkat Mirziyoyev Belgiyaliklar qiroli bilan uchrashdi
Siyosat
24.10.2025, 21:17

Oʻzbekiston prezidenti tashrif bilan Bryusselda boʻladi
Siyosat
22.10.2025, 21:54

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni
Oʻzbekiston
04.03.2026, 06:16

Ukrainaga hamdardlik: Yevropa Ittifoqi va Ukraina elchixonasi “Sariq va Koʻk” koʻrgazmasini taqdim etadi
Madaniy
20.02.2026, 11:45

Mers: «Qoidalarga asoslangan dunyo tartibi endi mavjud emas»
Jahon
14.02.2026, 13:47
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
