15 yoshga to‘lmagan bolalarning ishlashi qonuniymi?
Qonunga ko‘ra, mehnat shartnomasi asosida 16 yoshdan boshlab ishlash mumkin. Ammo ayrim hollarda 15 yoshga to‘lmaganlarga ham ishlashga ruxsat etiladi.
Oʻzbekiston
17.07.2026, 14:07
Ulashish:

Yozgi ta’tilda ko‘plab o‘quvchilar ishlab, daromad topishni istaydi, ayrim ota-onalar esa buni tarbiyaning bir qismi deb biladi. Qonun bu masalaga qanday yondashadi?
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, amaldagi Mehnat kodeksi hamda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, 15 yoshga to‘lmagan bolalarni doimiy yoki og‘ir mehnatga jalb etish qat’iy taqiqlanadi.
Qonunga ko‘ra, mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilishning umumiy yoshi 16 yosh etib belgilangan.
15 yoshga to‘lmagan shaxslar ham ayrim hollarda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin. Buning uchun ota-ona yoki qonuniy vakilning roziligi bo‘lishi, bajariladigan ish bolaning sog‘lig‘iga va ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi shart.
Bunday yengil ishlar qatoriga quyidagilar kiradi:
- teatr, kino, konsert, moda namoyishlari va reklama loyihalari kabi sport, madaniyat va san’at sohasidagi faoliyatlar;
- rasm chizish, dizayn, raqamli kontent tayyorlash, bolalar blogi yuritish, ijodiy tanlovlar va turli loyihalarda ishtirok etish.
Ish vaqti cheklovlari
Qonun bolalar mehnati uchun ish vaqtiga ham aniq cheklovlar belgilagan.
15–16 yoshdagilar haftasiga 24 soatdan ko‘p ishlamasligi lozim.
Agar bola umumiy o‘rta ta’lim muassasasida o‘qiyotgan bo‘lsa, ish vaqti haftasiga 12 soatdan oshmasligi kerak.
Bundan tashqari, mehnat faoliyati faqat darsdan keyingi vaqtda yoki ta’til kunlarida amalga oshirilishi mumkin.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bolalarning mehnatga jalb etilishi ularning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga, ta’lim jarayoniga hamda xavfsizligiga putur yetkazmasligi kerak.
Demak, bolalarning ishlashiga mutlaq taqiq yo‘q. Ammo bu jarayon faqat qonun talablari, xavfsizlik qoidalari va bolaning manfaatlari to‘liq ta’minlangan holdagina amalga oshirilishi mumkin.
Oʻzbekiston
17.07.2026, 14:07
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Avstraliyada ijtimoiy tarmoqlarga qöyilgan taqiq foyda bermayapti
Jahon
31.07.2026, 11:06

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
22.07.2026, 11:08

Britaniya 16 yoshgacha bo‘lganlarga energetik ichimliklar sotishni taqiqlamoqda
Jahon
17.07.2026, 09:44

"Kafolatlangan birinchi qadam" hamda "Yoshlar mini-franshizasi" dasturlari joriy etiladi
Oʻzbekiston
30.06.2026, 14:37

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48
Mashhur yangiliklar

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
18.09.2026, 15:25
So'nggi yangiliklar

Elektromobillar narxi arzonlashadimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz
Jahon
14.10.2026, 15:25

Kolumbiya nikohsiz tug‘ilishlar ulushi bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi
Jahon
14.10.2026, 15:12

Honda elektromobillarni simsiz quvvatlash tizimini ishlab chiqmoqda
Fan-texnologiya
14.10.2026, 12:28

Qozog‘iston Tengizdagi avariya sababli 6 mln tonna neft qazib ololmadi
Iqtisodiyot
14.10.2026, 12:22

Rossiyada migrantlar uchun majburiy imtihon bekor qilinishi mumkin
Siyosat
13.10.2026, 17:06

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Ozarbayjonda maktab formasi qoidalariga qarshi noroziliklarda 37 kishi hibsga olindi
Jahon
13.10.2026, 11:48

Aholining banklar oldidagi qarzdorligi 10,6% ga oshdi
Iqtisodiyot
13.10.2026, 11:02

O‘zbekistonda XI Yevropa kino festivali bo‘lib o‘tadi
Madaniy
13.10.2026, 10:26

Yangi Toshkent uchun qancha yer maydoni ajratiladi?
Oʻzbekiston
12.10.2026, 17:00

Eng norozi avlod
Madaniy
12.10.2026, 10:05

Banklar kredit qarzi uchun kartadagi barcha pulni yechib ololmaydi
Iqtisodiyot
10.10.2026, 10:48

O‘zbekistonliklar qaysi ijtimoiy tarmoqda, qachon va nima uchun vaqt o‘tkazmoqda?
Oʻzbekiston
09.10.2026, 17:40

O‘zbekiston MDHga raislik qiladi: sammit Buxoroda o‘tkaziladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 17:08

Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan hujumlarda 3 nafar Qirollik fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon
09.10.2026, 16:12

Paypoqqa yashirilgan 64 ming dollar fosh boʻldi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 14:48

MrBeast Toshkentga keladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 09:32

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

“Men sakkizta urushni to‘xtatdim” – Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ekanini aytdi
Jahon
08.10.2026, 17:49
Mashhur yangiliklar

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
18.09.2026, 15:25
