updated: 22.03.2026, 16:07

Bu hafta ob-havo qanday boshlanishi maʼlum qilindi

“Oʻzgidromet” joriy yilning 22-25 sentabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Ulashish:

Bu hafta ob-havo qanday boshlanishi maʼlum qilindi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 sentabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-24-sentabrda 20-25 daraja, 25 sentabrda 23-28 daraja boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-24 sentabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22 sentabrda 12-17 daraja boʻladi, 23-25 sentabrda 10-15 daraja, kunduzi 22-sentabrda 23-28 daraja, 23-25-sentabrda 20-25 daraja boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 22 va 24 sentabrda Toshkent viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 sentabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-sentabrda 12-17 daraja, 23-25 sentabrda 10-15 daraja, kunduzi 22-23 sentabrda 22-27 daraja, 24-25-sentabrda 24-29 daraja boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 sentabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-sentabrda 14-19 daraja, 23-25 sentabrda 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 22 sentabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 23-25 sentabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 22-sentabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 sentabrda 12-17 daraja, 25-sentabrda 10-15 daraja, kunduzi 22-sentabrda 25-30 daraja boʻladi, 23-24-sentabrda 22-27 daraja, 25-sentabrda 24-29 daraja boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, 22 sentabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 23-25 sentabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, asta-sekin 5-10 darajagacha pasayadi, kunduzi 22-23 sentabrda 15-20 daraja, 24-25-sentabrda 18-23 daraja boʻladi.

Oʻzbekiston

22.09.2025, 11:00

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Iyul oyi soʻnggi 150 yil ichidagi eng issiq oylardan biri boʻldi – mutaxassis

«Meteojurnal» Turkmaniston poytaxti Ashxabodda ham oʻtgan iyul oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy boʻlganini eʼlon qilgan.

Oʻzbekiston

04.08.2025, 09:01

Yangi hafta boshida sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin — "Oʻzgidromet"

Yangi hafta boshida sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin — "Oʻzgidromet"

23-27 mart kunlari Oʻzbekiston boʻylab bulutli hamda yomgʻirli ob-havo kuzatiladi. Bu haqda "Oʻzgidromet" maʼlum qilidi.

Oʻzbekiston

20.03.2025, 16:23

Joriy hafta oʻzbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Joriy hafta oʻzbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Kirib kelgan yangi hafta davomida oʻzbekistonliklarni yogʻingarchiliksiz, bahoriy iliq havo kutmoqda. Bu haqda "Oʻzgidromet" maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

17.02.2025, 11:16

Ertaga oʻzbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Ertaga oʻzbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Ertaga, 24 dekabr kuni Oʻzbekiston boʻylab havo iroz bulutli, ammo yogʻingarchiliksiz oʻtadi. Harorat kechasi 2-10 daraja oraligʻida sovuq, kunduz kuni esa 2-13 daraja oraligʻida iliq boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda "Oʻzgidromet" axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

23.12.2024, 11:30

Ertaga harorat pasayib, ayrim hududlarda tumanli havo boʻladi

Ertaga harorat pasayib, ayrim hududlarda tumanli havo boʻladi

Ertaga, 15 oktabr kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlariga tuman tushib, yomgʻir yogʻadi, ayrim hududlarda esa havo harorati 0 darajaga tushib ketadi. Bu haqda "Oʻzgidromet" axborot xizmati maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

14.10.2024, 12:06

Ertaga ham ayrim hududlarda yomgʻir yogʻadi

Ertaga ham ayrim hududlarda yomgʻir yogʻadi

Ertaga, 3 oktabr kuni Oʻzbekiston boʻylab havo baʼzi hududlarda biroz bulutli boʻladi, ayrim hududlarda yomgʻir yogʻadi. Bu haqda "Oʻzgidromet" axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

02.10.2024, 11:09

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Aholining banklar oldidagi qarzi $20,3 milliardga yaqinlashdi

O‘zbekiston aholisi banklardan tobora ko‘proq qarz olyapti. 2026 yil boshidan buyon jismoniy shaxslarning banklar oldidagi qarzi 19,5 trillion so‘mga (20,3 milliard dollar) yetdi. Eng qizig‘i — qarzning o‘sishi ipotekada emas. Eng tez o‘sayotgan segment kredit kartalari va overdraftlar bo‘lib, 33,5 foizga oshgan.

Iqtisodiyot

07.09.2026, 17:58

Isroil harbiy samolyotlari Livan janubiga hujum uyushtirdi

Isroilning Livan janubiga bergan havo zarbalari oqibatida kamida 11 kishi, jumladan, ikki nafar bola va ikki nafar tibbiyot xodimi halok bo‘ldi.

Jahon

07.09.2026, 16:26

2026-yilda O‘zbekistondan ko‘chib ketganlarning 83 foizi Qozog‘istonga yo‘l olgan

Hududlar kesimida eng ko‘p fuqaro Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati va Navoiy viloyati  hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Oʻzbekiston

07.09.2026, 14:31

Tramp Nyu-Meksiko shtatini qayta nomlashni taklif qildi

Nomlarni o‘zgartirishga ishtiyoqmand Donald Tramp yangi nishon topdi: u Nyu-Meksiko shtatini “Yangi Amerika” deb nomlashni taklif qildi. 

Jahon

07.09.2026, 11:35

Bugundan ayrim talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi

Mazkur avtobuslar faqat ertalabki tig‘iz vaqtda — soat 07:00 dan 08:00 gacha harakatlanadi.

Ta'lim

07.09.2026, 10:52

Shimoliy Koreya javob zarbalariga qodir harbiy esminesni suvga tushirdi

Ayni paytda AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya dengiz kuchlari ham yarimorol yaqinida harbiy mashg‘ulotlarni boshlagan.

Jahon

07.09.2026, 10:43

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogi final bosqichiga yo‘l oldi

Saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra, o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston terma jamoasi final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Sport

07.09.2026, 09:51

Rossiya Kiyevdagi xavfsizlik xizmati rahbarining idorasini nishonga oldi

Rossiya droni Kiyevdagi Ukraina Xavfsizlik xizmati bosh qarorgohiga zarba berdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Moskvani xavfsizlik rahbarining shaxsiy kabinetini nishonga olganlikda aybladi.

Jahon

05.09.2026, 11:00

Eron Yozuvchilar uyushmasi mamlakatdagi qatllarni qoraladi

Bayonotda aytilishicha, hech qanday jinoyat, hech qanday ayblov va hech qanday holat inson hayotiga qasd qilishni qonuniylashtirib, buni “jazo” deb atashga asos bo‘la olmaydi.

Jahon

04.09.2026, 14:55

SI xodimlarni aslidagidan ko‘ra mahoratliroq ko‘rsatmoqda – tadqiqot

Ofis xodimlarida yangi, ko‘zga ko‘rinmas ustunlik paydo bo‘ldi, ish beruvchilar esa buni doim ham ilg‘ay olmaydi.

Fan-texnologiya

04.09.2026, 13:32

Toshkent va Ostona poygasi: Mintaqa osmoni uchun raqobat kuchaymoqda

"Yangi Toshkent"da qad rostlayotgan aeroport "mintaqa darvozasi" bo'lishi mumkin. Biroq bu maqomga qo'shni Qozog'iston ham da'vogarlik qilmoqda.

Oʻzbekiston

04.09.2026, 11:24

Vladimir Putin: “Menimcha, urushni tugatish imkoniyati bor”

Putin Ukrainadagi urushni yakunlash imkoniyati mavjudligini, Zelenskiy esa bitimga vositachilik qilishga urinayotgan AQSH muzokarachilari tez orada Moskva va Kiyevga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Siyosat

04.09.2026, 09:46

Koreyada to'rt o'zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda

Avtomobil savdosi orqali chegara ortiga nima yuborilgan?

Oʻzbekiston

04.09.2026, 09:25

Norvegiya Rossiyaning “Professor Molchanov” nomli kemasini hibsga oldi

Operatsiya Ukrainaning 2014-yilga oid 4,2 milliard dollarlik da’vosi sababli amalga oshirilgan.

Jahon

03.09.2026, 15:56

Rasman: Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi

2026-yil 15-sentyabrdan boshlab  Tailandga kirish qoidalari o‘zgarmoqda.

Oʻzbekiston

03.09.2026, 15:31

Ishlayotgan onalarga bolasi bir yoshga to'lgunga qadar nafaqa to'lanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig'ilishda ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan yangi yondashuvlar belgilandi.

Oʻzbekiston

03.09.2026, 14:48

Eron raketa va dronlari Quvaytga hujum qildi

Quvayt armiyasining ma’lum qilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari dushman nishonlarini tutib qolgani uchun mamlakatda kuchli portlashlar eshitilgan.

Jahon

03.09.2026, 11:53

Özbekiston startaplar boʻyiça «Yil mamlakati» deb eʼlon qilindi

Uç yil içida 111-örindan 79-öringa — Özbekiston dunyo startap xaritasida qanday sakraş qildi?

Fan-texnologiya

03.09.2026, 09:57

Pentagon 30 yoshdan katta harbiylar uchun testosteron tekshiruvini joriy qildi

Bu chora-tadbirlar gormonal va energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish orqali harbiy tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan.

Jahon

03.09.2026, 09:55

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi

Qabul çegarasiga bir neça ball yetmay qolgan abituriyentlarga talabalik qançaga tuşadi?

Ta'lim

02.09.2026, 17:55

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →