updated: 20.03.2026, 10:55

Qoʻqonlik «tabib» yana sudga tortildi

Qoʻqon shahrida yashovchi Iqbol Soliyev xalq orasida «tabib» sifatida tanilgan va oʻzini «bionur» sohibi deb atab kelgan shaxs sifatida yana javobgarlikka tortildi.

Ulashish:

Qoʻqonlik «tabib» yana sudga tortildi

 Bu haqda 16 dekabr kuni Fargʻona viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, uning faoliyati qonuniyligi oʻrganilganida Iqbol Soliyev 2020 yil avgust oyida soliq organlarida «Xalq tabobati» faoliyat turi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgani aniqlangan. Biroq Oʻzbekiston Xalq tabobati assotsiatsiyasi tomonidan berilgan guvohnomaning amal qilish muddati 2024 yil dekabr oyida tugagani maʼlum boʻlgan.

Ushbu holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻqon shahar sudiga yuborilgan. Sudning 2025 yil 10 yanvardagi qaroriga koʻra, Iqbol Soliyev Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 59-5-moddasi 1-qismi (xalq tabobati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish) bilan aybdor deb topilib, 7,5 million soʻm miqdorida jarimaga tortilgan.

Shuningdek, uning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari fuqarolarning eʼtiroziga sabab boʻlgani inobatga olinib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan rasmiy ogohlantirish berilgan.

Shunga qaramay, Iqbol Soliyev oʻz faoliyatini takroran davom ettirib, ijtimoiy tarmoqlarda videoroliklar joylashtirib kelgani aniqlangan. Shu munosabat bilan 27 noyabr kuni Qoʻqon shahar IIB tomonidan unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 59-5-moddasi 3-qismi — maʼmuriy jaza qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran huquqbuzarlik sodir etilgani boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan.

Qonunchilikka koʻra, xalq tabobati toʻgʻrisidagi qonun talablarini bir yil ichida takroran buzish bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha (8 million 240 ming soʻmdan 12 million 360 ming soʻmgacha) jarima yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosiga sabab boʻlishi mumkin.

Oʻzbekiston

16.12.2025, 14:27

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?

Kredit olish ilinjida firma ochish yoki ERI kalitini vositachiga ishonib topshirish yillar davom etadigan moliyaviy va huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Vositachi pulni olib ketadi, javobgarlik esa sizning zimmangizda qoladi.

Iqtisodiyot

24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi

 Namanganda 35 tonna asal bir joyga jamlandi. “Afsonalar vodiysi” bogʻida V Xalqaro asal festivali oçildi. 

Oʻzbekiston

24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?

Saudiya Arabistoni o‘n yildan ortiq vaqtdan beri Yamandagi husiylarga qarshi kurashib keladi, biroq amerikancha qurollar va katta harbiy byudjet g‘alabani ta’minlay olmadi. Yaqinda tuzilgan Makka bitimi urush taqdirini o‘zgartira oladimi? 

Siyosat

24.10.2026, 11:06

Rasm SIda yaratilgan

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?

Nasiya savdosi Özbekistonda tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Biroq mahsulotni oyma-oy tölaş har doim ham arzon yoki foydali tanlov degani emas. 

Iqtisodiyot

24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi

Yevropaning 10 davlatida suratga olingan filmlar Toşkent va Urgançda tomoşabinlarga taqdim etiladi. Festival dasturida animatsiyadan tortib, psixologik dramalargaça bölgan turli janrdagi kartinalar bor.

Madaniy

23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp

AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Yevropadan yuz ögirişi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi. Biroq uşbu qaror amalda qanday qadamlarni anglatişini aniq tuşuntirmadi.

Siyosat

23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor

Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari muzokara guruhlari darajasida uçraşişi mumkin. Uçraşuv sanasi hozirça aniq emas. Ukraina öt oçişni töxtatiş, energetika sohasidagi sulh va gumanitar taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Siyosat

22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış

Qozoğistonda harbiy islohot doirasida muddatli harbiy xizmatni ikki bosqiçda taşkil etiş va uçuvisiz tizimlar qöşinlarini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Endi harbiy xizmatçilar xavfsizligini ta’minlaş va ularning huquqlarini himoya qiliş çoralari kuçaytiriladi.

Jahon

22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi

Fransiyadagi voqealar musulmonlar va immigratsiyaga qarshi siyosiy ritorikani yana kun tartibiga olib chiqdi. Tramp Makronni chegaralarni yopishga chaqirgan bo‘lsa, Netanyahu Fransiyani keskin tanqid qildi.

Jahon

21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?

Samarqanddagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 12 milliard dollarlik kelishuvlar tuzildi. Ammo bu kelishuvlarning qanchasi amalda bajarilishi hozircha noma’lum.

Iqtisodiyot

21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi.

Ta'lim

21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ijrochi mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan.

Madaniy

21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi

Abyei mintaqasidagi bozor yaqinida yoqilg'i omboriga dron zarbasi berilib, yong'in kelib chiqqan. BMT hujumlarni qoraladi.

Jahon

21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi

Nima sababdan ular Novosibirsk viloyatidan chiqarib yuborildi?

Oʻzbekiston

21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Jahon

20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi

Voqea qachon, qayerda va qanday sodir bo'lgan?

Oʻzbekiston

20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi

Marko Rubio boshchiligidagi AQSh delegatsiyasining Samarqandga tashrifi doirasida Amerika va O‘zbekiston biznes vakillari 12 milliard dollarlik 54 ta hamkorlik kelishuvini tuzdi. 

Iqtisodiyot

20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonning doimiy aholisi 2026-yil 1-oktabr holatiga 39,5 million kishidan oshdi. Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida, eng kami esa Sirdaryo viloyatida istiqomat qilmoqda.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda

Ko'prik ishga tushganidan so'ng, yo'l uchun sarflanadigan vaqt 30 daqiqagacha qisqarishi mumkin.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari Samarqandga kirish yo‘llarida hamda shaharning ayrim markaziy ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bunga C5+1 uchrashuvi va bolalar farovonligiga bag‘ishlangan xalqaro sammit sabab bo‘ladi.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 09:41

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →