Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron, avans - bo‘nak: yuridik atama va tushunchalar o‘zgartirilmoqda
9-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda qonunlardagi 7 ta so‘zni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish taklif etildi.
Oʻzbekiston
10.06.2026, 15:26
Ulashish:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.
Ushbu qonun loyihasida qonunchilik hujjatlarida foydalanilgan ayrim tushuncha va yuridik atamalarni yagona shaklda qo‘llash va ularning to‘g‘ri bayon etilishini ta’minlash maqsadida o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda.
Xususan quyidagi o‘zgartirishlar nazarda tutilyapti:
- avans — bo‘nak;
- markirovka — tamg‘alash;
- marshrut — yo‘nalish;
- svetofor — yo‘lchiroq;
- kovorking — ish markazi;
- parol — o‘ron;
- progressiv — ilg‘or;
Qayd etilishicha, loyihaning qabul qilinishi qonun hujjatlaridagi tushuncha va yuridik atamalarning qo‘llanilishidagi noaniqliklarni bartaraf etishga, ularni birxillashtirishga xizmat qiladi.
E’tiroz bildirildi
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarov “svetofor” va “parol” so‘zlarining almashtirilishiga e’tiroz bildirdi.
"Yaqin tarixda “aerodrom” nomini yangilab, gazetani “ro‘znoma”ga almashtirgandik. Bular qanchalik zarur?" – dedi Narimon Umarov.
U so‘zida davom etar ekan, 19-asr boshida Saidkarimboy Toshkentga yo‘lchiroqlar o‘rnatib, ularga lampa qo‘yganini, har kuni yoqib-o‘chirganini ta’kidladi.
“Mana bu yo‘lchiroq. Svetafor yo‘lchiroq bo‘lolmaydi. Almashtirishga nima zarurat bo‘ldi?” – dedi u.
Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori Nizomiddin Mahmudov taklif etilayotgan o‘zgartirishlar til sofligini saqlash va uni milliy til me’yorlari asosida rivojlantirishga qaratilganini aytdi.
“Agar “yo‘lchiroq” so‘zi haqida gapiradigan bo‘lsak, bugungi kunda “yo‘lchiroq” deganda hech kim ustunga osilgan chiroqni tushunmaydi. “Yo‘lchiroq” atamasining qo‘llanilishi o‘zbek tilining sofligi va o‘ziga xosligini saqlash yo‘lidagi qadamlardan biri sifatida qaralmoqda”, — dedi u.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Oʻzbekiston
10.06.2026, 15:26
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Bolalarga nisbatan zo'ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi bo'yicha qonun loyihasi qabul qilindi
Oʻzbekiston
01.10.2026, 13:16

Davlat organlari formasiga o‘xshash kiyim kiyganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Oʻzbekiston
04.08.2026, 14:29

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

“Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumi boshlandi
Oʻzbekiston
15.07.2026, 14:10

Lotin alifbosini yangilash bo‘yicha qonun Senatga yuborildi
Oʻzbekiston
07.07.2026, 12:44
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
So'nggi yangiliklar

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
