updated: 22.03.2026, 18:23

Topishmoqning javobi topilmadi: BAA oʻzbekistonliklarni nega qabul qilmadi?

Joriy yilning 30 noyabr kuni Toshkent – Abu-Dabi yoʻnalishi boʻyicha Wizz Air aviaqatnovi orqali uchib ketgan Oʻzbekiston fuqarolari nomaʼlum sabablarga koʻra amirlikka kiritilmadi. Oradan biroz muddat oʻtib, Oʻzbekistonning Abu-Dabidagi elchixonasi va Dubaydagi Bosh konsulxonasi vaziyatni nazoratga olganini bildirdi. Ammo oradan uch kun oʻtsa ham oʻzbekistonliklar nimaga BAAga kiritilmagani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yopiqligicha qolmoqda. Xoʻsh, oʻzi shu vaqt oraligʻida nimalar ochiqlandiyu, nimalar sir tutilmoqda?

Ulashish:

Topishmoqning javobi topilmadi: BAA nega oʻzbekistonliklarni qabul qilmadi?

Topishmoqning javobi topilmadi: BAA nega oʻzbekistonliklarni qabul qilmadi?

Shu yilning 30 noyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahriga Toshkent – Abu-Adabi yoʻnalishi boʻyicha Wizz Air aviaqatnovi orqali uchib kelgan 31 nafar Oʻzbekiston fuqarosi amirlikka kiritilmadi. Bundan xabar topgan Oʻzbekistonning Abu–Dabidagi elchixonasi va Dubaydagi Bosh konsulxonasi mazkur aeroport maʼmuriyati hamda amirliklarning mutasaddi idoralari vakillari bilan muloqotda boʻlib, vaziyatni nazoratga olganini bildirdi.

"Aeroport maʼmuriyati bilan hamkorlikda hamyurtlarimizni uch mahal ovqat bilan taʼminlash hamda ularga zarur hollarda tibbiy yordam koʻrsatish choralari tashkil etildi. Yuzaga kelgan vaziyatni hal etish boʻyicha barcha chora-tadbirlar koʻrilmoqda",  deyiladi elchixona izohida.

"Gazeta.uz" nashri bilan bogʻlangan Shayx Zoid aeroportidagi fuqarolardan birining aytishicha, ayollar, bolalar va keksalar qoʻyib yuborilgan, 20 dan 40 yoshgacha boʻlgan erkaklar mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkinligi bildirilgan. 

Ammo ularning hech biriga bu kabi harakatlar nima sababdan amalga oshirilayotgani yuzasidan izoh berilmagan. 

"Uchib kelishimiz bilan pasport nazoratida bizni shunchaki chetga tortib, hech qanday tushuntirishlarsiz pasportlarimizni olib qoʻyishni boshlashdi. Biz qandaydir maʼlumot berishlarini kutib oʻtirdik. Keyin birma-bir chaqirib, nima maqsadda, qancha kunga kelganimizni soʻray boshlashdi, telefon raqamlarimizni olishdi va savollarimizga javob bermagan holda yana ortga chiqarib yuborishdi. Shunday qilib, 15 soat oʻtirdik", degan Shayx Zoid aeroportidagi Oʻzbekiston fuqarolaridan biri.

Yuqoridagi holat ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishni boshlaganidan soʻng, Abu-Dabiga kiritilmagan oʻzbekistonliklar masalasi hukumat tomonidan muhokama qilindi. 

Kecha, 2 dekabr kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Birlashgan Arab Amirliklarining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qilib, oʻzbekistonliklarning BAAga kirishi bilan bogʻliq muammoni gaplashdi. Ushbu holatni esa imkon qadar qisqa muddatlarda hal qilish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrishga kelishib oldi.  

Ammo 31 nafar oʻzbekistonlikning Abu–Dabi aeroportidan amirlikka nega qoʻyilmaganligi hanuzgacha ochiqlanmasdan sirligicha qolmoqda.

Oʻzbekiston

03.12.2024, 15:29

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Ğazodagi 70 mingga yaqin çodirni suv bosdi

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti

Ğazo sektoridagi 70 mingga yaqin çodirni suv bosgan, 350 ming atrofidagi aholi toşqinlardan zarar körgan. BMT Isroilni gumanitar yordam yetkaziş uçun barça çegara ötiş punktlarini oçişga çaqirmoqda.

Jahon

12.11.2026, 12:36

Янги Тошкент шаҳрининг меъморий макети.

Yangi Toşkent şahri hokimligi taşkil etiladi

Yangi Toşkentda hokim kimga böysunadi, şaharni kim boşqaradi va davlat idoralari qayerda joylaşadi? Prezident farmoni bilan yangi şaharning boşqaruv tizimi belgilandi.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 11:08

Cохта IMEI код

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari

IMEI kodlarini soxtalaştiriş, noqonuniy import sxemalari va iPhone importi 6,2 barobar oşgan.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:51

Блогернинг ижтимоий саҳифасидан

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida öziga mutlaqo begona qizning suratini uning roziligisiz joylaştirib, unga nisbatan asossiz ayblovlar bildirganlikda gumon qilinmoqda.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:35

Kiberhujum

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi

Xakerlar Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid 2 000 dan ortiq hujjatni öğirlagan. Şuningdek, Özbekiston örmon xöjaligiga aloqador tizimga ham kirgan.

Jahon

12.11.2026, 10:18

“Aytmatov” va “Kulpaş” filmlari posteri

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi

Qozoğistonda 1930-yilgi oçarçilik va Stalin qatağonlari aks etgan ikki film namoyişi qoldirildi. Bu holat mamlakatda senzura va ijod erkinligi borasidagi bahslarni kuçaytirmoqda.

Madaniy

11.11.2026, 15:53

Rossiya IIV: migrantlar orasida jinoyatçilik yarim yilda 40 foizga kamaydi

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Rossiyada xorij fuqarolari 20 mingdan ortiq jinoyat sodir etgan. IIV migrantlarga nisbatan çeklovlar jinoyatçilikni kamaytirganini da’vo qilmoqda.

Jahon

11.11.2026, 12:17

GTL

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?

Qariyb 3,42 milliard dollarlik majmua import örnini bosişi kerak edi, ammo işlab çiqariş va import körsatkiçlari loyihaning samaradorligi haqida jiddiy savollarni yuzaga keltirmoqda.

Oʻzbekiston

11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi

Eron inqilobi qöriqçilari korpusining Harbiy-havo va kosmik kuçlari tasarrufidagi yangi raketa majmuasida ballistik va qanotli raketalar joylaştirilgan.

Jahon

11.11.2026, 11:36

Европа Иттифоқи ҳарбийлари Украинада

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi

Qaror Yevropa Ittifoqining Ukrainaga kömaklaşiş böyiça harbiy yordam missiyasi faoliyati yuzasidan ötkazilgan sönggi strategik tahlildan keyin qabul qilindi.

Jahon

11.11.2026, 10:09

Çegara mojarosida zarar körgan uy

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi

Tojikiston bilan çegara hududlari almaşinuvi natijasida Qirğiziston tasarrufiga ötgan 213 ta uyning 170 tasi yaşaş uçun yaroqli deb topildi. Ularni 2021–2022-yillardagi qurolli töqnaşuvlarda uyidan ayrilgan fuqarolarga beriş rejalaştirilmoqda.

Jahon

10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda

Rossiyada millionlab böş iş örinlari mavjud bölsa-da, hukumat xorijliklarning mehnat faoliyatini çeklaşda davom etmoqda. 2027-yildan sakkizta hududda migrantlarga taksiçilik qiliş taqiqlanişi, Sankt-Peterburgda esa çeklovlar boşqa sohalarga ham yoyilişi mumkin.

Siyosat

09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?

Samsung smartfonlar, televizorlar yoki kir yuviş maşinalaridan taşqari osmonöpar binolar ham quradi. Kiyim-keçak sotadi. Bir paytlar harbiy texnika ham işlab çiqargan. 2016-yilda esa “portlaydigan” telefonlar sotgan. Ayrimlar kompaniya rahbarini mamlakat prezidentidan ham qudratliroq deb hisoblaydi.

Fan-texnologiya

09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi

Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar hamda investorlar bilan muloqotida ma’lum qilindi.   

Oʻzbekiston

09.11.2026, 15:16

Лайка Спутник-2 аппаратидаги парвозга тайёрланмоқда. 1957 йил. Фото: Космонавтика музейи

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar

Inson kosmosga uçişidan oldin olimlar hayvonlar iştirokida vaznsizlik va radiatsiya ta’sirini örgandi. Ayrimlari tirik qaytdi, boşqalari esa tajribalar davomida halok böldi.

Madaniy

09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi

Çilonzor tumani IIB xodimlari ALP naşriyotidan 3 nomdagi jami 5 274 dona kitobni olib ketgan. Kitoblar avvalroq tegişli taşkilotda muhokama qilingan, ammo bu haqda noshirga xabar berilmagan.

Madaniy

07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi

Qirğiziston Rossiyaga iş va’dasi bilan borib, aldangan va uruşga yuboriliş xavfi ostida qolgan qirğizistonlik yigitni vataniga qaytarişni söramoqda.

Siyosat

06.11.2026, 17:40

Diogo Jota xotirasiga bag‘ishlangan gullar va muxlislar qoldirgan yodgorliklar

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar

Futbol millionlab insonlarni birlaştiradigan, muxlislariga unutilmas lahzalar va hayajonli uçraşuvlarni taqdim etadigan sport turi. Biroq uning tarixida faqat gollar, sovrinlar va ğalabalar bilan emas, balki ayançli fojialar bilan ham yodda qolgan voqealar bor.

Sport

06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi

Qozoğistonda benzin, dizel yoqilğisi va neft mahsulotlarining ayrim turlarini avtomobil transportida olib çiqişga qöyilgan taqiq yana olti oyga uzaytirildi. 

Iqtisodiyot

06.11.2026, 14:48

Серджио Гор портрети

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?

AQŞda oraliq saylovlardan keyin ma’muriyatda kadrlar özgarişi kutilmoqda.

Siyosat

06.11.2026, 10:32

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →