Toshkent va Ostona poygasi: Mintaqa osmoni uchun raqobat kuchaymoqda
"Yangi Toshkent"da qad rostlayotgan aeroport "mintaqa darvozasi" bo'lishi mumkin. Biroq bu maqomga qo'shni Qozog'iston ham da'vogarlik qilmoqda.
Oʻzbekiston
04.09.2026, 11:24
Ulashish:

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida "Uzbekistan Airports" AJ bilan Saudiya Arabistonining “Vision International Investment" kompaniyasi o‘rtasida “Yangi Toshkent" xalqaro aeroportini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha 35 yillik davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartnomasi imzolandi.
Loyiha 2026–2030-yillarda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlari hududida, 1310 gektar maydonda amalga oshiriladi — bu taxminan 13,1 kvadrat kilometr, ya'ni Londonning Xitrou aeroportiga (12,1–12,3 kvadrat kilometr) deyarli teng ko‘rsatkich. Dastlabki bosqichda taxminan 3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinishi rejalashtirilgan.
Yangi terminal hozirgisidan 4 barobar katta bo‘ladi va dastlab yiliga 20 million yo‘lovchini, kelajakda esa 46 million yo‘lovchini qabul qilish quvvatiga ega bo‘ladi. Qiyos uchun: Xitrou 2024-yilda qariyb 84 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan — demak, "Yangi Toshkent" uzoq muddatda shu darajaga yaqinlashishni ko‘zda tutmoqda.
40 dan ortiq teleskopik trap, 160 dan ziyod parking o‘rni, ikkita parvoz-qo‘nish yo‘lagi va soatiga 30 dan ortiq parvoz operatsiyasi — bular loyihaning texnik parametrlari. Ilg‘or navigatsiya va meteorologiya tizimlari barcha turdagi havo kemalarini istalgan ob-havoda qabul qilishni ta'minlaydi.
Muammo nimada?
Ammo fizik infratuzilma — bino, maydon, terminal — aviaxab maqomining faqat bir qismi, xolos. O‘zbekiston ushbu maqomga erishishi uchun yana bir qator zaruriy shartlarni ham bajarishi kerak.
Qo‘shni Qozog‘iston bu borada O‘zbekistonga asosiy raqobatchi hisoblanadi — har ikki mamlakat ham mintaqa darvozasi bo‘lishni maqsad qilgan. Hozircha bu raqobatda Qozog‘iston ustun pozitsiyani egallamoqda: uning aeroportlari Uzbekistan Airways'dan qariyb ikki barobar ko‘proq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi va mintaqaning asosiy havo yuk darvozasi maqomini saqlab turibdi.
Uzbekistan Airports ma'lumotiga ko‘ra, vaziyatning asosiy sababi — ikki davlatning infratuzilmaviy va tarixiy boshlang‘ich nuqtasi turlicha bo‘lgani. Qozog‘iston aviatsiya tizimi ancha oldin shakllangan va katta yuk oqimiga moslashgan, O‘zbekiston esa keyingi yillarda davlat sarmoyasi hisobiga o‘sish sur’atini oshirmoqda.
Raqamlar nima deydi?
2025-yilda Qozog‘iston aviakompaniyalari 15 million yo‘lovchini tashigan, aeroportlari 32 million kishiga xizmat ko‘rsatgan va 173 ming tonna yukni qayta ishlagan. O‘zbekistonda esa qariyb 10 million kishi tashilgan, havo yo‘llari 15,5 million kishiga xizmat ko‘rsatgan, avia yuk hajmi 98 ming tonnani tashkil etgan.
Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi — IATA ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida Markaziy Osiyoda avia yuk tashish hajmi ikki barobardan ko‘proq oshgan. 2024-yilda mintaqaga kirib kelgan barcha havo yuklarining qariyb 67 foizi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2019–2024-yillar oralig‘ida avia yuk tashish hajmining o‘sishi Qozog‘istonda 149 foizni, O‘zbekistonda esa 182 foizni tashkil etgan.
Bundan kelib chiqadiki, O‘zbekiston hajm jihatidan ortda bo‘lsa-da, o‘sish sur'ati bo‘yicha raqobatchisidan yuqoriroq natija qayd etmoqda.

Tranzit masalasi hal qiluvchi omil
Mintaqaviy aviaxab maqomi uchun xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘i ko'rsatkichlari ham muhim omil bo'lib, aynan shu nuqtada "Yangi Toshkent" loyihasining strategik ahamiyati paydo bo‘ladi. Aeroport faqat mavjud talabni qondirish uchun emas, balki kelajakdagi yo‘lovchi va yuk oqimini shakllantirish uchun ham xizmat qilishi kerak.
O‘zbekistonning "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Markaziy Osiyoda AQSHga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys amalga oshirayotgan yagona aviakompaniya hisoblanadi.
Qozog‘istonning “Air Astana” kompaniyasi esa bir necha yildan buyon Qozog‘iston va AQSH o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovni yo‘lga qo‘yishga urinib kelmoqda. 2022-yil iyul oyida reys amalga oshirish uchun AQSH Transport departamentiga (DOT)dan ruxsat so'rab murojaat yo'llagan. Biroq Boeing samolyotlarini yetkazib berishdagi muammolar, reyslarni kelishishdagi qiyinchiliklar va Rossiya havo hududiga oid cheklovlar loyiha amalga oshishiga to‘sqinlik qilgan. Shunga qaramay, Air Astana ushbu yo‘nalishni 2027-yil bahor-yoz mavsumida ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Bu holat Markaziy Osiyoda aviatsiya bozoridagi raqobat faqat aeroportlar o‘rtasida emasligini ko‘rsatadi. Mamlakatning aviaxabga aylanishi uchun yangi terminal va uchish-qo‘nish yo‘laklari bilan bir qatorda, uzoq masofali xalqaro yo‘nalishlar, aviakompaniyalar parki va tranzit modelini ham rivojlantirish talab etiladi.
O‘zbekiston uchun imkoniyat, Qozog‘iston uchun signal
Shu sababli “Yangi Toshkent” aeroportini faqat yirik infratuzilma loyihasi sifatida baholash yetarli emas. Uning haqiqiy samarasi aeroport nechta yo‘lovchini qabul qila olishida emas, balki shu quvvatdan qanchalik samarali foydalanilishida namoyon bo‘ladi.
Agar yangi aeroport xalqaro aviakompaniyalar uchun jozibador tranzit nuqtasiga aylansa, yo‘lovchilarni Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va boshqa yo‘nalishlar o‘rtasida bog‘lay olsa, uning iqtisodiy ahamiyati terminal sig‘imidan ancha oshadi.
Buning uchun esa O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida bir necha vazifani hal qilishi kerak: xalqaro yo‘nalishlarni ko‘paytirish, tranzit jarayonlarini soddalashtirish, yuk tashish infratuzilmasini rivojlantirish va milliy aviakompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirish.
Qozog‘iston uchun esa O‘zbekistonning tez sur'atdagi o‘sishi mintaqadagi mavjud ustunlikni avtomatik ravishda saqlab qolish mumkin emasligini anglatadi. Shu bois mamlakatning tezroq harakat qilish zarurati haqidagi rasmiy bayonotlari raqobat kuchayayotganidan dalolat beradi.
Aviaxab maqomi uchun katta maydonning o‘zi yetarlimi?
“Yangi Toshkent”ning 1310 gektarlik maydoni va kelajakdagi 46 million yo‘lovchilik quvvati O‘zbekistonning aviatsiya sohasidagi ambitsiyasini ko‘rsatadi.
Aviaxab — bu shunchaki katta bino emas. U yo‘lovchi oqimi, yuk tashish hajmi, xalqaro parvozlar geografiyasi, kuchli aviakompaniyalar va samarali tranzit tizimining birlashmasidir.
Agar ko‘zda tutilgan barcha bu vazifalar risoladagidek kechsa, 1310 gektarlik aeroport O‘zbekistonning Markaziy Osiyo aviatsiya xaritasidagi o‘rnini oldinga olib chiquvchi infratuzilmaga aylanishi mumkin.
Maftuna Baxtiyorova
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Bugundan ayrim talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
Ta'lim
07.09.2026, 10:52
So'nggi yangiliklar

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Alişer Usmonov sanksiyalar röyxatidan çiqarildi
Siyosat
24.09.2026, 14:07

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Hindiston maktablar atrofida fastfud savdosini cheklamoqchi
Jahon
24.09.2026, 11:32

“Bizga har bir davlatning ovozi eşitiladigan BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva
Oʻzbekiston
24.09.2026, 11:29

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»
Jahon
24.09.2026, 10:26

Elektron ruxsatnomasiz maşinani jarima maydonçasidan çiqariş taqiqlanadi
Oʻzbekiston
23.09.2026, 17:32

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Oʻzbekiston
23.09.2026, 12:23

Shaxmatchilarga beriladigan mukofotlar oshiriladi
Iqtisodiyot
23.09.2026, 11:52

AQSh Eron aviakompaniyalarini butun dunyoda cheklay oladimi?
Jahon
23.09.2026, 11:33

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi
Jahon
23.09.2026, 10:20

AQShning F-16 qiruvchi samolyoti Germaniyadagi aviabazada halokatga uchradi
Jahon
23.09.2026, 09:55

Toşkent 343-óringa kótarildi: Global Cities Index 2026 natijalari e'lon qilindi
Jahon
22.09.2026, 16:38

Rossiya Ukrainaga zarbalari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi
Jahon
22.09.2026, 14:38

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
Oʻzbekiston
22.09.2026, 11:18

G7 davlatlari husiylarni Saudiya Arabistoniga hujumlarni tóxtatişga çaqirdi
Jahon
22.09.2026, 11:06

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Gutеrrish bilan uchrashdi
Siyosat
22.09.2026, 10:51

BMT: AQŞning narkokema hujumlari insoniyatga qarşi jinoyat
Jahon
22.09.2026, 09:56

Isroil saylovi oldidan havfsizlik masalasi asosiy mavzu bölib qolmoqda
Siyosat
21.09.2026, 17:34
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Bugundan ayrim talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
Ta'lim
07.09.2026, 10:52
