Gruziya Bosh vaziri nega O‘zbekistonga kelmoqda?

Joriy yilning 4-5 mart kunlari Gruziya Bosh vaziri Irakli Kobaxidze rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston hukumat portalida ma’lum qilindi.

Грузия Бош вазири нега Ўзбекистонга келмоқда?

REUTERS/ David Mdzinarishvili

Qayd etilishicha, tashrif dasturi davomida qator ikki tomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va boshqalar o‘rin olgan. 

Bosh vazirning O‘zbekistonga kelishi arafasida Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Q. Yuldashev boshchiligidagi delegatsiyaning rasmiy tashrif bilan Gruziyaga bordi. 

Delegatsiya u yerda Gruziya Atrof-muhit va qishloq xo‘jaligi vaziri D. Songulashvili, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot markazi, Vinochilik milliy agentligi, Choy va Funduk yetishtiruvchilar uyushmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan. 

"Shuningdek, tashrif doirasida kengaytirilgan muzokaralar o‘tkazilib, uzumchilik, vinochilik, ipakchilik, zaytun va funduk plantatsiyalarini tashkil etish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari muhokama etildi", deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati tomonidan berilgan xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, tashrif yakunida ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishilgan.

Siyosat

04.03.2025, 09:45

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Emirates Airlines

Dubay parvozlari tiklanmoqda: Emirates yaqin kunlarda toʻliq faoliyatga qaytishni rejalashtirmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli toʻxtab qolgan parvozlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Emirates aviakompaniyasi yaqin kunlarda reyslarni toʻliq hajmda qayta yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Aviatsiya xabidagi uzilishlar Dubay iqtisodiyotiga katta moliyaviy yoʻqotishlar keltirgan. 

Jahon

07.03.2026, 13:27

Irina Matviyenko “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nemolchi.uz ijtimoiy loyihasi rahbari Irina Matviyenkoni mamlakatda ijtimoiy himoyani mustahkamlashga qoʻshgan hissasi va faol jamoatchilik ishlari uchun “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirladi.

Oʻzbekiston

07.03.2026, 13:14

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi

Oʻzbekiston Markaziy banki talabi bilan toʻlov tashkilotlari va banklarning mobil ilovalarida kartadan-kartaga (P2P) pul oʻtkazishda “oʻtkazma maqsadini koʻrsatish” tartibi majburiy ravishda joriy etildi.

Iqtisodiyot

07.03.2026, 13:08

Oʻzbekistonga sovuq antitsiklon kirib kelmoqda

7 martdan boshlab Oʻzbekiston hududiga sovuq antitsiklon kirib kela boshlaydi. Shu sababli ayrim hududlarda atmosfera havosi sifati yomonlashishi mumkin.

Oʻzbekiston

07.03.2026, 12:53

Putin Eron prezidenti bilan suhbatlashdi: Tehron Rossiyadan yordam kutmoqda

Putin, shuningdek, Fors koʻrfazi arab davlatlari rahbarlari bilan doimiy aloqada ekanini bildirgan.

Jahon

07.03.2026, 11:18

Angrenda fojia: daydi itlar 8 yoshli bolaga hujum qildi

Angren shahrida daydi itlar hujumi oqibatida maktabdan qaytayotgan 8 yoshli bola halok boʻldi.

Oʻzbekiston

07.03.2026, 10:27

Tramp Eronga yangi rahbar tanlovi haqida bayonot berdi

Tramp Eronning yangi rahbarini tanlash jarayonida AQSh ham rol oʻynashi kerakligini, yangi rahbar mamlakatda “tinchlik va barqarorlik”ni taʼminlashi lozimligini aytdi.  

Jahon

06.03.2026, 16:56

Eron nega Ozarbayjonni nishonga oldi?

Koʻrfaz davlatlari va Iroq Kurdistonidan farqli ravishda, Ozarbayjon hududida AQSh harbiy bazalari mavjudligi haqida ochiq maʼlumotlar yoʻq.

Jahon

06.03.2026, 16:44

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?

Eronning asosiy diplomatik hamkorlari — Rossiya va Xitoy AQSh–Isroilning Eronga qarshi harakatlarini xalqaro huquq buzilishi deb atadi, urushni qoraladi. Biroq ular harbiy yordam koʻrsatmadi.

Jahon

06.03.2026, 14:09

Oʻzbekistonda kambagʻallik chegarasi 715 ming soʻm etib belgilandi

Oʻzbekistonda 2026 yil uchun kambagʻallik chegarasi sifatida qoʻllaniladigan minimal isteʼmol xarajatlari 715 ming soʻm etib belgilandi.

Oʻzbekiston

06.03.2026, 11:20

Rodrygo

Braziliyalik futbolchi Rodrigo uzoq muddatli jarohat oldi.

Braziliyalik vinger Rodrigo ogʻir jarohat sabab uzoq muddat maydondan chetda qolishi mumkin.

Sport

06.03.2026, 10:12

Yoʻl-transport hodisalari: dunyo va Oʻzbekistondagi vaziyat

JSST maʼlumotiga koʻra, har yili dunyoda 1,1 milliondan ortiq odam YTHda halok boʻladi, qariyb 30 million kishi jarohat oladi.

Oʻzbekiston

06.03.2026, 09:24