«Bu narsa toʻxtashi kerak»: Saida Mirziyoyeva Qibraydagi issiqxonada ekologik tekshiruv oʻtkazdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 2 dekabr kuni kechqurun ekologiya boʻyicha maxsus komissiya yigʻilishida ishtirok etgandan soʻng Toshkent viloyatining Qibray tumanida oʻtkazilgan ekologik reyd tadbirlariga qoʻshildi.
Oʻzbekiston
03.12.2025, 10:05
Ulashish:

Фото: Кадр из видео
Bu haqda u oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
Mirziyoyevaga koʻra, reyd davomida tumandagi issiqxonalardan biri tekshirildi. Ushbu issiqxonada har kuni 150 kilogrammga yaqin koʻmir yoqilishi aniqlangan va bu holat atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazayotgani qayd etildi.
Reyd chogʻida Prezident administratsiyasi rahbari issiqxona egasi bilan suhbatlashib, ekologik meʼyorlarga qatʼiy rioya qilish zarurligini taʼkidladi.
«Bizga odamlarning sogʻligi juda muhim. Bu narsa toʻxtashi kerak» dedi u tadbirkor bilan muloqot chogʻida.
Tadbirkor filtr oʻrnatish ishlari hosil mavsumining yakunlanishi tufayli kechikayotganini bildirdi. Shundan soʻng Saida Mirziyoyeva viloyat hokimi Zoyir Mirzayevga murojaat qilib masalani tezkor hal etishni soʻradi.
Mirzayevning aytishicha, tadbirkor uchun berilgan oxirgi muddat tugash arafasida: «Ertaga filtr olib kelinadi, sotib olinadi va oʻrnatiladi».
Saida Mirziyoyeva tadbirkorlarga zarur yordam koʻrsatish muhim ekanini taʼkidlab, zarurat boʻlsa subsidiya berish masalasini ham koʻrib chiqish lozimligini qayd etdi.
«Ekologiyaga yetkazilayotgan zarar moddiy manfaat bilan oqlanmaydi. Aholi sogʻligiga zarar har qanday iqtisodiy foydadan ustun» dedi Mirziyoyeva.
Xabarga koʻra, Ekologiya qoʻmitasiga bir kun ichida mazkur issiqxonaga zamonaviy filtr oʻrnatish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, tadbirkorlar uchun seminar-trening va filtrlar savdo-koʻrgazmasi tashkil etilishi belgilab qoʻyildi.
Oʻzbekiston
03.12.2025, 10:05
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Ekoreydlar natijasida chiqindi yoqayotgan korxonalar aniqlandi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 16:20

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Sea Breeze Uzbekistan hujjatlari ekologik ekspertizaga taqdim etilmagan
Oʻzbekiston
26.01.2026, 17:12

Toshkentdagi ekologik xavfli 87 ta korxona shahar tashqarisiga koʻchiriladi
Oʻzbekiston
19.01.2026, 13:20

«Ekostiker» tizimi: 2026 yildan jarimalar qoʻllanilmaydi
Oʻzbekiston
26.12.2025, 10:13
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49
So‘nggi yangiliklar

Rossiya-Ukraina urushi: yoʻqotishlar, zarar va muzokaralar
Jahon
24.02.2026, 14:06

Masʼullarning masʼuliyatsizligi bogʻcha bolalarining boshiga bolgʻa boʻlyapti
Oʻzbekiston
24.02.2026, 12:04

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin
Jahon
24.02.2026, 10:39

Rossiyada bolani qutqargan oʻzbek migranti “Jasorat” medali bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston
24.02.2026, 09:40

Tehronda talabalar va Xominaiy tarafdorlari oʻrtasida toʻqnashuv yuz berdi
Jahon
23.02.2026, 14:41

Meksikada mashhur narkobaronning oʻldirilishi ortidan tartibsizliklar avj oldi
Jahon
23.02.2026, 12:28

8 mart yakshanbaga toʻgʻri keladi: dam olish kunlari qanday boʻladi?
Oʻzbekiston
23.02.2026, 11:38

Gʻazodagi urushda 500 dan ortiq Markaziy Osiyo fuqarolari ishtirok etgan
Jahon
23.02.2026, 09:15

Oʻzbekistonning davlat qarzi 46,85 mlrd dollarni tashkil etdi
Iqtisodiyot
23.02.2026, 08:10

Chiqindilarni olib ketish xizmatida yangi toʻlov tizimi joriy etildi
Iqtisodiyot
22.02.2026, 14:36

Mubashshir Ahmad «Sangorod»ga oʻtkazildi
Oʻzbekiston
22.02.2026, 11:17

Xitoyning sunʼiy intellekt dasturlari senzura bosimi ostidami?
Fan-texnologiya
22.02.2026, 09:08
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49
