Samarqand YuNESKOning 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi
Samarqand shahrida BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YuNESKO) Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oʻtkaziladi.
Madaniy
08.08.2025, 19:47
Ulashish:

Joriy yil oktabr oyining soʻnggi kunlaridan noyabr oyining birinchi yarmiga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan mazkur tadbir birinchi marta YuNESKOning Parij shahridagi qarorgohidan boshqa joyda boʻlib oʻtadi. Bu voqea tashkilotning 80 yilligiga toʻgʻri kelgani bilan ham ahamiyatlidir.
Shavkat Mirziyoyevning 2024 yil 15 martdagi qaroriga koʻra, mazkur tadbirga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuzilib, zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tashkiliy qoʻmita tomonidan sessiya bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan ishchi guruhlar tuzilib, tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Sessiya ishtirokchilarining kelishi va ketishi, ularga viza rasmiylashtirish, transport va tibbiy xizmatlar koʻrsatish, asosiy tadbirlar va madaniy dasturlarda qatnashishlari masalalari YuNESKO bilan kelishgan holda hal qilinmoqda.
Shu yilning 12 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga davlat tashrifi doirasida YuNESKO bosh direktori Odri Azuleni qabul qilib, tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishning amaliy jihatlarini muhokama qilgan edi. Sessiya va asosiy tadbirlar “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida oʻtkaziladi.
Nufuzli delegatsiyalar, tadbir ishtirokchilarini joylashtirish uchun “Silk Road Samarkand” majmuasi hamda Samarqand shahridagi mehmonxonalar shay qilib quyilgan. Bundan tashqari, Toshkent, Buxoro, Xiva va Shahrisabzda madaniy tadbirlar, ekskursiyalar va qabullar oʻtkazilishi hisobga olinib, bu shaharlarda ham mehmonxonalar tanlangan, delegatsiyalarga transport va boshqa xizmatlar koʻrsatilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Sessiya doirasida YuNESKOning Yoshlar forumi, milliy komissiyalar yigʻilishi, ilk bor Beruniy nomidagi Oʻzbekiston-YuNESKO mukofotini topshirish marosimi, muzeylarda sunʼiy intellektning oʻrni boʻyicha xalqaro konferensiya oʻtkaziladi. Bundan tashqari, Samarqanddagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, muzeylar, madaniyat maskanlarida xalqaro koʻrgazmalar, yangi ekspozitsiyalar namoyishi, jahon yulduzlari ishtirokida konsert dasturlari, umuman, 150 dan ortiq tadbir rejalashtirilgan.
43-sessiya va boshqa tadbirlarni yoritish uchun Samarqandga keladigan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarini belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazish va ularga zarur shart-sharoit yaratish borasida ham choralar koʻrilmoqda. “Silk Road Samarkand” majmuasi hududida matbuot markazi tashkil etiladi.
Mavzuga oid yangiliklar

Mirziyoyev YuNESKOning 43-sessiyasida qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi
Siyosat
31.10.2025, 10:13

Serbiya prezidenti Oʻzbekistonga keldi
Siyosat
28.10.2025, 11:33

Samarqandda 14-YuNESKO Yoshlar Forumi start oldi
Oʻzbekiston
27.10.2025, 17:02

Samarqandga kirish 15 kunga yopiladi
Oʻzbekiston
21.10.2025, 12:42

Shahrisabzning Butunjahon merosi roʻyxatidagi maqomini saqlab qolish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilindi
Oʻzbekiston
18.07.2025, 17:30
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
