Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi
Deutsçe Bank’ning 15 milliondan ortiq içki hujjati tarqalib ketişi bankning AQŞ prezidenti Donald Tramp va jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epşteyn bilan moliyaviy aloqalari haqida yangi ma’lumotlarni oşkor qildi.
Siyosat
18.11.2026, 16:45
Ulashish:

Hujjatlarda Epşteyn bilan boğliq 582 million dollarlik şubhali operatsiyalar va Tramp kompaniyalariga aloqador tölovlar qayd etilgan.
Xalqaro jurnalistlar konsorsiumi tomonidan ötkazilgan «Inside Deutsçe Bank» suriştiruvi natijalari 17 noyabr kuni e’lon qilindi. Tekşiruv ikki nafar huş tak çaluvçi taqdim etgan 15 milliondan ortiq içki hujjat, jumladan, qariyb 9 million elektron xat, yiğiliş bayonnomalari, mijozlarni tekşiriş materiallari va moliyaviy jinoyatlarga oid hisobotlarga asoslangan. Ma’lumotlar 230 dan ortiq jurnalist va 50 ga yaqin OAV bilan bölişilgan.
Hujjatlarning bir qismi AQŞ prokuraturasi va moliyaviy jinoyatlarga qarşi kuraşuvçi idoralarga ham topşirilgan. Sur iş tiruvçiler ma’lumotlarning oşkor etilişi jamoatçilik manfaatiga xizmat qilişini bildirgan.
Tramp kompaniyalari va şubhali moliyaviy operatsiyalar
Suriştiruvda Trampga teg işli kompaniyalar iştirokidagi 3 million dollardan ortiq operatsiyalar aniqlangan. Ular orasida Rossiya va Ozarbayjon bilan boğliq pul yuv iş tarmoqlariga aloqador bölişi mumkin bölgan tölovlar ham bor. Le Monde n aşri hujjatlar Tramp kompaniyalari bilan Ozarbayjonning «Laundromat» deb ataluvçi pul yuv iş tarmoği örtasidagi şubhali operatsiyalarga oid bevosita dalillarni körsatişini yozdi.
Deutsçe Bank Trampga 1990-yillar boşida uning bizneslarida bir qator bankrotlik va qarzlarni tölamaslik holatlari kuzatilganiga qaramay, köp yillar davomida kreditlar ajratgan. 2021 yil yanvar oyiga kelib, bank Tramp kompaniyasining eng yirik kreditori bölib, uning qariyb 340 million dollar qarzi mavjud edi.
2021 yil 6 yanvarda Tramp tarafdorlari AQŞ Kongressida Jo Baydenning prezidentlik saylovidagi ğalabasini tasdiqlaş jarayonini töxtatişga uringanidan keyin bank u bilan hamkorlikni töxtatgan. Şuningdek, Financial Times ma’lumotiga köra, Deutsçe Bank 2017 yilda Trampning soliq hujjatini ad aşib boşqa mijoz buxgalteriyasiga yuborgan va bu haqda unga xabar bermagan. Tramp uşbu ma’lumot oşkor etilganiga munosabat bildirib, bank bunday qilmasligi kerakligini aytgan.
Hujjatlarda Tramp hisoblari bank tomonidan alohida nazoratga olingani ham körsatilgan. 2019 yilda The New York Times n aşri bank Tramp bilan boğliq şubhali operatsiyalar haqida AQŞ hukumatini xabardor qilmagani töğrisida yozgan edi. Bank öşanda içki tekşiruvçilarga bunday xavotirlarni yuqori rahbariyatga yetkaziş taqiqlanmaganini bildirgan.
Epşteyn bilan boğliq 582 million dollarlik operatsiyalar
Hujjatlarda Jeffri Epşteyn bilan boğliq qariyb 582 million dollarlik operatsiyalar şubhali deb belgilangan. Bu AQŞ Senati tekşiruvlarida avval aniqlangan miqdordan ikki baravardan köproq. Financial Times ma’lumotiga köra, bank 2019 yilda uşbu operatsiyalar böyiça AQŞ idoralariga 21 ta şubhali faoliyat hisobotini taqdim etgan.
Epşteyn 2008 yilda Floridada voyaga yetmagan şaxsni fohişalikka jalb qiliş aybi böyiça öz aybini tan olganidan beş yil ötib, 2013 yilda Deutsçe Bank mijoziga aylangan. Uning hisoblari 2018 yilgaça bankda saqlangan. Yangi hujjatlarda bankning yuqori rahbariyati uning avvalgi sudlanganiga qaramay mijoz sifatida qabul qilişni ma’qullagani va hamkori Gisleyn Maksvell faoliyati haqida ogohlantirişlar bölganidan keyin ham hisoblarini yopmagani aks etgan.
Maksvell 2021 yilda Epşteynga ösmir qizlarga nisbatan jinsiy zöravonlik qilişda yordam bergani uçun aybdor deb topilgan va 20 yillik qamoq jazosini ötamoqda.
Hujjatlarda Epşteynning boy hamkorlari, jumladan, milliarder Leon Blek va moliyaçi Glenn Dubin bilan boğliq tölovlar haqida ham ma’lumotlar bor. Avvalgi tekşiruvga köra, Blek 2012–2017 yillarda soliq va merosni rejal aş tir iş böyiça maslahatlar uçun Epşteynga 158 million dollar tölagan. Blek esa Epşteynning jinoyatlaridan xabardor bölganini va noqonuniy xatti-harakatlarga aloqadorligini bir neça bor rad etgan.
Deutsçe Bank Epşteyn bilan boğliq moliyaviy operatsiyalar uçun avval ham jarima va tovon tölovlariga duç kelgan. 2020 yilda nazorat organlari bankni Epşteyn va boşqa yuqori xavfli mijozlar bilan boğliq nazorat kamçiliklari uçun 150 million dollar jarimaga tortgan. 2023 yilda esa Epşteyn tomonidan jabrlanganini bildirgan ayollar da’vosi böyiça 75 million dollar tölaşga kelişgan.
Rossiyalik oligarxlar bilan aloqalar
Suriştiruv faqat Tramp va Epşteyn bilan boğliq operatsiyalarni emas, Deutsçe Bank’ning Rossiyadagi mijozlari va oligarxlar bilan aloqalarini ham yoritgan. Le Monde ma’lumotlariga köra, bank 2014 yilda Qrim anneksiya qilinganidan keyin ham Rossiya bozoridagi faoliyatini davom ettirgan, 2022 yilda Ukrainaga keng kölamli bostirib kirilganidan keyin ham ayrim operatsiyalar va mijozlar bilan aloqalarni zudlik bilan töxtatmagan.
Hujjatlarda Rossiya oligarxi Oleg Deripaska tarmoqlari bilan boğliq 1,7 milliard yevro mablağ Kipr va Gonkongdagi kompaniyalar orqali ötkazilgani qayd etilgan. Deripaska 2018 yildan AQŞ sanksiyalari ostida. Bank içki hujjatlarida sanksiya röyxatiga tuşgan rossiyalik mijozlar bilan aloqalarni aniqlaş va nazorat qilişdagi muammolar ham körsatilgan.
Deutsçe Bank sur iş tiruvda keltirilgan holatlar köp yillar oldin sodir bölganini ta’kidladi. Bank 2019 yildan buyon içki nazorat va talablarga muvofiqlik tizimini kuçaytir iş uçun 7 milliard yevro sarflaganini, e’lon qilingan ma’lumotlar moliyaviy natijalariga jiddiy ta’sir körsatişini kutmayotganini bildirdi. Bank rahbariyati boş direktor Kristian Zevingni qöllab-quvvatlaşini ham ma’lum qildi.
Siyosat
18.11.2026, 16:45
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi
Jahon
18.11.2026, 14:28

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13
So'nggi yangiliklar

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi
Jahon
18.11.2026, 14:28

Özbekistondan Kanadaga boriş osonlaşadimi?
Siyosat
18.11.2026, 11:47

Eron Vaşingtonda kimyoviy qurol işlatadimi?
Jahon
18.11.2026, 10:39

Namanganda telefon ustaxonasidan 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan yigit uşlandi
Oʻzbekiston
18.11.2026, 10:10

Toşkentda hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölayotgani xabar qilindi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 17:26

Ebola virusidan 6 minga yaqin kişi vafot etdi
Jahon
17.11.2026, 15:33

Toşkentdan Astraxanga poyezd qatnovi yölga qöyiladi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:28

Yevropa migrantlarni Özbekistonga yuborişi mumkinmi?
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:11

Buziladigan uy egalari uçun yangi taklif: 1,5 baravar katta uy-joy
Oʻzbekiston
16.11.2026, 17:32

Ayrim tadbirkorlar import QQSni boşqaça tölaydi
Iqtisodiyot
16.11.2026, 15:22

Özbekistonda noyabr oxirida havo 22 darajagaça isiydi
Oʻzbekiston
16.11.2026, 12:39

Hindistonda musulmonlar deportatsiya va hibs xavfiga duç kelmoqda
Jahon
16.11.2026, 11:02

Bugundan bank ilovalarida P2P ötkazmalar va biometriya talablari özgardi
Iqtisodiyot
16.11.2026, 10:31

Toşkentda 9 oyda 300 dan ortiq OIV yuqtiriş holati aniqlandi
Oʻzbekiston
16.11.2026, 10:21

Şohrux Ğiyosov lavozimidan ozod etildi
Oʻzbekiston
15.11.2026, 17:09

Yamanda qamal sabab kasalliklar tarqalmoqda
Jahon
14.11.2026, 14:21

Jensen Xuang Nvidia’dan ketdi: kompaniyani endi kim boşqaradi?
Jahon
14.11.2026, 13:19

Uç buyuk davlat rahbari Xitoyda uçraşadi
Jahon
14.11.2026, 10:05

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13
