Donald Trampning Oʻzbekistonga tashrifi: strategik manfaatlar va diplomatik signallar ortidagi haqiqat
Donald Trampning Markaziy Osiyoga, xususan Oʻzbekistonga tashrif buyurishi ehtimoli hanuz dolzarb boʻlib qolmoqda. Rasmiy ravishda eʼlon qilinmagan boʻlsa-da, mavjud diplomatik vaziyat va strukturaviy omillar bunday tashrifning yuzaga kelishiga zamin yaratmoqda.
Siyosat
29.04.2025, 17:39
Ulashish:

Shavkat Mirziyoyevning Donald Trampga yuborgan rasmiy taklifi va Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligining yuqori darajadagi diplomatik delegatsiyalari orqali bu taklifni ikkinchi marta tasdiqlangani, AQSh tomonining ijobiy javobi bilan bir qatorda, muhim diplomatik signal sifatida qaraladi. AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenikning bayonoti — Oq uy bu taklifni "jiddiy koʻrib chiqayotgani" haqida — bu tashrifning reallashish ehtimolini oshiradi.
Bunday takliflar ikki tomonlama aloqalarning "klassik" bosqichidan "strategik aloqalar" bosqichiga oʻtganini anglatadi. AQShning bunday diplomatik takliflarni rad etmasligi yoki javobsiz qoldirmasligi — ayniqsa strategik jihatdan muhim mintaqalar boʻyicha — AQSh tashqi siyosatining "pragmatik" ruhidagi siyosati sifatida qaraladi.
Tramp maʼmuriyatining 2025-yilgi tashqi savdo siyosatida 10 foizlik global boj stavkasi joriy etilmoqda, bu esa AQShning savdo strategiyasini proteksionistlik yoʻnalishga burmoqda. Biroq, aynan Oʻzbekiston bilan savdo hajmining 2024 yilda 881 million AQSh dollardan oshgani, AQSh uchun Markaziy Osiyodagi ikkinchi eng faol savdo sheriklaridan birini tashkil etayotganini koʻrsatadi. Bu iqtisodiy oʻsish — Oʻzbekistonga AQSh investitsiyalarini kiritish va xorijiy investorlar uchun strategik joylashuvni baholash nuqtai nazaridan — tashrif uchun muhim iqtisodiy fon ham yaratmoqda.
Oʻzbekiston bilan AQSh oʻrtasida kamyob yer elementlari (metallar) va strategik minerallar sohasida 2024 yil sentabrida imzolangan memorandum AQShning Xitoy bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan yetkazib beruvchilarni topishga boʻlgan urinishlariga mos keladi. AQSh tashqi siyosatida muhim omilga aylangan "taʼminot zanjiri xavfsizligi"(supply chain security) masalasi Oʻzbekistonni yangi strategik manba sifatida pozitsiyalashtiradi.
2023–2024 yillarda faoliyat doirasini kengaytirgan "C5+1" shakli Tramp maʼmuriyatining ham real siyosiy vositasiga aylanishi mumkin. Elchi Xenikning "bugun eng qulay vaqt" degan bayonoti — Oq uy C5+1ni Tramp davrida yangi "koʻp tomonlama " platformaga aylantirish ehtimoli borligini anglatadi. Bunday tashrif “C5+1” sammiti doirasida ham boʻlishi mumkin.
Agar tashrif C5+1 shakli doirasida amalga oshirilsa ham, uning Oʻzbekistonda oʻtkazilish ehtimoli yuqori va bu mamlakatimiz uchun muhim diplomatik yutuq va mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichiga aylanishi mumkin.
Oʻzbekistonga Tramp tashrifining hech boʻlmaganda ramziy ahamiyati borligi Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan taqqoslashda yaqqol koʻrinadi. Qozogʻiston mintaqaning eng boy va ko‘p tabiiy resursga ega davlati (asosan neft va gaz), aholisi 20 millionni tashkil etadi. U mintaqaviy xavfsizlikda ham yetakchilikka intiladi; masalan, MDH va ShHT doirasida hamkorlik qiladi.
Qirgʻizistonn va Tojikiston iqtisodiyotlari kichik, ularning 2024 yilgi Yalpi ichki mahsuloti (YaIM) mos ravishda -35,8 mlrd va 12 mlrd AQSh dollar atrofida, aholi soni esa 7-11 millionni tashkil qiladi. Bu davlatlar koʻproq Rossiya va Xitoyga iqtisodiy jihatdan bogʻliq, shu sababli AQSh ushbu mamlakatlar bilan cheklangan strategik aloqalar oʻrnatadi. Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari hisobiga iqtisodiy jihatdan kuchli ($90,9 mlrd YaIM), ammo u ochiq siyosat yuritmaydi va xalqaro aloqalari cheklangan.
Bu borada Oʻzbekiston ham oʻziga xos rolga ega: u nafaqat eng katta aholiga, balki Markaziy Osiyodagi investitsiyalar investitsiyalar boʻyicha eng ochiq bozor tizimiga ega davlatlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston C5+1 formati (AQSh va besh Markaziy Osiyo davlatlari)ga faol aʼzo. Bu diplomatik harakatlar Oʻzbekistonni boshqa jamoadoshlarga nisbatan AQSh uchun ijobiy hamkorga aylantiradi.
Markaziy Osiyo Rossiya va Xitoyning taʼsir zonasi sifatida koʻriladi. Oʻzbekiston esa bu ikki davlat oʻrtasida muvozanatli investitsiyalar siyosat olib boruvchi "uchinchi yoʻl" modelini amalda sinab koʻrmoqda. AQSh uchun esa, ayniqsa Tramp maʼmuriyati uchun, Xitoy va Rossiyaning taʼsirini yumshatishda Oʻzbekiston – "neytral, lekin ochiq" davlat sifatida – muhim rol oʻynashi mumkin. Shu bois, Tramp tashrifi faqat ramziy harakat emas, balki strategik signal ham boʻladi.
Trampning eʼtibori hozircha AQSh ichki iqtisodiy siyosatini qayta yoʻlga qoʻyishga, xususan, inflyatsiyani pasaytirish, sanoatni himoya qilish va xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan. Markaziy Osiyoga tashrif uning ichki siyosiy kun tartibida birinchi oʻrinda emas, lekin investitsiyalar siyosiy PR jihatdan u uchun qulay lahza sifatida qaralmoqda — ayniqsa, agar bu tashrif AQShning kuchli global pozitsiyasini koʻrsatish vositasiga aylantirilsa.
Xenikning Oʻzbekistondan AQShga noqonuniy yoʻllar bilan kelgan fuqarolarni vatanga qaytarishga chaqirishi — ikki tomonlama diplomatik suhbatlarning nozik, balki keskinlashuv ehtimoli borligini anglatadi.
Donald Trampning Oʻzbekistonga tashrifi – bu faqat bir davlatga boʻlgan eʼtibor emas, balki Markaziy Osiyoning geosiyosiy vaznini AQSh investitsiyalar siyosati kontekstida qayta belgilash harakati sifatida talqin qilinmoqda. Diplomatik takliflar, strategik iqtisodiy manfaatlar va xavfsizlik muhokamalari bu tashrif ehtimolini real darajada oshiradi.
Shuningdek Donald Tramp rasman tashrif buyuradigan boʻlsa, u Markaziy Osiyoga kelgan ilk AQSh prezidenti sifatida tarixga kiradi. Bu nafaqat siyosiy, balki ramziy jihatdan ham u uchun katta yutuq sanaladi.
Shunga qaramay, Trampning ichki siyosiy ustuvorliklari, migratsiya va inson huquqlari masalalari tashrifni hozircha oraliq strategik darajada ushlab turmoqda. Biroq, agar Tramp tashrifni amalga oshirsa, bu Oʻzbekiston uchun mintaqadagi geosiyosiy pozitsiyasini mustahkamlash, AQSh uchun esa Xitoy–Rossiya taʼsir zonasida yangi diplomatik front ochish imkoniyati boʻlishi mumkin.
Nodirbek Egamberdiyev
Siyosat
29.04.2025, 17:39
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz
Jahon
14.10.2026, 15:25

Trampning Eron Los-Anjeles va San-Diyegoni egallashi haqidagi gapi tanqidga uchradi
Siyosat
07.10.2026, 15:25

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»
Jahon
24.09.2026, 10:26

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi
Jahon
23.09.2026, 10:20

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
