Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?

Xitoy bosh vaziri Li Syan va AQSH davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Pekin mintaqada hamkorlikni kuchaytirayotgan bir paytda, Vashington rasmiysi ham 200 dan ortiq biznes vakili bilan Markaziy Osiyoga tashrif buyurmoqda.

Ulashish:

Rasm sun'iy intellektda yaratilgan

Xitoy bosh vaziri Li Syan 17–18-oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda, 18–20-oktyabr kunlari esa Tojikistonda bo‘ladi.

Shu kunlarda, 17–22 oktyabda AQSH davlat kotibi Marko Rubio ham Samarqandda bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi C5+1 uchrashuvida qatnashadi.

 

Xitoyning iqtisodiy ishtiroki

Xitoy va Markaziy Osiyoning besh davlati – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2025-yilda 106,3 milliard dollarni tashkil etgan. Bu 2024-yilga nisbatan 12 foiz ko‘p bo‘lib, savdo hajmi tarixda ilk bor 100 milliard dollardan oshgan. Xitoyning mintaqaga eksporti 71,2 milliard dollardan, Markaziy Osiyodan importi esa 35,1 milliard dollardan iborat bo‘lgan.

Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi esa 2025-yil yakunida 17,8 milliard dollarga yetdi. Bu 2024-yilga nisbatan 34 foiz ko‘p. Tomonlarning yaqin istiqboldagi maqsadi – o‘zaro savdo hajmini 20 milliard dollarga yetkazish.

Shuningdek, Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lining mintaqa transport salohiyatini oshirish va Xitoyni Markaziy Osiyo orqali boshqa bozorlar bilan bog‘lashda ahamiyati katta.

 

C5+1: mintaqaviy muloqot

Marko Rubio bilan mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. AQSH Davlat departamenti delegatsiya tarkibida 200 dan ortiq biznes vakili bo‘lishini bildirdi.

Vashington va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi C5+1 formati – AQSH va mintaqaning besh davlati o‘rtasidagi muloqot maydoni hisoblanadi. Rubioning tashrifi doirasida C5+1 vazirlar uchrashuvi va davlatlar rasmiylari bilan ikki tomonlama muzokaralar, shuningdek, delegatsiya tarkibidagi 200 dan ortiq biznes vakili ishtirokida iqtisodiy va tijoriy hamkorlikka qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi.

16-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSHning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serdjio Gorni qabul qildi. Unda AQSh davlat kotibining tashrifi, C5+1 uchrashuvi hamda O‘zbekiston–AQSh biznes va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik muhokama qilingan.

 

Xitoy va AQSHning mintaqadagi mavqeyi

Rubio tashrifiga yirik biznes delegatsiyasining qo‘shilishi Vashingtonning tijorat va investitsiya aloqalarini kengaytirishga ham e’tibor qaratayotganini ko‘rsatadi.

Ammo Xitoy va AQSHning Markaziy Osiyodagi iqtisodiy imkoniyatlari bir xil emas. Pekin mintaqada savdo, energetika va transport infratuzilmasi orqali allaqachon mustahkam iqtisodiy aloqalarni shakllantirgan.

Vashingtonning siyosiy qiziqishi o‘z-o‘zidan iqtisodiy mavqeyini oshirib yubormaydi. Carnegie Endowment tahlilchisi Temur Umarovning ta'kidlashicha, AQSH bilan yaqinlashuvning amaliy natijalarini baholashda diplomatik bayonotlardan ko‘ra amalga oshirilgan loyihalar muhim.

“Sarmoya kiritish bo‘yicha ulkan salohiyat haqidagi barcha gap-so‘zlarga qaramay, Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyoda Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi investitsiyalari yoki Rossiyaning Qozog‘iston va O‘zbekistonda atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha so‘nggi rejalari bilan tenglasha oladigan birorta yirik loyihani hali-hanuz boshlagani yo‘q” – degan tahlilchi avvalroq e'lon qilingan maqolasida.

2025-yilda AQSh va Markaziy Osiyoning besh davlati o‘rtasidagi tovar savdosi hajmi taxminan 6,5 milliard dollarni tashkil etgan.

 

Markaziy Osiyo uchun imkoniyatlar eshigi

Rubioning tashrifi va biznes delegatsiyasi ishtiroki AQSHning mintaqaga qiziqishi kuchayayotganini ko‘rsatuvchi belgidir. Ammo bu qiziqish uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikka aylanishi uchun kompaniyalar turli loyihalarga sarmoya kiritishi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilishi lozim.

Gigant davlat vakillarining tashriflari Markaziy Osiyoning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi o‘rni yuqorilayotganini ko‘rsatadi. Mintaqa davlatlari uchun asosiy masala – tashqi hamkorlikni aniq iqtisodiy natijalarga aylantirib, imkon qadar ko‘proq kapital jalb qilishga erishishdir.

Mavzuga oid yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp

Donald Trampning Oʻzbekistonga tashrifi: strategik manfaatlar va diplomatik signallar ortidagi haqiqat

Donald Trampning Markaziy Osiyoga, xususan Oʻzbekistonga tashrif buyurishi ehtimoli hanuz dolzarb boʻlib qolmoqda. Rasmiy ravishda eʼlon qilinmagan boʻlsa-da, mavjud diplomatik vaziyat va strukturaviy omillar bunday tashrifning yuzaga kelishiga zamin yaratmoqda.

Siyosat

29.04.2025, 17:39

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?

Samarqanddagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 12 milliard dollarlik kelishuvlar tuzildi. Ammo bu kelishuvlarning qanchasi amalda bajarilishi hozircha noma’lum.

Iqtisodiyot

21.10.2026, 16:03

Sun’iy intellekt poygasi: Hindiston Deep Tech uchun $25 milliard yo‘naltirmoqchi

Hindiston AQSh va Xitoy peshqadamlik qilayotgan SI sohasida mustaqillikka erishmoqchi. Mamlakat xorijiy texnologiyalarga qaramlikni kamaytirib, mahalliy Deep Tech sanoatini rivojlantirishga urinmoqda.

Fan-texnologiya

29.09.2026, 16:13

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi

Si Szinpinning AQSHga rejalashtirilgan tashrifi oldidan Vashington va Pekin SI xavfsizligi va rivojlanishi bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti.

Jahon

15.09.2026, 11:42

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lida muhim tunnel qurib bitkazildi

500 kilometrdan ortiq yo‘l Xitoyni Markaziy Osiyo bilan bog‘laydi. Loyiha kelgusida Xitoydan Yevropaga Rossiyani chetlab o‘tuvchi muqobil quruqlik yo‘nalishi sifatida baholanmoqda.

Jahon

08.09.2026, 16:09

Xitoy Tinch okeaniga ballistik raketa uchirdi

Sinov tariqasida uchirilgan bu raketa Xitoy qirg‘oqlaridan turib AQSHga yetib bora oladi. 

Jahon

07.07.2026, 11:10

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi

Qozoğistonda benzin, dizel yoqilğisi va neft mahsulotlarining ayrim turlarini avtomobil transportida olib çiqişga qöyilgan taqiq yana olti oyga uzaytirildi. 

Iqtisodiyot

06.11.2026, 14:48

Серджио Гор портрети

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?

AQŞda oraliq saylovlardan keyin ma’muriyatda kadrlar özgarişi kutilmoqda.

Siyosat

06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?

2026-yilning 3-noyabrida demokrat Gari Piters qayta saylanişga öz nomzodini qöymaganidan söng böşab qolgan örin uçun kuraş keskin tus oldi. Saylov poygasida Demokratik partiya nomzodi Abdul Al-Sayed ğalaba qozondi.

Siyosat

05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi 23 yillik faoliyatiga yakun yasamoqda. Beş karra “Oltin töp” sohibi xayrlaşuv xatida rekordlar va sovrinlardan köra, xalq qalbidan joy oliş muhimroq ekanini ta’kidladi.

Sport

05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi

Donald Tramp jamoasining boş sotsiologi Toni Fabritsio respublikaçilar uçun oraliq saylovlar natijasi salbiy bölgan taqdirda Isroildan siyosiy boşpana söraşini aytdi.

Siyosat

05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident

Buxoro viloyatida 40 mingga yaqin kişi işsiz, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Oʻzbekiston

04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil

Britaniyalik Karl Buşbi dunyo böylab sayohatini qanday yakunladi?

Madaniy

04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?

Samarqandda ŞHT plyus xavfsizlik böyiça ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Oʻzbekiston

04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi

Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.

Jahon

03.11.2026, 17:09

Illyustrativ tasvir

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi

Yangi talab tafsilotlari bilan tanişing.

Iqtisodiyot

03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi

Isroil harbiylari bosib olingan Ğarbiy sohildagi Dura şahrida jurnalist Muntasir Nassorning uyiga reyd ötkazib, uni hibsga oldi. 

Jahon

03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi

Ayrim hududlarda suv narxi oşdi, kelasi yildan esa tariflarni belgilaş tartibi ham özgaradi.

Iqtisodiyot

31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi

Xitoylik 24 yoşli yigit töyiga mehmon topiş uçun noodatiy yöl tutdi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi murojaati qisqa vaqt içida kutilmagan natija berdi.

Jahon

31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

2026 yil 1 noyabrdan Özbekistonda gaz ta’minoti, bojxona rasmiylaştiruvi, mobil reklama, tadbirkorlar uçun kommunal tölovlar hamda pensiya tayinlaş tartibiga oid bir qator özgarişlar joriy etiladi.

Oʻzbekiston

31.10.2026, 09:36

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →