Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar

Futbol millionlab insonlarni birlaştiradigan, muxlislariga unutilmas lahzalar va hayajonli uçraşuvlarni taqdim etadigan sport turi. Biroq uning tarixida faqat gollar, sovrinlar va ğalabalar bilan emas, balki ayançli fojialar bilan ham yodda qolgan voqealar bor.

Diogo Jota xotirasiga bag‘ishlangan gullar va muxlislar qoldirgan yodgorliklar

Daily Sabah

2026 yil 3 noyabr kuni Ispaniyaning «Tenerife» klubi hujumçisi Xesus de Migelning 30 yoşida vafot etgani haqidagi xabar futbol olamini yana bir bor qayğuga soldi. U bir kun avval «Andorra»ga qarşi uçraşuv vaqtida raqib darvozaboni bilan töqnaşib ketgan va şifoxonaga olib ketilganiga qaramay, hayotini saqlab qolişning imkoni bölmagan.

Bu futbol tarixidagi yagona fojia emas. Ba’zi futbolçilar faoliyatining eng gullagan davrida, ayrimlari esa hali katta marralarni zabt etişga ulgurmagan paytida hayotdan köz yumdi. Ularning ayrimlari millionlab muxlislarning xotirasida qolgan bölsa, boşqalari endigina katta futbol sari qadam taşlayotgan edi.

1. Mark-Vivyen Foe — Konfederatsiyalar kubogidagi fojia

2003 yil 26 iyun kuni Kamerun terma jamoasi yarim himoyaçisi Mark-Vivyen Foe Frantsiyada ötkazilgan Konfederatsiyalar kubogi yarim finalida Kolumbiyaga qarşi maydonga tuşdi. Uçraşuvning 71-daqiqasida Foe heç kim bilan töqnaşmagan holda kutilmaganda maydonga yiqildi.

Tibbiyot xodimlari zudlik bilan futbolçining yoniga yetib kelişdi. Ular qariyb 45 daqiqa davomida uning hayotini saqlab qolişga urinişdi. Biroq barça urinişlarga qaramay, 28 yoşli futbolçini qutqarib qolişning imkoni bölmadi.
 

Keyinçalik ötkazilgan autopsiya Foe yuragida gipertrofik kardiomiopatiya — yurak muşagining patologik qalinlaşişi bilan keçadigan kasallik bölganini körsatdi. Mutaxassislar uning ölimi yurak bilan boğliq tabiiy sabablar oqibatida yuz berganini ma’lum qilişdi.

Foe öşa paytda Yevropa futbolida nom qozongan yarim himoyaçilardan biri edi. U Frantsiyaning «Lans» va «Lion», Angliyaning «Vest Hem» hamda «Manchester Siti» klublarida öynagan. Kamerun terma jamoasi safida 60 dan ortiq uçraşuvda qatnaşib, 2000 va 2002 yillarda Afrika Millatlar kubogida ğolib çiqqan.

2. Mikloş Feher — tabassum bilan tugagan sönggi lahzalar

Vengriyalik hujumçi Mikloş Feher 2004 yil 25 yanvar kuni Portugaliya çempionati doirasida «Benfika» safida «Vitoriya Gimaraes»ga qarşi uçraşuvda maydonga tuşdi.

Uçraşuvning sönggi daqiqalarida hakam Feherga sariq kartoçka körsatdi. Futbolçi bunga tabassum bilan munosabat bildirdi. Biroq oradan bir neça soniya ötib, u maydonga yiqildi.

Şifokorlar zudlik bilan yordam körsatişga kirişdi. Feher şifoxonaga olib ketildi, ammo uning hayotini saqlab qolişning imkoni bölmadi. U 24 yoşda edi. Futbolçining ölimiga yurak faoliyatining tösatdan töxtaşi sabab bölgan.

Feher Vengriya terma jamoasida ham töp surgan. Portugaliyada esa «Portu», «Salgueyrush», «Braga» va «Benfika» klublari şarafini himoya qilgan.

Uning vafotidan keyin «Benfika» 29-raqamli futbolkasini muomaladan çiqardi. Klub stadionida futbolçi xotirasiga bağişlangan byust ham örnatildi.
 

3. Antonio Puyerta — «Sevilya»ning yöqotilgan farzandi

2007 yil avgust oyida Ispaniya futboli oğir judolikka uçradi. «Sevilya» tarbiyalanuvçisi Antonio Puyerta 22 yoşida hayotdan köz yumdi.

2007 yil 25 avgust kuni «Sevilya» va «Xetafe» örtasidagi La Liga uçraşuvida Puyerta maydonda huşini yöqotib, yiqildi. Tibbiyot xodimlari yordamidan söng u öziga kelib, maydonni mustaqil ravişda tark etdi. Ammo kiyiniş xonasida yana huşidan ketdi. Futbolçining ahvoli oğirlaşib, u şifoxonaga yotqizildi. Şifokorlar bir neça kun davomida uning hayotini saqlab qolişga harakat qilişdi. Biroq 28 avgust kuni Puyerta vafot etdi.

Şifokorlar bergan ma’lumotlarga köra, unda yurak ritmining buzilişiga olib keluvçi irsiy kasallik — aritmogen öng qorinça displaziyasi mavjud bölgan. Yurak faoliyatidagi uşbu muammo uning maydonda huşidan ketişiga sabab bölgan.

Puyerta butun professional faoliyatini «Sevilya»da ötkazgan. U klub akademiyasidan yetişib çiqib, asosiy jamoaning muhim futbolçilaridan biriga aylangandi. 2006 yilda UYEFA kubogini qölga kiritgan jamoa tarkibida ham bor edi. Şu sababli u «Sevilya» muxlislari uçun oddiy futbolçi emas, klub tarixining bir qismi edi.
 

4. Dani Xarke — «Espanyol» sardorining sönggi safari

Ispaniyaning yana bir klubi — «Espanyol» 2009 yilda öz sardori Dani Xarke­ni yöqotdi.

26 yoşli himoyaçi 2009 yil 8 avgust kuni jamoaning Italiyaning Florentsiya şahri yaqinidagi Koverçano hududida ötkazayotgan mavsumoldi yiğini vaqtida vafot etdi.

Xarke jamoa joylaşgan mehmonxonadagi xonasida özini yomon his qildi. U bu haqda telefon orqali yaqinlariga xabar bergan. Şundan söng klub xodimlari va tibbiyot vakillari uning xonasiga yetib borişdi. Biroq futbolçining hayotini saqlab qolişning imkoni bölmadi. Uning ölimiga yurak faoliyatining tösatdan töxtaşi sabab bölgan.

Xarke butun faoliyatini «Espanyol»da ötkazgan, klub akademiyasidan asosiy jamoaga qadar yetib kelgan futbolçilardan biri edi. U 2009 yilning yozida jamoa sardori etib tayinlangan va yangi mavsumda jamoani boşqarişga tayyorlanayotgan edi.

Uning vafoti Ispaniya futbolida katta qayğu bilan qarşi olindi. 2010 yilgi jahon çempionati finalida Ispaniya terma jamoasi safida Andres Inyesta ğalaba golini urganidan söng futbolkasini yeçib, içidagi «Dani Jarque, siempre con nosotros» — «Dani Xarke, doimo biz bilan» degan yozuvni namoyiş qildi.

5. Pyermario Morozini — hayot sinovlariga qarşi kuraşgan futbolçi

Italiyalik yarim himoyaçi Pyermario Morozini 2012 yil 14 aprel kuni «Livorno» safida «Peskara»ga qarşi Italiya B seriyasi uçraşuvida maydonga tuşdi.

Uçraşuvning 31-daqiqasida Morozini tösatdan yiqildi. Futbolçi örnidan turişga urindi, biroq yana maydonga quladi. Şifokorlar unga yordam körsatiş uçun maydonga yugurib çiqişdi va zudlik bilan şifoxonaga olib ketişdi.

Ammo 25 yoşli futbolçining hayotini saqlab qolişning imkoni bölmadi. Keyinçalik uning ölimiga kam uçraydigan yurak kasalligi — aritmogen kardiomiopatiya sabab bölgani ma’lum qilindi.

Morozini hayotida ham köplab qiyinçiliklarni boşdan keçirgan edi. U yoşligida ota-onasidan ayrilgan. Keyinçalik nogiron bölib qolgan akasi va singlisidan ham judo bölgan. Şunga qaramay, futbol uning hayotidagi eng katta tayançlaridan biri bölib qolgan.

 

U «Udineze», «Bolonya», «Reggina», «Vichensa» kabi klublarda töp surgan va Italiya yoşlar terma jamoalarida ham öynagan.

6. Naoki Matsuda — maşğulot vaqtida yuz bergan fojia

Yaponiya futboli tarixida ham muxlislar xotirasidan öçmaydigan yöqotişlar bor. Şulardan biri terma jamoaning sobiq himoyaçisi Naoki Matsuda bilan boğliq.

Matsuda 2002 yilgi jahon çempionatida Yaponiya terma jamoasi safida iştirok etgan. U mamlakat futbolining taniqli himoyaçilaridan biri bölib, uzoq yillar «Yokohama F. Marinos» safida töp surgan.

2011 yilda u «Matsumoto Yamaga» klubiga ötdi. 2 avgust kuni ertalabki maşğulot vaqtida, yuguriş maşqlaridan söng futbolçi tösatdan yiqildi. U şifoxonaga olib ketildi va sun’iy nafas oldiriş uskunasiga ulandi.

Şifokorlar uning hayotini saqlab qoliş uçun kuraşganiga qaramay, 2011 yil 4 avgust kuni 34 yoşli Matsuda vafot etdi. Uning ölimiga yurak faoliyatining tösatdan töxtaşi sabab bölgani xabar qilindi.
 

Matsuda Yaponiya terma jamoasi safida 40 ta uçraşuvda maydonga tuşgan va 2002 yilgi mundialda jamoaning barça törtta öyinida iştirok etgan.

 

 

7. Şeyk Tiote — «Nyukasl» muxlislari xotirasida qolgan jangçi

Kot-d’Ivuarlik yarim himoyaçi Şeyk Tiote Angliya Premyer-ligasidagi faoliyati bilan köplab muxlislarning yodida qolgan.

U 2010 yilda «Nyukasl Yunayted» safiga qöşildi va tez orada jamoaning asosiy futbolçilaridan biriga aylandi. Tiote maydondagi kuraşuvçanligi, raqib hujumlarini töxtatiş qobiliyati va fidoyiligi bilan ajralib turardi.

Uning «Nyukasl» muxlislari xotirasida alohida örin egallaşiga 2011 yilda «Arsenal»ga qarşi uçraşuvdagi voqea ham sabab bölgan. «Nyukasl» uşbu uçraşuvda 0:4 hisobida mağlub bölayotgan edi. Biroq jamoa ketma-ket törtta gol urib, hisobni tenglaştirdi. Öyinning sönggi daqiqalarida Şeyk Tiote kiritgan gol hisobni 4:4 ga yetkazgandi.

U 2017 yil fevral oyida «Nyukasl Yunayted»dan Xitoyning «Pekin Enterprises» klubiga ötdi. Öşa yilning 5 iyun kuni maşğulot vaqtida 30 yoşli futbolçi tösatdan yiqildi. U şifoxonaga olib ketildi, ammo hayotini saqlab qolişning imkoni bölmadi.

Tiote Kot-d’Ivuar terma jamoasi safida 50 dan ortiq uçraşuvda qatnaşgan va 2015 yilda Afrika Millatlar kubogida ğolib çiqqan tarkib a’zosi edi.

8. Emiliano Sala — orzular sari parvozning fojiali yakuni

Argentinalik hujumçi Emiliano Sala futbolçilik faoliyatidagi eng muhim transferlardan birini amalga oşirganidan bir neça kun ötib hayotdan köz yumdi.

Sala Frantsiyaning «Nant» klubida muvaffaqiyatli mavsumlar ötkazib, 2019 yil yanvar oyida Angliyaning «Kardiff Siti» klubiga ötdi. Transfer qiymati taxminan 15 million funtni taşkil etgan edi. Bu «Kardiff» tarixidagi eng qimmat transferlardan biri böldi.

21 yanvar kuni Sala Frantsiyaning Nant şahridan Uelsning Kardiff şahriga kiçik samolyotda yölga çiqdi. Biroq samolyot La-Manş böğozi ustida radarlardan yöqoldi.

Bir neça kun davom etgan qidiruv işlari natijasida samolyot qoldiqlari dengiz tubidan topildi. 6 fevral kuni futbolçining jasadi ham aniqlanib, uning halok bölgani tasdiqlandi. Samolyot uçuvçisi Devid Ibbotsonning jasadi esa topilmadi.
 

Keyinçalik ötkazilgan tergov parvoz zarur ruxsat va sertifikatlarsiz, tijoriy parvoz uçun talab etiladigan qoidalarga rioya qilinmagan holda taşkil etilganini aniqladi. Sud-tibbiy tekşiruv esa Sala organizmida yuqori miqdorda uglerod oksidi bölganini körsatdi. Tergov xulosasiga köra, futbolçi halokat vaqtida uşbu gazdan zaharlaniş oqibatida huşsiz holatda bölgan bölişi mumkin.

9. Davide Astori — mehmonxona xonasida uzilgan hayot

Italiyalik himoyaçi Davide Astori 31 yoşida, «Fiorentina» sardori va Italiya terma jamoasi futbolçisi bölgan paytida hayotdan köz yumdi.

Astori 1987 yil 7 yanvarda Italiyaning San-Jovanni-Bianko şahrida tuğilgan. Futbolçilik faoliyatini «Milan» akademiyasida boşlagan bölsa-da, asosiy jamoada maydonga tuşiş imkoniyatiga ega bölmadi. Keyinçalik «Pizzigettone» va «Kremoneze» klublarida ijara asosida töp surdi. 2008 yilda «Kalyari» safiga qöşilişi uning faoliyatidagi muhim buriliş böldi.

Sardiniya klubi safida Astori olti mavsum davomida öynab, A Seriyaning işonçli markaziy himoyaçilaridan biriga aylandi. Uning öyini Italiya terma jamoasi murabbiylari e’tiborini tortdi. Astori 2011 yilda terma jamoadagi debyutini ötkazdi va jami 14 ta xalqaro uçraşuvda qatnaşdi. 2014 yilda «Roma»ga ijaraga berildi, bir mavsumdan söng esa «Fiorentina» bilan şartnoma imzoladi.

Florentsiyada u tez orada jamoaning asosiy tarkibidan joy oldi. 2017 yilda esa «Fiorentina» sardori etib tayinlandi. Astori himoyadagi işonçli harakatlari va jamoa yetakçilaridan biri sifatidagi örni bilan ajralib turardi.

2018 yil 4 mart kuni «Fiorentina» Italiya çempionatining navbatdagi turida «Udineze»ga qarşi maydonga tuşişi kerak edi. Uçraşuv oldidan jamoa Udine şahridagi mehmonxonaga joylaşgan edi. Futbolçilar öyinga tayyorgarlik körayotgan bir paytda Astori öz xonasida qolgan.

Ertalab jamoadoşlari va klub xodimlari uni uyğotişga urinişgan, biroq futbolçi javob bermagan. Köp ötmay, Astorining vafot etgani ma’lum böldi. U atigi 31 yoşda edi.

Futbolçining ölimi böyiça ötkazilgan sud-tibbiy tekşiruvlarda yurak ritmining xavfli buzilişi bilan boğliq holatlar qayd etildi. Dastlabki xulosalarda bradiaritmiya ehtimoli körsatilgan. Şu sababli uning ölim sababini bitta aniq taşxis bilan izohlaşdan köra, yurak faoliyatining tösatdan buzilişi bilan boğliq fojia sifatida bayon etiş töğriroq.

Fojia sabab «Fiorentina»ning «Udineze»ga qarşi uçraşuvi qoldirildi. Italiya futbol federatsiyasi öşa kuni A Seriya va quyi divizionlardagi boşqa öyinlarni ham bekor qildi. Keyinçalik Astorining dafn marosimi Florentsiyadagi Santa-Kroçe bazilikasida ötkazildi. Marosimga uning sobiq jamoadoşlari, murabbiylar, futbol rahbarlari va minglab muxlislar taşrif buyurdi.
 

Astorining vafotidan keyin «Fiorentina» uning xotirasiga 13-raqamli futbolkasini muomaladan çiqardi. «Kalyari» ham sobiq futbolçisining raqamini boşqa futbolçilarga bermaslikka qaror qildi.

10. Diogo Jota — baxtli kunlardan fojiagaça

2025 yil Diogo Jota uçun faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli yillardan biri böldi. «Liverpul» 2024/25 yilgi mavsumda Angliya Premyer-ligasi çempionligini qölga kiritdi. Jamoa 27 aprel kuni «Tottenhem»ni 5:1 hisobida mağlub etib, çempionlikni muddatidan oldin rasmiylaştirdi. Jota mavsum davomida jarohatlar sabab ayrim uçraşuvlarni ötkazib yuborgan bölsa-da, jamoaning çempionlik yölidagi muhim futbolçilaridan biri böldi.

Oradan bir neça hafta ötib, 8 iyun kuni Jota Portugaliya terma jamoasi bilan UEFA Millatlar ligasi finalida Ispaniyaga qarşi maydonga tuşdi. Myunxenda bölib ötgan uçraşuvning asosiy va qöşimça vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida Portugaliya 5:3 hisobida ğalaba qozonib, turnir çempioniga aylandi. Jota öyinning qöşimça vaqtida zaxiradan maydonga tuşdi. Bu uning terma jamoadagi sönggi uçraşuvi bölib qoldi.

22 iyun kuni esa futbolçi hayotidagi yana bir muhim voqea yuz berdi. Jota Portugaliyaning Portu şahrida uzoq yillik sevgilisi Rute Kardoso bilan turmuş qurdi. Ularning munosabatlari köp yillarga borib taqalardi. Er-xotinning uç nafar farzandi bor edi.

Ammo 2025 yil 3 iyul kuni bu quvonçli hayotga nuqta qöyildi. 28 yoşli Diogo Jota va uning ukasi, 25 yoşli professional futbolçi Andre Silva Ispaniyaning Samora provintsiyasida yuz bergan avtohalokat oqibatida halok böldi.

Hodisa A-52 avtomobil yölida, Sernadilla yaqinida sodir bölgan. Aka-ukalar Lamborghini rusumli avtomobilda harakatlanayotganida maşina yöldan çiqib ketgan va yonib ketgan. Ispaniya fuqarolik gvardiyasining dastlabki ma’lumotlariga köra, avtomobil şina yorilişi oqibatida boşqaruvni yöqotgan. Har ikki futbolçi hodisa joyida vafot etgan.

Jota professional faoliyatini Portugaliyaning «Pako de Ferreyra» klubida boşlagan. 2016 yilda Madridning «Atletiko» klubi bilan şartnoma imzolagan, biroq asosiy jamoada maydonga tuşmagan. Keyinçalik «Portu»da ijara asosida öynadi. Uning Angliyadagi faoliyati 2017 yilda «Vulverhempton»ga ötişi bilan boşlandi. Bu klub safida özini körsatgan hujumçi 2020 yilda «Liverpul»ga köçib ötdi.

Mersisaydliklar safida Jota jami 182 ta uçraşuvda qatnaşib, 65 ta gol urdi. U klub bilan Angliya Premyer-ligasi, Angliya kubogi va ikki marta Liga kubogini qölga kiritdi. Portugaliya terma jamoasi safida esa 49 ta öyin ötkazib, 14 ta gol muallifi böldi.

Jotaning ölimidan keyin «Liverpul» uning 20-raqamli futbolkasini erkaklar, ayollar va akademiya jamoalarida muomaladan çiqarişga qaror qildi. Klub şu tariqa futbolçi xotirasini abadiylaştirdi.  
 

2026 yil 2 noyabr kuni Ispaniya ikkinçi divizionida «Tenerife» va «Andorra» jamoalari örtasida uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvning asosiy vaqtiga qöşib berilgan daqiqalarda töp uçun kuraş vaqtida «Andorra» darvozaboni Xesus Ovono Xesus de Migel bilan töqnaşib ketdi. Töqnaşuv vaqtida darvozabonning tizzasi hujumçining kökrak qismiga tegdi.

De Migel maydonda huşini yöqotdi. Tibbiyot xodimlari unga zudlik bilan yordam körsatib, yurak faoliyatini tiklaşga urindi. Futbolçi tez yordam maşinasida şifoxonaga olib ketildi. Dastlab uning ahvoli oğir bölsa-da, barqaror ekani bildirilgan. Biroq keyinçalik holati yomonlaşdi.

3 noyabr kuni «Tenerife» klubi 30 yoşli hujumçining vafot etganini rasman e’lon qildi.

Xesus de Migel 2025 yilda «Kastelyon» klubidan «Tenerife»ga ötgandi. U avvalgi mavsumda jamoa safida 11 ta gol urib, klubning yuqori divizionga çiqişiga hissa qöşgan.

Ramazon Abduraşid
 

 


 

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Jamol Qoşiqçi qotilligi

Jamol Qoşiqçi qotilligi: Saudiya konsulligidagi sirli ölim

2018 yil, Istanbul. Saudiya Arabistoni konsulligiga taşrif buyurgan jurnalist bino­ga kirdi-yu, qaytib çiqmadi.Bu odam Jamol Qoşiqçi: Muhammad bin Salmon hukumatini oçiq tanqid qilgan jurnalist.Keyinçalik ma’lum bölişiça, u konsullikda öldirilgan. Bölaklab taşlangan jasadi esa hanuzgaça topilmadi.

Madaniy

27.11.2026, 17:03

Gʻazo

Amnesty International: Isroil Ğazodagi ayollarning farzand körişiga ham zarar yetkazdi

Hisobotda Isroilning harbiy amaliyotlari va Ğazo blokadasi homilador ayollar hamda yangi tuğilgan çaqaloqlar uçun tibbiy yordamni keskin çeklagani aytilgan. Taşkilot ma’lumotlariga köra, hududdagi şifoxonalarning 90 foizdan ortiği vayron bölgan.

Jahon

27.11.2026, 16:59

AQŞ demokratlari Tramp siyosatiga qarşi: Eron bilan uruşni töxtatmoqçi

Demokratik partiya vakillari Donald Tramp ma’muriyatining Eronga qarşi harbiy harakatlarini töxtatişga çaqirmoqda. Biroq partiyaning özi ham avvalgi prezidentlar davrida Tehronga nisbatan sanktsiyalar va iqtisodiy bosim siyosatini qöllab-quvvatlagan.

Jahon

27.11.2026, 16:06

Özbekistonda 12 yillik ta’limga ötiladimi?

Qonunçilik palatasi olti yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlovni majburiy umumiy örta ta’limning dastlabki bosqiçi sifatida belgilaşni nazarda tutuvçi hujjatni uç öqişda qabul qildi.

Ta'lim

27.11.2026, 14:03

Россияда хорижлик меҳнат муҳожирлари учун патент.

Moskvada xorijlik mehnat muhojirlari uçun patent narxi oşiriladi

Moskva şahar dumasi deputatlari şaharning soliq qonunçiligiga özgartirişlar kiritişni ma’qulladi. 

Jahon

27.11.2026, 11:10

Özbekistonning ekologik loyihasi 94 mamlakat orasida birinçi böldi

Maktab öquvçilari taşabbusi bilan boşlangan Sustainable Future Society loyihasi Yevropa ta’lim jamğarmasining Green Skills Award 2026 xalqaro tanlovida ğolib deb topildi.

Oʻzbekiston

26.11.2026, 18:09

Özbek tili korpusi SI kompaniyalariga taqdim etildi

Endi sun’iy intellekt özbek tilida ravonroq sözlaşa oladi

Özbekiston 20 milliard tokenli milliy til korpusini OpenAI, Anthropic, Meta va Alibaba kompaniyalariga bepul taqdim etdi.

Fan-texnologiya

26.11.2026, 16:20

Ёмғирли об-ҳаво

Özbekistonda 28 noyabrdan 5 dekabrgaça ob-havo qanday böladi?

Ayrim hududlarda harorat 5 daraja sovuqqaça pasayadi. 3–5 dekabr kunlari mamlakatning bir qator joylarida yomğir yoğişi mumkin.

Oʻzbekiston

26.11.2026, 15:37

Qöştepa kanali tayyor: Afğoniston suvni qaçon oladi?

Afğoniston tomoni Amudaryo suvini kanalga yaqin vaqtda yönaltirişini aytmoqda. Özbekiston Suv xöjaligi vaziri esa suv oliş 2030 yilgaça boşlanmasligini bildirgan.

Siyosat

26.11.2026, 14:58

Gulnora Karimova işi: Özbekistonga qaytarilayotgan 252,5 mln dollar nimalarga sarflanadi?

Özbekiston va Şveytsariya örtasida 252,5 million dollarlik aktivlarni qaytariş böyiça kelişuv tasdiqlandi. Mablağlar «Işonç – 2030» trast jamğarmasi orqali soğliqni saqlaş va ta’lim sohalariga yönaltiriladi.

Iqtisodiyot

26.11.2026, 12:10

Ёнилғи ташувчи мошина ёнди: 31 киши ҳалок бўлди

Misrda yonilği taşuvçi maşina yondi: 31 kişi halok böldi

Qohira yaqinida sodir bölgan yonğin oqibatida yana 21 kişi jarohatlandi. Hodisa joyida 27 ta avtomobil yongan.

Jahon

26.11.2026, 11:19

Таэквандочилар

Taekvondoçilarimiz Olimpiada oçkolari uçun kuraşadi

Musobaqa 28–29 noyabr kunlari Ostona şahrida ötkaziladi. Unda olti nafar özbekistonlik sportçi medallar va 2028 yilgi Olimpiada uçun reyting oçkolari uçun kuraşadi.

Oʻzbekiston

26.11.2026, 09:57

Özbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz bora oladi?

Özbekiston fuqarolari 31 ta davlatga vizasiz borişi mumkin. Yana bir qator mamlakatlarda çegarada viza oliş yoki elektron viza rasmiylaştiriş imkoniyati mavjud.

Siyosat

26.11.2026, 08:40

Semipalatinsk poligoni

Semipalatinsk: SSSR 40 yil davomida ötkazgan yadro sinovlari

AQŞ bilan yadroviy kuç borasida bellaşgan SSSR Qozoğiston daştlarida yuzlab portlaşlar amalga oşirdi. Semipalatinsk poligonida ötkazilgan 456 ta sinov milliondan ortiq insonni radiatsiya ta’siriga duçor qilgan.

Fan-texnologiya

25.11.2026, 17:17

Toşkentda adolatli sudlov masalalari muhokama qilindi

Adolatli sudlov huquqi amalda qanday ta’minlanmoqda?

Toşkentda odil sudlovdan foydalaniş huquqiga bağişlangan xalqaro konferentsiya ötkazilmoqda.

Oʻzbekiston

25.11.2026, 16:56

Özbekistonda Koksaki virusi bilan boğliq vaziyat qanday?

Sanepidqömita mamlakatda enterovirusli infektsiyalar, jumladan Koksaki virusi bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqaror va nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.

Oʻzbekiston

25.11.2026, 16:32

Tyson Fury

Taysonda şizofreniya aniqlandi

Boksçi bu haqda hayoti va sportdagi faoliyati haqida hikoya qiluvçi Netflix hujjatli filmida sözlab berdi.

Sport

25.11.2026, 11:52

Гўшт

Özbekistonda göşt importi: eng köp göşt qaysi davlatdan keladi?

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida mamlakat 12 ta davlatdan 132 ming tonna mol göşti import qildi. Xaridlar uçun 597,7 million dollar sarflangan.

Oʻzbekiston

25.11.2026, 10:41

Imtihondagi firibgarlik uçun $371 ming mukofot

Imtihonda firibgarlik qilganlar 10 yilgaça test topşiriş huquqidan mahrum etiladi

Janubiy Koreyada universitetga kiriş imtihonlarida nazorat kuçaytiriladi. Firibgarlik holatlari haqida xabar berganlik uçun qariyb 371 000 AQŞ dollarigaça mukofot puli taklif qilmoqda.

Ta'lim

25.11.2026, 10:19

Синдоров ва Гукеш ўйини

Sindarov jahon çempioni bilan durang öynadi

Keçagi bahsda Javohir Sindorov $168 000 yutdi.

Sport

25.11.2026, 09:40

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →