Parij-2024: Bitta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medali egallandi
Kecha, 2 sentabr kuni Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan bir guruh para yengil atletikachilar oʻz bahslarini oʻtkazdi.
Sport
03.09.2024, 11:03
Ulashish:

Parij-2024: Bitta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medali egallandi
Ortda qolgan kunda Paralimpiya oʻyinlarida yengil atletika boʻyicha oʻzbekistonlik sportchilar ishtirokini boshlab bergan, erkaklar oʻrtasidagi (T12 klassi) uzunlikka sakrash bahslarida qatnashgan sportchi Doniyor Saliyev 7,16 metr natija bilan kumush medalga sazovor boʻldi. Rio-2016 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Saliyev bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.
Yana bir para yengil atletikachi Nurxon Qurbonova Paralimpiya oʻyinlaridagi uchinchi medaliga sazovor boʻldi. Yadro uloqtirish dasturida (F54 klassi) ishtirok etgan sportchi 7,75 metr natija qayd etib, bronza medaliga ega chiqdi.
Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan yana bir para yengil atletikachi Boburjon Omonov navbatdagi oltin medalni qoʻlga kiritdi. Yadro uloqtirish (F41 klassi) bellashuvlarida ishtirok etgan Omomov 14,32 metr natija qayd etib, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida oʻzi oʻrnatgan rekordni yangilashga erishdi.
Bundan tashqari, uzunlikka sakrash boʻyicha Paralimpiya rekordini oʻrnatgan Asila Mirzayorova bu gal 100 metr masofaga yugurish sport turining saralash bahslarida (T11 klassi) qatnashdi. Asila Mirzayorova saralash bosqichida 13,08 soniya natija qayd etdi. Ushbu koʻrsatgich sportchining finalga chiqishi uchun yetarli boʻlmadi. Ammo bir necha kun oldin Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bahslarida 5,24 metr natija qayd etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.
Para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida uzunlikka sakrash bahslari (T36 klassi) ham oʻz yakuniga yetdi. Ushbu yoʻnalishda qatnashgan Izzat Turgʻunov 5,58 metr natija qayd etib, sakkizinchi oʻrin bilan ishtirokini yakunladi.
Erkaklar oʻrtasida 50 metr masofaga erkin usulda suzish boʻyicha final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston terma jamoasining ikki nafar aʼzosi — Islam Aslanov hamda Muzaffar Tursunxoʻjayev marraga beshinchi va oltinchi oʻrinda yetib keldi.
Shu tariqa kechagi kun bahslari oʻz yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari terma jamoa hisobiga 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻshib qoʻydi. Hozirda Paralimpiya medallar reytingida Oʻzbekiston 6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza, jami 14 ta medal bilan 9-oʻrinni egallab turibdi.
Sport
03.09.2024, 11:03
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
