Taysonda şizofreniya aniqlangani ma’lum böldi
Boksçi bu haqda hayoti va sportdagi faoliyati haqida hikoya qiluvçi Netflix hujjatli filmida sözlab berdi.
Sport
25.11.2026, 11:52
Ulashish:

People.com
Sobiq oğir vazn toifasidagi jahon çempioni Tayson Fyuri şizofreniya taşxisi qöyilganini ma’lum qildi. U bu haqda 27 noyabr kuni Netflix platformasida namoyiş etilişi rejalaştirilgan hujjatli filmda gapirgan.
CNN xabar berişiça, Fyurining ruhiy salomatligi bilan boğliq muammolari avval ham ma’lum bölgan. Biroq boksçi şizofreniya taşxisi haqida ilk bor ommaga oçiq gapirmoqda.
Fyurining sözlariga köra, 2015 yilda Vladimir Kliçkoni mağlub etib, oğir vaznda jahon çempioni bölganidan keyin uning hayotida oğir davr boşlangan. U kuçli xavotir, tuşkunlik va ruhiy bosimni boşdan keçirgan.
«Bu qoronğulikni söz bilan ifodalab bölmaydi. Özimni dözaxning eng tubidagidek his qilardim. Ba’zan ruhiy şifoxonaga yotqizilib, eşigi qulflangan xonada qolişimga işonardim. Bu meni juda qörqitardi», — deydi Fyuri filmda.
Boksçining aytişiça, u Londonda psixiatr körigidan ötgan. Mutaxassis unda tuşkunlik, xavotir va bipolyar buziliş alomatlarini aniqlagan. Fyurining rafiqasi Paris esa şifokorlar unga yengil darajadagi şizofreniya taşxisi ham qöyganini aytgan.
Fyuri ruhiy inqiroz davrida spirtli içimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qiliş bilan boğliq muammolarga ham duç kelganini tan oldi. U 2017 yilda hayotini özgartirişga qaror qilganini ta’kidladi.
Boksçi 2015 yilda Vladimir Kliçkoni mağlub etib, jahon çempioni bölgan. Keyinçalik u sportdan uzoqlaşdi, ammo ringga qaytib, 2022 yilda yana jahon çempioni unvonini qölga kiritdi. 2024 yilda ukrainalik Aleksandr Usikka ikki marta mağlub bölganidan keyin faoliyatini yakunlaşini e’lon qildi. Biroq 2026 yilda yana ringga qaytib, ikkita ğalabaga erişdi.
Fyuri 11 dekabr kuni Uelsning Kardiff şahrida britaniyalik Entoni Joşuaga qarşi jang qilişi kutilmoqda. Uçraşuv Netflix platformasida namoyiş etiladi.
Boksçining ruhiy salomatligi haqidagi hikoyasi uning hayoti va sportdagi faoliyatini yorituvçi hujjatli filmning asosiy mavzularidan biri hisoblanadi.
Sport
25.11.2026, 11:52
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Özbekistonlik boksçi Sayat Ilyosov Qozoğiston fuqaroligini oldi
Sport
23.11.2026, 10:38

“World Boxing” reytingi: 6 ta vaznda oʻzbek bokschisi tengsiz
Sport
28.10.2025, 19:21

Isroil Madrimov yana chempionlik janglarida qatnashadimi?
Sport
26.09.2025, 14:26

Inoue — Ahmadaliyev jangidagi zarbalar statistikasi eʼlon qilindi
Sport
17.09.2025, 14:21

Jahon chempionatida chorak finalida besh nafar oʻzbek bokschi qozoq bokschilari bilan toʻqnash keladi
Sport
10.09.2025, 15:47

Hasanboy Doʻsmatov professional boksda navbatdagi jangini oʻtkazdi
Sport
21.07.2025, 16:20
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58
So'nggi yangiliklar

Özbekistonda göşt importi: eng köp göşt qaysi davlatdan keladi?
Oʻzbekiston
25.11.2026, 10:41

Imtihonda firibgarlik qilganlar 10 yilgaça test topşiriş huquqidan mahrum etiladi
Ta'lim
25.11.2026, 10:19

Sindarov jahon çempioni bilan durang öynadi
Sport
25.11.2026, 09:40

Özbekiston Prezidenti Iordaniyada
Siyosat
24.11.2026, 16:32

Malayziya roxinja qoçqinlarini Myanmaga qaytaradimi?
Jahon
24.11.2026, 15:58

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan çiqmoqda
Siyosat
24.11.2026, 15:41

Jensen Xuang Nvidia rahbari lavozimiga qaytdi: aksiyalar 31 foizdan oşdi
Jahon
24.11.2026, 12:53

Ipoteka subsidiyasiga ariza qabul qilish 25-noyabrda boşlanadi
Oʻzbekiston
24.11.2026, 10:42

Loy taxtaçalardan zamonaviy BNPL tizimigaça: nasiyaning 4 ming yillik tarixi
Fan-texnologiya
24.11.2026, 09:35

Yangi alifbo amaldagi banknot va tangalarni almaştirişni talab qilmaydi
Iqtisodiyot
23.11.2026, 16:08

«Ğiştköprik» çegara-bojxona posti 25 noyabr kuni oçiladi
Oʻzbekiston
23.11.2026, 15:04

Özbekistonlik boksçi Sayat Ilyosov Qozoğiston fuqaroligini oldi
Sport
23.11.2026, 10:38

Javohir Sindarov jahon çempionligi bahsining ilk partiyasini oq donalarda boşlaydi
Sport
23.11.2026, 09:35

San Siro: bir asrlik tarix va Milan futbolining yangi uyi
Sport
20.11.2026, 16:11

Toşkent metrosida tirbandlikni kamaytiriş uçun nima özgaradi?
Oʻzbekiston
20.11.2026, 14:41

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi
Iqtisodiyot
20.11.2026, 10:51

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi
Oʻzbekiston
20.11.2026, 10:18

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 16:55

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 14:53
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58
