SSV: Soxta tabiblarga aldanib qolmang!

Sogʻliqni saqlash vazirligi soxta tabiblarga aldanib qolmaslikka chaqirdi.

Ulashish:

Murojaat matni:

"Soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan xalq tabobatini rivojlantirish, sohani zamonaviy sogʻliqni saqlash tizimiga izchil integratsiyalash, bu yoʻnalishda mutaxassislar malakasini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Natijada bugun mamlakatimizda 150 ta tadbirkorlik subʼekti tegishli litsenziya asosida xalq tabobati yoʻnalishida samarali faoliyat yuritib kelyapti.

Biroq yaratib berilgan ushbu imkoniyatlarga qaramay, keyingi paytlarda tegishli huquqqa ega boʻlmasdan, ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda kasalliklarga tashxis qoʻyish, ularni davolash bilan shugʻullanayotgan hamda bu orqali insonlar sogʻligi va hayotiga jiddiy xavf tugʻdirayotgan soxta tabiblar soni koʻpayib boryapti.

Eng yomoni, xastaliklardan tez, oson, asoratsiz, muhimi, tabiiy usul bilan va uy sharoitida xalos boʻlishni istagan yurtdoshlarimiz “gʻayritabiiy qobiliyatlarga ega”ligini iddao qilayotgan, turli yoʻllar orqali odamlar ishonchiga kirib, hech qanday tasdiqlanmagan hamda tegishli sinovlardan oʻtmagan “xizmat”larni taklif etayotgan bunday kimsalarga aldanib qolmoqda.

Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar bu kabi shubhali xizmatlarni keng targʻib qiluvchi platformaga aylanib borayotgani, ularning asosiy auditoriyasi ham, mijozlari ham ogʻir hayotiy ahvolga tushib qolgan fuqarolarimiz boʻlayotgani afsuslanarlidir.

Shu sababli Sogʻliqni saqlash vazirligi ogohlantiradi!

Ijtimoiy tarmoqlarda soxta tabiblik bilan shugʻullanib, oʻzini reklama qilayotgan holatlar va qoʻllanilayotgan muolaja usullari dalillarga asoslangan tibbiyotning davolash uslublariga kirmaydi.

Bunday soxta usullar belgilangan diagnostika va davolash milliy klinik protokollari hamda standartlariga mutlaqo muvofiq emas. 

Qolaversa, yuqoridagi muolajalar bilan shugʻullanayotgan shaxslarga Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan faoliyat yuritishlari uchun hech qanday litsenziya berilmagan.

Shunday ekan, ijtimoiy tarmoqlardagi soxta tabiblardan ogoh boʻling!

Oʻzingiz, oila aʼzolaringiz va yaqinlaringiz salomatligini xavf ostiga qoʻymang!

Maʼlumot uchun: 2024 yilda litsenziyasiz tibbiy faoliyat yuritganligi uchun 38 ta yuridik shaxsning har biri bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida, 2025 yilning 1 iyul holatiga esa 24 ta yuridik shaxs moliyaviy jarimaga tortilgan.

Bugungi kunda yurtimizda soxta tabiblik faoliyatiga chek qoʻyish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi tomonidan muntazam ravishda oʻquv-seminarlar hamda profilaktik tadbirlar oʻtkazib borilmoqda".

Oʻzbekiston

08.08.2025, 12:35

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26