Surxondaryoda shifokor va bemorni kaltaklagan “Alfa” jinoiy guruhi aʼzolari qoʻlga olindi

Surxondaryo viloyatida shifoxonada shifokor va bemorni kaltaklash bilan bogʻliq hodisa yuzasidan “Alfa” deb atalgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi.

Ulashish:

Maʼlum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi olti nafar shaxsdan iborat jinoiy guruhning noqonuniy faoliyati toʻxtatilgan.

IIV maʼlumotlariga koʻra, ushlanganlar oʻzlarini “Alfa” deb atab, Telegram ijtimoiy tarmogʻida shu nomda guruh tashkil etgan. Guruh aʼzolari turli sport turlari bilan shugʻullanib, koʻcha janjallarida ishtirok etib kelgan.

Jinoiy guruh rahbari 28 yoshli Xolmurodov Sunnatullox Muzaffarovich ekani aniqlangan. Guruh aʼzolari quyidagilar:

  • Karimov Elbek Murodulla oʻgʻli, 1998 yilda tugʻilgan
  • Ibodov Asliddin Karim oʻgʻli, 1998 y.t.
  • Davlatov Azamat Alisher oʻgʻli, 1998 y.t.
  • Joʻrayev Javohir Buron oʻgʻli, 1998 y.t.
  • Jumayev Bahriddin Normatovich, 1989 y.t.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, 6 yanvar kuni soat taxminan 20:50 da mazkur shaxslar Denov tumani tez tibbiy yordam boʻlimiga Skoda va Kia avtomobillari ishtirokida sodir boʻlgan YTHdan soʻng yetib kelgan. Ularning maqsadi Skoda haydovchisi boʻlgan tanishini koʻrish hamda Kia avtomobili haydovchisiga nisbatan jismoniy bosim oʻtkazish boʻlgan.

Shifoxonada ular asossiz ravishda janjal chiqarib, maʼmuriyatning tartibga rioya qilish haqidagi talablariga boʻysunmagan. Natijada shifokor va jabrlangan fuqaroga tan jarohatlari yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (hokimiyat yoki jamoatchilik vakiliga qarshilik koʻrsatish bilan bogʻliq bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchilar qoʻlga olingan va ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

IIV fuqarolarni ushbu jinoiy guruh harakatlaridan jabr koʻrgan boʻlsa, ichki ishlar organlariga murojaat qilish yoki 102 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilishga chaqirdi.

Mavzuga oid yangiliklar

Surxondaryoga yoz qaytmoqda: Oʻzbekistonda haftalik ob-havo

Surxondaryoga yoz qaytmoqda: Oʻzbekistonda haftalik ob-havo

Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, bu hafta dushanbadan shanba kunga qadar havo juda issiq va quruq boʻladi. Surxondaryo viloyatida dushanba va seshanba kunlari havo harorati +34 darajagacha koʻtarilishi mumkin.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 11:30

Surxondaryoda 15 yoshli qizga uylangan erkak va nikoh oʻqigan shaxsga jinoyat ishi ochildi

Denov tumanida voyaga yetmagan qizga uylangan yigit hamda ularga nikoh marosimini oʻtkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. 

Oʻzbekiston

25.09.2025, 16:10

Surxondaryodagi suv omborida yirik zamonaviy ekoturizm majmuasi quriladi

“Janubiy Surxon suv ombori” hududida ekoturizm majmuasini bunyod etish uchun 15,7 gektar maydon ajratilgan. Loyiha qiymati 140 milliard soʻm.

Iqtisodiyot

25.08.2025, 19:03

Surxondaryoda mansabdor xodimga, Fargʻonada esa masʼul xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Surxondaryoda energetika sohasining mansabdor xodimiga, Fargʻonada esa Xalq qabulxonasining masʼul xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Oʻzbekiston

21.08.2025, 11:03

Surxondaryoda 81 marta qoida buzgan “uchar” haydovchi ushlandi

Bular orasida tezlikni oshirish, taqiqlangan qizil chiroqlarida harakatlanish va boshqa qaltis qoidabuzarliklar bor.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 12:09

Surxondaryoda Nexia maktab oldidagi piyodalar yoʻlagida 8 yoshli qizaloqni urib oʻldirdi

Haydovchi yaqin atrofda maktab borligi haqidagi belgiga qaramay, tezlikni pasaytirmagan.

Oʻzbekiston

31.07.2025, 15:50

So‘nggi yangiliklar

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov

Hurmuz boʻgʻozida yuzaga kelgan keskin vaziyat global savdo va energetika bozorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda Fors koʻrfazi hududida 250 ga yaqin kema toʻxtab qolgani dunyo taʼminot zanjirlari va neft narxlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Iqtisodiyot

09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarosining TikTok tarmogʻiga joylagan videosi hamda uning politsiya tomonidan ushlangani haqida turli xabarlar tarqaldi. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg

Gʻarbiy Osiyodagi beqarorlik kuchayib, Eronning AQSh va Isroil zarbalariga javob qaytarishi logistika muammolarini keltirib chiqardi.

Iqtisodiyot

08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin

Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumaniga Andijondan kelin boʻlib tushgan Nasibaxon Ibrohimova kelinlik sepiga odatdagidek turli maishiy buyumlar emas, balki 800 ta ilmiy va badiiy kitob qoʻshib olib keldi.

Madaniy

08.03.2026, 07:37

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.

Vengriya zaderjala sem ukrainsev i dva bronirovannыx avtomobilya s millionami yevro i 9 kg zolota, otkrыv rassledovaniye po otmыvaniyu deneg. Kiyev obvinyayet Orbana v politicheski motivirovannoy provokatsii, Zelenskiy prigrozil premeru, vыzыvaya shok i napryajeniye v Vengrii. 

Iqtisodiyot

07.03.2026, 14:42

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.

1–5 martda Yaqin Sharqdan Oʻzbekistonga 9 361 nafar, Qozogʻistondan esa 4 700dan ortiq fuqaro evakuatsiya qilindi. Evakuatsiya aviareyslar va nazorat yoʻllari orqali tizimli va bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilmoqda. 

Siyosat

07.03.2026, 14:19

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi

AQSh va Isroilning Eronga hujumlaridan soʻng Hurmuz boʻgʻozi va boshqa mintaqalarda elektron signallarni buzish holatlari aniqlandi. 

Jahon

07.03.2026, 14:12

Emirates Airlines

Dubay parvozlari tiklanmoqda: Emirates yaqin kunlarda toʻliq faoliyatga qaytishni rejalashtirmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli toʻxtab qolgan parvozlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Emirates aviakompaniyasi yaqin kunlarda reyslarni toʻliq hajmda qayta yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Aviatsiya xabidagi uzilishlar Dubay iqtisodiyotiga katta moliyaviy yoʻqotishlar keltirgan. 

Jahon

07.03.2026, 13:27

Irina Matviyenko “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nemolchi.uz ijtimoiy loyihasi rahbari Irina Matviyenkoni mamlakatda ijtimoiy himoyani mustahkamlashga qoʻshgan hissasi va faol jamoatchilik ishlari uchun “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirladi.

Oʻzbekiston

07.03.2026, 13:14

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi

Oʻzbekiston Markaziy banki talabi bilan toʻlov tashkilotlari va banklarning mobil ilovalarida kartadan-kartaga (P2P) pul oʻtkazishda “oʻtkazma maqsadini koʻrsatish” tartibi majburiy ravishda joriy etildi.

Iqtisodiyot

07.03.2026, 13:08

Oʻzbekistonga sovuq antitsiklon kirib kelmoqda

7 martdan boshlab Oʻzbekiston hududiga sovuq antitsiklon kirib kela boshlaydi. Shu sababli ayrim hududlarda atmosfera havosi sifati yomonlashishi mumkin.

Oʻzbekiston

07.03.2026, 12:53