Surxondaryoda mansabdor xodimga, Fargʻonada esa masʼul xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Surxondaryoda energetika sohasining mansabdor xodimiga, Fargʻonada esa Xalq qabulxonasining masʼul xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Ulashish:

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filialining Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman boʻlimi boshligʻi tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi bosh mutaxassisi bilan oʻzaro til biriktirib, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjalikning elektr energiyasidan qarzdorligi boʻlsada, uni umumiy foydalanishda boʻlgan elektr tarmogʻiga qayta ulab berish va oʻzida saqlab kelayotgan fermer xoʻjalikka tegishli elektron hisoblagichni qaytarib berish evaziga 5 mln. soʻm talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ular soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Fargʻona viloyatida kuzatilgan holatda esa Oʻzbekiston tumani Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi 1965 y.t. fuqaroning kredit qarzdorligi boʻyicha tuman Majburiy ijro boʻlimida unga nisbatan yuritilgan ijro hujjatini tanishlari orqali yoʻq qilib berish evaziga 5 million soʻm olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid yangiliklar

Fargʻonada fuqarolar murojaati ijobiy hal etildi

Maktabga borishda Toshkent–Fargʻona magistral yoʻlida piyodalar uchun yoʻlak yoʻqligi va bolalar uchun xavfsiz yoʻl talabi koʻtarildi.

Oʻzbekiston

18.02.2026, 10:29

Surxondaryoda shifokor va bemorni kaltaklagan “Alfa” jinoiy guruhi aʼzolari qoʻlga olindi

Surxondaryo viloyatida shifoxonada shifokor va bemorni kaltaklash bilan bogʻliq hodisa yuzasidan “Alfa” deb atalgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi.

Oʻzbekiston

26.01.2026, 13:51

«Sudda jabrlanuvchi emas, aybdorga oʻxshayman» — IIB xodimi kaltaklagan maktab direktori Saida Mirziyoyevaga videomurojaat yoʻlladi

Fargʻona viloyati Furqat tumanida ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan tahqirlangan va kaltaklangan maktab direktori Guliraʼno Qosimova 7 noyabr kuni boʻlib oʻtgan sud majlisida zaldan chiqarib yuborildi. U sud jarayonining xolis va adolatli oʻtmayotganidan norozi ekanini bildirib, prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevadan yordam soʻradi.

Oʻzbekiston

11.11.2025, 10:24

Toshkentda xususiy universitet xodimi qoʻlga olindi

Toshkent va Nukusda oʻqishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi. 

Oʻzbekiston

17.10.2025, 16:21

Buxoro sud tizimidagi xodim pora olayotgan vaqtida ushlandi

Buxoro sud tizimidagi xodim pora olayotgan vaqtida ushlandi

Gʻijduvon tuman sudining arxiv mudiri jinoyat ishida sudlanuvchiga yordam berishni vaʼda qilib, suddagi tanishlari orqali engillik yaratish hamda hukmni oʻzgartirmaslik evaziga 700 dollar pora talab qilgan. U muqaddam 100 dollar oladi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 11:34

Fargʻonada tinchlik forumining ilk yigʻilishi boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 15–16 oktabr kunlari Fargʻona shahrida “Fargʻona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yoʻlida birdamlik” mavzusida Fargʻona tinchlik forumining birinchi yigʻilishi oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston

14.10.2025, 09:02

So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26