Surxondaryoga yoz qaytmoqda: Oʻzbekistonda haftalik ob-havo
Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, bu hafta dushanbadan shanba kunga qadar havo juda issiq va quruq boʻladi. Surxondaryo viloyatida dushanba va seshanba kunlari havo harorati +34 darajagacha koʻtarilishi mumkin.
Oʻzbekiston
13.10.2025, 11:30
Ulashish:

Maʼlum boʻlishicha, hafta davomida Oʻzbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduzi +30.. +32 darajagacha koʻtariladi. Juma kuniga kelib, shimolga gʻarbdan yuqori bosimli boshqa sinoptik jarayonning kirib kelishi natijasida, dam olish kunlarining havo harorati hafta boshiga nisbatan biroz pasayadi. Oktabr oyi noodatiy hisoblangan bunday issiqlik muhitida umuman yogʻingarchilik kutilmaydi.
«Oʻzgidromet»prognoziga koʻra, dushanba kuni Oʻzbekiston boʻylab yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzi togʻlarda +23 daraja, shimoliy hududlar, Fargʻona vodiysi, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent vilotlarida +28 daraja, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +30 daraja, janubiy viloyatlarda +32 darajagacha issiq harorat, tunda mamlakatning katta qismida +10…+15 daraja, togʻlar va shimoliy hududlarda +5…+10 daraja iliq harorat kutiladi.

Manba: Meteoinfo.ru
Shimoliy va choʻl hududlarida soniyasiga 18 metrgacha kuchayuvchi kuchli shamollar chang boʻronlarini keltirib chiqarishi mumkin.
«Oʻzgidromet» sinoptiklari seshanba-juma kunlari uchun ishlab chiqqan prognozida mazkur kunlari yogʻingarchilik boʻlmasligini, seshanba xuddi dushanba kabi issiq oʻtishi, chorshanba-juma kunlari harorat hafta boshiga nisbatan biroz pasayishi maʼlum qilgan.
Ayrim xorijiy ob-havo prognoz markazlari seshanba kuni Surxondaryo viloyati katta qismida havo harorati +35 darajagacha koʻtarilishi mumkinligini keltirgan. Quyidagi xaritada 14 oktabr kuni soat 14:00 da Surxondaryoda havo harorati +34 darajagacha koʻtarilishi mumkin boʻlgan hududlarni och binafsharang rangda koʻrish mumkin.
Seshanba kuni choʻllarda va shimoliy hududlarda xuddi dushanbadagi kabi chang boʻronlari boʻlishi mumkin. Chorshanba-juma kunlari esa Oʻzbekiston boʻylab havo harorati hafta boshiga nisbatan 1−3 darajagacha pasayishi maʼlum boʻlgan. Juma kuni esa, shimoliy hududlarni hisobga olmasa, boshqa joylarda haroratning sezilarli pasayishi roʻy bermaydi.
Shanba va yakshanba kunlari Oʻzbekistonning shimoliy mintaqalaridan boshqa barcha hududlarida havo harorati deyarli ish kunlaridagi kabi saqlanadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Umuman, dam olish kunlaridagi ob-havo oʻzgarishlari haqida «Oʻzgidromet»ning yaqin kunlarda yangilanadigan ob-havo prognozi axborotidan aniqroq maʼlumot olish mumkin.
«Oʻzgidromet»ning boshqa bir axboroti hamda Yevropa oʻrta va uzoq muddatli ob-havo prognoz markazi (ECMWF)ning prognozlariga koʻra, hafta (13 oktabr — 19 oktabr kunlari) davomida Oʻzbekistonda juda issiq harorat kutiladi. Xususan, mamlakatning yarmidan koʻpida bu hafta shu davrga xos oʻtmish oktabrlaridagi meʼyoriy harorat muhitidan 3−6 daraja yuqori boʻladi.
Yogʻingarchilik kesimida esa hafta yana quruq oʻtishi taʼkidlanyapti, xususan, togʻlarda bu vaziyat yana ham yomonroq kechadi.
Shunday qilib, hafta quruq va issiq oʻtishi oydinlashmoqda. Bu kabi vaziyat qishloq xoʻjalik tarmoqlari uchun ayni ijobiy holatni taqdim etib, bogʻbon-u dehqonlar dala va bogʻlardagi kuzgi hosilni nobud qilmay yigʻib-terib olishlarini kafolatlasa-da, ammo kunduzgi vaqtlardagi oktabr oʻrtalariga xos boʻlmagan issiq harorat ob-havo oʻzgarishlariga moil kishilar salomatligiga sezilarli taʼsir etadi.
Oʻzbekiston
13.10.2025, 11:30
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin
Jahon
24.02.2026, 10:39

Oʻzbekistonning davlat qarzi 46,85 mlrd dollarni tashkil etdi
Iqtisodiyot
23.02.2026, 08:10

«Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston – Tojikiston» yoʻnalishi boʻylab ilk yuk poyezdi yoʻlga chiqdi
Iqtisodiyot
20.02.2026, 10:10

“Oʻzbekiston Gʻazoda maktab va shifoxonalar qurishga tayyor” — Mirziyoyev
Oʻzbekiston
20.02.2026, 08:09

Oʻzbekiston – AQSh: ikki tomonlama bitimlar toʻplami imzolandi
Siyosat
19.02.2026, 13:57
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi
Oʻzbekiston
08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg
Iqtisodiyot
08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin
Madaniy
08.03.2026, 07:37

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.
Iqtisodiyot
07.03.2026, 14:42

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi
Jahon
07.03.2026, 14:12

Dubay parvozlari tiklanmoqda: Emirates yaqin kunlarda toʻliq faoliyatga qaytishni rejalashtirmoqda
Jahon
07.03.2026, 13:27

Irina Matviyenko “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston
07.03.2026, 13:14

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
