Tabibning oʻzi bemor ekan: Xonobod shahar sudi raisi jinoyat sodir etdi

Andijon viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Xonobod shahar sudi raisi Yu.E. jinoyat sodir etgani uchun javobgarlikka tortilib, uning sudyalik vakolati toʻxtatildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Tabibning oʻzi bemor ekan: Xonobod shahar sudi raisi jinoyat sodir etdi

Tabibning oʻzi bemor ekan: Xonobod shahar sudi raisi jinoyat sodir etdi

Unga koʻra, bugun, 12 may kuni Sudyalar oliy kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Unda Bosh prokurorning Andijon viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Xonobod shahar sudi raisi Yu.E.ga doir masala muhokama qilingan. 

Muhokamada sud raisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- va 28,211-moddalari tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnoma kiritilgan. Yakunda Kengash xulosasi bilan Yu.E.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan hamda uning sudyalik vakolati toʻxtatilgan. 

"Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi aksariyat manbalarda tarqatilayotgan shu mavzudagi xabarlar boʻrttirilgan boʻlib, barcha holatlarga tergov yoʻli bilan aniqlik kiritiladi", deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston

12.05.2025, 12:43

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Sudyalar sud ostida: Akmaljon Shukurov ishi Oʻzbekiston sud tizimi uchun nodir pretsedentga aylandi

Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda jamoatchilik eʼtiborini tortgan eng muhim huquqiy voqealardan biri yuz berdi.

Oʻzbekiston

14.01.2026, 08:49

Rossiya safida urushda qatnashgan andijonlikka jazo tayinlandi

2023 yil yanvar oyida andijonlik fuqaro giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi uchun Chelyabinsk shahar sudi hukmi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazo oʻtash jarayonida unga Rossiya—Ukraina urushida qatnashish evaziga jazodan qutulish taklif qilingan.

Oʻzbekiston

05.01.2026, 09:33

Anora Sodiqovaga nisbatan haqorat ishi: bloger Mirsaid Haydarov 25 mln soʻm maʼnaviy zarar toʻladi

Jurnalist Anora Sodiqovani haqorat qilgan bloger Mirsaid Haydarov sud qaroriga muvofiq belgilangan maʼnaviy zarar va sud xarajatlarini toʻliq toʻladi.

Oʻzbekiston

26.12.2025, 19:28

Jurnalist va blogerlar ishlari boʻyicha soʻnggi maʼlumotlar eʼlon qilindi

"Ezgulik" jamiyati asoschisi, huquq faoli Abduraxmon Tashanov mamlakatning turli hududlarida jurnalist va blogerlar bilan bogʻliq sud jarayonlari va tergov harakatlari yuzasidan soʻnggi maʼlumotlarni taqdim etdi.

Oʻzbekiston

03.12.2025, 13:35

Angrenda qaynonasi va erini oʻldirgan ayol 12 yilga qamaldi

Angren shahrida sodir boʻlgan shafqatsiz jinoyat yuzasidan sud hukmi eʼlon qilindi. Maʼlumotlarga koʻra, bir ayol oʻz qaynonasi va erini oʻldirgani uchun javobgarlikka tortildi. Sud qaroriga koʻra, u 12 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Oʻzbekiston

30.10.2025, 14:21

Toshkent sudlarida joriy yilda 7 mingga yaqin nikohdan ajratish ishi koʻrildi

Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarida 2025 yilning 9 oyida 7 mingga yaqin nikohdan ajratish ishi koʻrilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 468 taga koʻpdir.

Oʻzbekiston

24.10.2025, 14:08

So‘nggi yangiliklar

Oʻzbekiston nima sababdan «Tinchlik kengashi»ga qoʻshildi?

Taʼkidlanishicha, kengash faoliyatining asosiy vazifasi Yaqin Sharqda davom etayotgan mojarolarni bartaraf etish va mintaqada barqaror tinchlikni taʼminlashdan iborat.

Oʻzbekiston

24.01.2026, 15:33

Oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit miqdori oshiriladi

Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash doirasida imtiyozli kreditlarning eng yuqori miqdori 50 million soʻmga yetkaziladi.

Iqtisodiyot

24.01.2026, 12:13

Oʻzbekistonda onlayn ish niqobi ostidagi moliyaviy piramida aniqlandi

Bu safar Pioneer Global Media nomi ostida faoliyat yuritgan platforma atigi 6 oy ichida oson pul topish ilinjidagi fuqarolarning mablagʻlarini oʻzlashtirgan.

Oʻzbekiston

24.01.2026, 11:44

Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi

Davlatlar va ularning harbiy salohiyatini baholab boradigan Global Firepower portali 2026 yil uchun reytingini eʼlon qildi. 

Oʻzbekiston

24.01.2026, 09:57

Dubayda janjalga aloqador olti oʻzbekistonlik oʻlim jazosiga hukm qilindi

Ochiq sud majlisida sudlanuvchilardan olti nafari oʻlim jazosiga hukm qilingan, yana bir kishiga umrbod qamoq jazosi tayinlangan.

Oʻzbekiston

24.01.2026, 08:50

AQSh JSSTdan rasman chiqdi

22 yanvar kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotidan (JSST) toʻliq chiqdi. 

Jahon

23.01.2026, 18:10

«Oskar–2026»: eng yaxshi film uchun asosiy daʼvogar aniq

Amerika Kinoakademiyasining 98-«Oskar» mukofoti uchun nomzodlar eʼlon qilindi. Dunyo boʻylab kino ishqibozlari kutib olgan ushbu tadbir bu yil ham eng yaxshi film, rejissyor, aktyor va aktrisalar oʻrtasida qizgʻin bahslarga sabab boʻlmoqda.

Madaniy

23.01.2026, 15:20

Ruslan Chagayev Valuyev bayonotiga munosabat bildirdi: “Kerak boʻlsa, ringga chiqishga tayyorman”

Rossiya Davlat Dumasi deputati Nikolay Valuyevning soʻnggi bayonotlariga uni ringda magʻlub etgan mashhur bokschi Ruslan Chagayev munosabat bildirdi.

Oʻzbekiston

23.01.2026, 11:22

Tajovuzkor ritorika davom etmoqda: navbat Valuyevga

Rossiyalik propagandist Vladimir Solovyov boshlab bergan tajovuzkor ritorikani avvalroq faylasuf Aleksandr Dugin davom ettirgan edi.

Jahon

23.01.2026, 10:32

Lactalis Oʻzbekistonda sotilgan ayrim chaqaloqlar sut mahsulotlarini qaytarib olmoqda

Lactalis dorixonalar va supermarketlarda sotilgan Picot brendiga mansub 6 ta partiya chaqaloqlar sut mahsulotini xomashyoda sereulid toksini aniqlangani sabab qaytarib olmoqda.

Oʻzbekiston

23.01.2026, 10:07

Toshkentda YPX inspektorini xizmat paytida urib ketdi

Hodisa joriy yilning 22 yanvar kuni soat 17:30 atrofida Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Shahrisabz va Mustaqillik shoh koʻchalari chorrahasida sodir boʻlgan. 

Oʻzbekiston

23.01.2026, 08:52

Toshkentda 40 yildan oshgan 52 mingdan ortiq avtomobil aniqlandi

Ekologik talablarga javob bermaydigan avtotransport vositalarining harakati bosqichma-bosqich cheklanadi.

Oʻzbekiston

22.01.2026, 17:27