Toshkent viloyatida noqonuniy mayning qurilmalardan foydalanish holatlari fosh etildi

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish va bu boradagi noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida uzluksiz nazorat tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Xususan, Toshkent viloyatida joriy yilning birinchi choragida oʻtkazilgan ana shunday nazorat tadbirlarida kripto aktiv va mayning faoliyati boʻyicha 17 ta holat aniqlandi.  Bu haqida Uza.uz xabar berdi.

Ulashish:

Mayning qurilmalari /foto: gazeta.uz/

Unga koʻra, mayning firmalar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani natijasida davlat manfaatlariga jami 16 milliard 553 million soʻm zarar yetkazilgan.  

“Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Parkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro P.O. ga qarashli dala hovlida mayning qurilmalarning oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga ulanishi natijasida davlat manfaatlariga 3 milliard 476 million soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.  

Yangiyoʻl shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro I. N ga qarashli xonadonda ham hech qanday ruxsatnomasiz mayning faoliyati bilan shugʻullanib, 1 milliard 19 million soʻmlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani aniqlandi.  

Ayni paytda “Oʻzenergoinspeksiya” va qator tegishli tashkilotlar hamkorligida aniqlangan mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.  

Shuningdek, inspeksiya nafaqat elektr va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish, balki AGTKShlar faoliyatida meʼyor va qoidalarga amal qilmaslik holatlarini aniqlamoqda.  

Masalan, yaqinda inspeksiyaning Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Andijon tumanida joylashgan «O. T. G.» MChJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi faoliyati oʻrganildi. Unda shoxobchada oʻrnatilgan texnologiya jarayonlarining amaldagi meʼyor va qoidalarga muvofiqligi, tabiiy gazni qabul qilib olish, saqlash, tarqatilish holatlariga ahamiyat qaratildi.  

Aniqlanishicha, ushbu AGTKSh faoliyatida aholi hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻpol qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilgan. Hozirda ushbu kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar mazkur AGTKSh tabiiy gaz taʼminotidan ajratilgan.  

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, bu kabi nazorat tadbirlarini oʻtkazishdan maqsad isteʼmolchilarni tabiiy boyligimiz boʻlgan energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga undashdir. Ular bu boradagi har qanday noqonuniy holatga tegishli organlar tomonidan huquqiy baho berilishi va qonunda belgilab qoʻyilgan meʼyorlar asosida javobgarlikka tortilishi muqarrar ekanligini zinhor unutmasligi  kerak.

Oʻzbekiston

30.04.2024, 17:38

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

2025 yil Nobel mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi

2025 yil 6–13 oktabr kunlari Shvetsiya va Norvegiyada oʻtgan Nobel haftaligida fiziologiya va tibbiyot, fizika, kimyo, adabiyot, tinchlik va iqtisod sohalari boʻyicha yil laureatlari eʼlon qilindi. Nobel mukofoti 1901 yildan beri topshirilib, har bir gʻolib 11 mln shved kronasi, diplom va oltin medal oladi. Rasmiy marosim 10 dekabrda Stokgolm va Osloda oʻtkaziladi.

Jahon

10.12.2025, 18:25

Oʻzbekistonda uy-joy va avtomobil xaridi 1 apreldan naqd pulsiz tartibga oʻtadi

2026 yil 1 apreldan Oʻzbekistonda bir qator yirik toʻlovlar faqat bank kartalari yoki elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Bu Prezidentning 10 dekabrda qabul qilingan “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan.

Iqtisodiyot

10.12.2025, 17:05

Germaniya sovet davridagi koʻcha nomlaridan voz kechadi

Mamlakatning sharqiy hududlarida hali ham Vladimir Lenin, GDR rahbarlari Otto Grotevol va Vilgelm Pik nomidagi koʻchalar uchraydi. Taʼkidlanishicha, Germaniya birlashganiga 35 yil boʻlgan bir paytda repressiyalar va totalitar tuzum bilan bogʻliq shaxslar nomlari koʻchalarda qolmasligi kerak.

Jahon

10.12.2025, 16:41

Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi 4,5 foizgacha qisqaradi

Har bir kambagʻal oila uchun uning imkoniyatlari va xohish-istaklarini hisobga olgan individual reja ishlab chiqiladi. Loyihaviy yondashuv doirasida “Bandlik organlari – ish beruvchilar hamkori”, “Teng imkoniyat – inklyuziv bandlik”, “Mahallda tadbirkorlikni rivojlantirish” va boshqa dasturlar orqali 1 million nafar kambagʻal qamrab olinishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston

10.12.2025, 15:14

Ayrim hududlarda elektr vaqtincha oʻchishi mumkin

Sirdaryodagi 1500 MVt quvvatli IESdagi nosozlik tufayli ayrim hududlarda elektr vaqtincha oʻchishi mumkin. Maʼlumotga koʻra, ACWA Power tomonidan foydalanishga topshirilgan stansiyaning 2-sonli gaz turbinasida rotor muammosi aniqlangan. Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi tayyorlagan yangi rotor 8 dekabr kuni maxsus reys bilan Toshkentga yetkazilgan.

Oʻzbekiston

10.12.2025, 11:10

Oʻzbekiston va Al-Azhar oʻrtasida yangi ilmiy hamkorlik loyihalari yoʻlga qoʻyiladi

Misrning nufuzli ilmiy-diniy markazi — “Al-Azhar” va Oʻzbekiston oʻrtasida ilmiy-taʼlimiy hamkorlik yangi bosqichga koʻtariladi. Qohirada boʻlib oʻtgan uchrashuvda Misr bosh imomi, “Al-Azhar” majmuasi rahbari shayx Ahmad at-Toyyib Oʻzbekiston delegatsiyasi — Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi vakillar bilan muzokara olib bordi.

Oʻzbekiston

10.12.2025, 10:14

Dunyodagi eng qattiq rejimli 10 ta qamoqxona

Jinoyat sodir etgan shaxslarni jamiyatdan ajratish va davlat barqarorligini saqlash maqsadida turli darajadagi qamoqxonalar faoliyat yuritadi. Biroq dunyoda shunday muassasalar ham borki, ular oddiy jazoni ijro etish joyi emas, balki qattiq rejim, total nazorat va psixologik bosimning eng yuqori nuqtasiga aylangan tashkilotlardir.

Jahon

09.12.2025, 19:00

Oʻzbekistonda 70 ga yaqin onlayn qimor platformalari bloklandi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Oʻzbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targʻib qiluvchi 70 ga yaqin sayt bloklanganini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

09.12.2025, 14:48

Markaziy Bank plastik kartadan noqonuniy pul yechib olinishi yuzasidan munosabat bildirdi

Qayd etilishicha, fuqarolarning Humans ilovasi orqali mablagʻlari yechib olingani haqidagi ilk murojaatlar Markaziy bankka 8 dekabr kuni soat 08:30 atrofida kelib tushgan. Shundan soʻng Markaziy bank oʻz vakolatlari doirasida Octagram AJ (Paylov — savdo belgisi) bilan bogʻlanib, xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlash va ehtimoliy zaifliklarni bartaraf etish maqsadida P2P amaliyotlarini vaqtincha toʻxtatish boʻyicha koʻrsatma bergan.

Oʻzbekiston

09.12.2025, 14:40

Nega plastik kartalardan pul yechib olinmoqda?

Soʻnggi kunlarda fuqarolardan plastik kartalaridan ularning xabari va roziligisiz pul mablagʻlari yechib olinayotgani haqida koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. Eʼtiborli jihati shundaki, jabrlanuvchilar hech qanday shubhali fayllarni yuklamagan, SMS-kodlarni kiritmagan va shaxsiy maʼlumotlarini hech kimga taqdim etmagan.

Oʻzbekiston

09.12.2025, 11:39

Hayotingizda Konstitutsiyaning roli qanday?

Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan ijodiy guruhimiz koʻchada yurtdoshlar oʻrtasida kichik soʻrovnoma oʻtkazdi. Soʻrovnoma davomida fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimi, unga boʻlgan munosabati va shaxsiy fikrlari oʻrganildi. 

Oʻzbekiston

09.12.2025, 10:14

Toshkentda yoʻl harakatini boshqarish boʻyicha yangi markaz ish boshlaydi

Toshkent shahrida yoʻl harakatini boshqarish va tirbandliklarni kamaytirish maqsadida yangi Yoʻl harakatini tashkil etish markazi tashkil etiladi. Shuningdek, poytaxt infratuzilmasini rivojlantirish doirasida Xitoy bankdan 271 mln dollar kredit jalb qilinib, 2030 yilgacha 150 ming oʻrinli toʻxtash joylari barpo etilib, Toshkent metropoliteni uzunligi 103 kilometrgacha yetkaziladi hamda piyodalar va velosiped yoʻlaklari kengaytiriladi.

Oʻzbekiston

09.12.2025, 09:01