Oʻzbekistonda eko-stiker tizimi qachondan amal qiladi?
Ekologik nazoratni kuchaytirish va shaharlarda havo sifatini yaxshilash maqsadida eko-stiker tizimi joriy etilmoqda. Qizil toifaga kiruvchi avtomobillar ayrim markaziy hududlarga umuman kiritilmaydi, sariq toifadagi transport vositalari uchun ekologik holatdan kelib chiqib qisman cheklovlar joriy etiladi. Yashil toifadagi avtomobillar esa belgilangan hududlarda erkin harakatlanishi mumkin.
Oʻzbekiston
05.12.2025, 17:01
Ulashish:

Bu haqda Davlat ekologik ekspertizasi markazi maʼlum qildi.
Eko-stiker tizimi qachon kuchga kiradi?
Vazirlar Mahkamasining 750-son qaroriga muvofiq, eko-stikerlar toʻgʻrisidagi nizom 2025 yil 29 noyabrdan amal qilishni boshlagan. Amalda stikerlarni berish jarayoni esa 2026 yil 1 yanvardan start oladi.
Tizim butun mamlakat boʻylab bosqichma-bosqich joriy etilsa-da, eng qatʼiy cheklovlar avvalo Toshkent shahridagi ekologik zonalarda qoʻllaniladi.
Avtomobillar qay tarzda toifalashtiriladi?
2026 yildan boshlab har bir avtomobilning ekologik ahvoli tekshirilib, unga maxsus stiker beriladi. Stikerlar uch xil rangda boʻladi:
- Yashil — ekologik toza, Yevro-5/6 standartlariga mos
- Sariq — oʻrta darajada ifloslantiruvchi
- Qizil — chiqindisi yuqori, ekologik xavf darajasi yuqori
Toifalashtirish Avtomobil Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) tomonidan oʻtkaziladigan texnik diagnostika natijasida amalga oshiriladi.
Ekologik zonalar: kimga cheklov, kimga ruxsat?
Yaqin yillarda Toshkentda maxsus ekologik zonalar tashkil etiladi. Bu zonalarga kirish avtomobilning stikeriga qarab belgilanadi:
- Qizil toifa avtomobillariga ayrim markaziy hududlarga kirish taqiqlanadi;
- Sariq toifa uchun qisman cheklovlar joriy qilinishi mumkin;
- Yashil toifa avtomobillari erkin harakatlanishi mumkin boʻladi.
Taʼkidlanishicha, bu cheklovlar aholi salomatligi va havo sifati uchun juda muhim.
Xalqaro tajriba: Oʻzbekistonda nimalar kutilmoqda?
Yevropa va Koreya tajribasiga tayanilgan holda kelgusida quyidagi imkoniyatlar joriy etilishi mumkin:
- yashil stikerga ega haydovchilar uchun arzonroq parkovka;
- muayyan kunlarda faqat “yashil” toifaga ruxsat berish;
- “qizil” avtomobillarga qoʻshimcha cheklovlar;
- regionlarda ham ekologik zonalar tashkil etish.
Bu choralar transport harakatini ekologik tamoyillar asosida qayta tashkil etishga xizmat qiladi.
Eko-stikerni qanday tartibda olish mumkin?
2026 yildan boshlab:
- avtomobil roʻyxatga olinsa yoki qayta roʻyxatdan oʻtsa,
- haydovchi my.gov.uz orqali ariza topshirsa,
- DYHXX tashxisdan oʻtkazadi va stiker turini belgilaydi.
Stikerni haydovchi oʻz xohishiga koʻra DYHXX boʻlimidan olishi yoki yetkazib berishga buyurtma qilishi mumkin.
Tizimning asosiy maqsadi nima?
Eko-stiker — bu shunchaki rangiga qarab belgilanadigan belgi emas. Uning asosiy vazifalari quyidagilar:
- avtomobil chiqindilarini aniq hisoblash;
- shaharlar havosini yaxshilash;
- ekologik madaniyatni oshirish;
- “iflos” avtomobillar ulushini qisqartirish.
Oʻzbekiston
05.12.2025, 17:01
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Ekologik stikerni onlayn tartibda rasmiylashtirish mumkin
Oʻzbekiston
09.01.2026, 08:24

«Ekostiker» tizimi: 2026 yildan jarimalar qoʻllanilmaydi
Oʻzbekiston
26.12.2025, 10:13

Ekostiker talabini buzgan haydovchilar qachon jarimaga tortiladi?
Oʻzbekiston
23.12.2025, 15:40

Eko-stikerlar uchun qancha miqdorda toʻlov qilinadi?
Oʻzbekiston
20.12.2025, 10:22

Endi avtomobillar «qizil», «sariq», «yashil» stikerlar orqali ekologik toifalarga ajratiladi
Oʻzbekiston
09.03.2024, 12:27
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi
Jahon
11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi
Jahon
11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi
Oʻzbekiston
11.03.2026, 11:16

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi
Jahon
11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi
Oʻzbekiston
10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti
Oʻzbekiston
10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak
Jahon
10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi
Iqtisodiyot
10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
