Toshkentda noqonuniy sexda ishlab chiqarilgan qalbaki dori vositalari sotuvga chiqarilgan
Ekspertiza xulosasiga koʻra, yashirin sexda “Ursosan 250 mg”, “Neyromidin 20 mg”, “Fanigan” dori vositalari qalbakilashtirilgan.
Oʻzbekiston
27.08.2025, 12:12
Ulashish:

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MChJga tegishli manzilda tashkil etilgan yashirin sexda qonunga xilof tarzda qalbaki dori vositalari tayyorlanishi va shahar dorixonalari orqali sotilishi maʼlum boʻldi.
Tekshiruv davomida ushbu manzildan jami 11 dona dori ishlab chiqarish stanoklari, 21 dona dori tayyorlashda kerak boʻladigan qoliplar hamda umumiy ogʻirligi 389 kg boʻlgan kukun va tabletkalar, “Raikal” nomli pnevmatik qurol va boshqa narsalar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shuningdek, MChJga tegishli ikkinchi manzilda ham yashirin sex mavjud boʻlib, undan dori vositalari ishlab chiqarishda foydalaniladigan qolip va uskunalar, boʻsh dori kapsulalari, qutilari, yoʻriqnomalar, kukun koʻrinishidagi xom-ashyolar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizlik markazi” DM ekspertiza xulosasiga koʻra, yashirin sexda “Ursosan 250 mg”, “Neyromidin 20 mg”, “Fanigan” dori vositalari qalbakilashtirilgan.
Tadbir mantiqiy davom ettirilib, mazkur sexda ishlab chiqarilayotgan dorilarni sotish bilan shugʻullanuvchi va “Fanigan” dori vositasini qalbakilashtirish boʻyicha buyurtma berib, 130 kg ushbu dorining substansiyalarini keltirib bergan shaxsning dorixonasi ham koʻzdan kechirildi.
Natijada, ushbu dorixonadan “Fanigan”, “Azimak”, “Siprolet” kabi 15 turdagi 1.067 quti qalbaki hamda 14 turdagi 274 quti yaroqlilik muddati oʻtgan dorilar aniqlandi.
Hozirda noqonuniy sex tashkilotchilarining 3 nafariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi “b” va “g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʻzbekiston
27.08.2025, 12:12
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

JSST ogohlantirgan yoʻtal siroplari Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilmagan
Oʻzbekiston
16.10.2025, 18:06

DXX va prokuratura Fargʻonada noqonuniy dori savdosiga barham berdi
Oʻzbekiston
15.10.2025, 18:02

Chet eldan olib kelingan dorilar tarkibida xavfli moddalar aniqlandi
Oʻzbekiston
27.09.2025, 10:01

Margʻilonda salkam 1 mlrd soʻmlik sifati kafolatlanmagan dorilar aniqlandi
Oʻzbekiston
16.09.2025, 13:37

Qirgʻizistondan katta miqdordagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini olib kelgan shaxslar ushlandi
Oʻzbekiston
08.09.2025, 14:24

Andijon, Toshkent va Surxondaryoda xavfli dorilarni sotayotganlar qoʻlga olindi
Oʻzbekiston
05.09.2025, 17:42
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 10:23
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
