JSST ogohlantirgan yoʻtal siroplari Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilmagan
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan 13 oktabr kuni eʼlon qilingan tibbiy mahsulot boʻyicha ogohlantirishda Hindistonda ishlab chiqarilgan bir nechta yoʻtal siroplarida inson salomatligi uchun xavfli moddalar borligi maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston
16.10.2025, 18:06
Ulashish:

JSST maʼlumotlariga koʻra, Sresan Pharmaceutical, Rednex Pharmaceuticals va Shape Pharma kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan “COLDRIF”, “Respifresh TR” va “ReLife” nomli siroplarning ayrim seriyalarida dietilenglikol (DEG) moddasi aniqlangan. Mazkur modda organizm uchun zaharli boʻlib, Hindistonning ayrim hududlarida bolalar oʻlimi holatlariga sabab boʻlgan.
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi bu holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.
Markaz maʼlumotida taʼkidlanishicha, mazkur kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari, jumladan yuqorida tilga olingan siroplar, Oʻzbekistonda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan.
Shuningdek, mamlakatga kirib kelayotgan barcha dori vositalari akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarida tekshiriladi va faqat ijobiy xulosa olinganidan soʻnggina sertifikatlanib, sotuvga chiqarilishi mumkin. Sertifikatsiz dori vositalarining bojxona hududidan olib chiqilishi va aylanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Maʼlumot uchun, 2024 yil 8 iyulda qabul qilingan buyruqqa asosan, Oʻzbekistonga import qilinayotgan sirop shaklidagi preparatlarda etilenglikol va dietilenglikol moddalari mavjudligini majburiy tekshirish amaliyoti joriy etilgan. Bu orqali dori vositalari xavfsizligini taʼminlash hamda aholi salomatligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish mexanizmi yoʻlga qoʻyilgan.
Oʻzbekiston
16.10.2025, 18:06
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

AQSh JSSTdan rasman chiqdi
Jahon
23.01.2026, 18:10

DXX va prokuratura Fargʻonada noqonuniy dori savdosiga barham berdi
Oʻzbekiston
15.10.2025, 18:02

Chet eldan olib kelingan dorilar tarkibida xavfli moddalar aniqlandi
Oʻzbekiston
27.09.2025, 10:01

Margʻilonda salkam 1 mlrd soʻmlik sifati kafolatlanmagan dorilar aniqlandi
Oʻzbekiston
16.09.2025, 13:37

Qirgʻizistondan katta miqdordagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini olib kelgan shaxslar ushlandi
Oʻzbekiston
08.09.2025, 14:24

Andijon, Toshkent va Surxondaryoda xavfli dorilarni sotayotganlar qoʻlga olindi
Oʻzbekiston
05.09.2025, 17:42
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 16:56
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
