Toshkentda tungi avtobuslar harakati qachondan yoʻlga qoʻyilishi maʼlum boʻldi
Toshkent shahrida 2025 yilning oxirigacha tungi avtobuslarning birinchi yoʻnalishi (T1) ish boshlaydi. U Qoʻyliq dehqon bozori — Husayn Boyqaro koʻchasi boʻylab harakatlanadi. Birinchi bosqichda 8 ta, ikkinchi bosqichda 7 ta turizm koʻchalarini qamrab olgan yoʻnalish ochiladi.
Oʻzbekiston
20.08.2025, 14:06
Ulashish:

Toshkent shahrida 2025 yilning oxirigacha tungi avtobuslarning birinchi yoʻnalishi ish boshlaydi, deya maʼlum qildi Gazeta’ga Toshkent shahri transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Olloyor Norboʻtayev.
Xalq deputatlari shahar kengashining yigʻilishida poytaxtda tungi soat 22:00 dan ertalab 06:00 gacha harakatlanadigan qizil rangli avtobuslar yoʻlga qoʻyilishi mumkinligi aytilgandi. Taklifga koʻra, avtobuslar aeroportlar, temiryoʻl vokzallari, metro bekatlari, tundagi turizm koʻchalari, savdo va koʻngilochar markazlar, yirik dehqon bozorlari, talabalar yotoqxonasi va shifoxonalar orqali harakatlanadi.
Turizm koʻchalari boʻylab umumiy hisobda 15 ta yoʻnalish ikki bosqichda, oraliq intervali dastlab 30 daqiqani tashkil etgan holda tashkil etiladi. Buning uchun jami 33,3 mlrd soʻm sarflanishi kutilmoqda.
Olloyor Norboʻtayevning bildirishicha, birinchi bosqichda 8 ta yoʻnalish boʻlib, jami 136 km yoʻlni qamrab oladi. Mazkur yoʻnalishlarda 31 ta avtobus harakati yoʻlga qoʻyiladi. Buning uchun 19,1 mlrd soʻm mablagʻ talab etiladi. Yoʻnalishlar:
T1: Qoʻyliq dehqon bozori — Husayn Boyqaro koʻchasi;
T2: Qipchoq koʻchasi — Oʻzgarish metrosi;
T3: Chilonzor buyum bozori — Gulxaniy koʻchasi;
T4: Mahalliy aeroport (Terminal 3) — Chorsu savdo markazi;
T5: Shifobaxsh suvlar koʻchasi — Chorsu AShB;
T6: Yunusobod mavzesi 6-daha — Yunusobod mavzesi 17-daha;
T8: Toshkent vokzali AShB — Shofayz mahallasi.

«Ularning raqami T dan boshlanadigan qilib taklif berganmiz, yaʼni T1, T2, T3 deb. Mana shu yilning oxirigacha T1 yoʻnalishimizni ochishni rejalashtirganmiz», — dedi Toshkent shahri transport boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Ollayor Norboʻtayev.
Uning soʻzlariga koʻra, T1 yoʻnalishi Bektemir tumanining Husayn Boyqaro koʻchasidan Qoʻyliq bozori tarafga harakatlanib, Qoʻyliq bozoridan hozirgi Xonobodtepa shoh koʻchasi orqali yuradi.
Ikkinchi bosqichda esa 7 ta yoʻnalish boʻlib, umumiy 98 kilometrlik yoʻldan oʻtadi. 23 ta avtobus jalb etiladigan bu bosqich uchun 14,2 mlrd soʻm sarflanishi reja qilingan. Yoʻnalishlar:
T9: Gʻishtkoʻprik chegara posti — Amir Temur xiyoboni;
T10: TTZ AShB — Amir Temur xiyoboni;
T11: Food city majmuasi — Amir Temur xiyoboni;
T12 Qipchoq metro bekati — Amir Temur xiyoboni;
T13: Chilonzor buyum bozori — Chorsu savdo markazi;
T14: Nazarbek mahallasi — Chorsu AShB;
T15: Keles shaharchasi — Chorsu AShB.

«Ushbu koʻchalar orqali turizm yoʻnalishlarini tashkil etishning asosiy vazifalari tungi vaqtda harakatlanish zarur boʻlgan shahar punktlarini aniqlash, yoʻlovchilar koʻp boʻlgan yoʻnalishlar asosida, yoʻlovchi oqimini rejalashtirish, xavfsizlik, monitoring va raqamli toʻlov tizimlarini joriy etishdan iborat», — dedi Olloyor Norboʻtayev.
Hozirgi kunda Toshkent shahrining Husayn Bayqaro, Shokirariq, Mehrigiyo, Sugʻdiyona, Jaloir, Al-Xorazmiy, Farhod, Gulxaniy, Qoʻrgʻontepa, Forobiy, Taraqqiyot, Rixsiliy, Yuqori Qoraqamish, Hamid Olimjon, Sodiq Azimov, Oʻzbekiston ovozi, Taras Shevchenko hamda Shota Rustaveli koʻchalarida turizm koʻchalari tashkil qilinmoqda.
Norboʻtayev chipta narxi kunduzgi bilan bir xil boʻlishini aytgandi. Shuningdek, uning qoʻshimcha qilishicha, Turizm komissiyasi tomonidan narxni qimmatroq qilish boʻyicha takliflar boʻlgan.
«15 ta yoʻnalishda 54 ta avtobus harakatlanadi. Oʻsha yoʻnalishdagi tushumni hisoblamasak, oʻrtacha 33 milliard soʻm mahalliy byudjetga yuklama tushadi», — degan Ollayor Norboʻtayev.
Oʻzbekiston
20.08.2025, 14:06
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Guliston shahriga yangi avtobuslar olib kelindi
Oʻzbekiston
04.12.2025, 19:39

Toshkent jamoat transporti parki 202 ta yangi YUTONG elektrobus bilan boyidi
Oʻzbekiston
15.10.2025, 20:02

Shota Rustaveli koʻchasida avtobuslar harakatlana boshladi
Oʻzbekiston
07.10.2025, 09:48

Oʻzbekistonga Xitoydan elektrobuslarning navbatdagi partiyasi olib kelinmoqda
Oʻzbekiston
23.09.2025, 19:01

Toshkentdagi koʻchada yer choʻkishi kuzatildi
Oʻzbekiston
16.09.2025, 11:46

Transportdan bepul foydalanuvchilar safi kengaymoqda
Oʻzbekiston
12.09.2025, 13:30
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
Madaniy
17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
