Tramp sanksiyalari sabab “Rosneft” va “Lukoyl” 5,2 mlrd dollarga arzonladi

Trampning yangi sanksiyalari Rossiya bilan munosabatlarni yanada keskinlashtirdi. Hindiston Rossiya nefti importlarini qisqartira boshlagach, “Rosneft” va “Lukoyl” aksiyalarida katta muammolar yuzaga kelmoqda.

Ulashish:

Rossiyaning ikki yirik neft kompaniyasi — “Rosneft” va “Lukoyl” aksiyalari AQSh sanksiyalaridan keyin keskin pasaydi. Ikki kun ichida ularning umumiy kapitalizatsiyasi 424 milliard rublga (5,2 milliard dollarga) kamaydi.

“Rosneft”ning qimmatli qogʻozlari hozirda 389,85 rubldan sotilmoqda — bu sanksiyalardan oldingi qiymatidan 3 foizga arzon. 24-oktabrda esa 383,15 rublga tushdi — bu 2023 yil mayidan buyongi eng past koʻrsatkich. Kompaniyaning bozor qiymati 127 milliard rublga (1,56 milliard dollar) yoʻqoldi.

“Lukoyl” aksiyalari esa ikki kun ichida 7,2 foizga arzonlashdi va kapitalizatsiyasi 3,66 milliard dollarga pasaydi. Kompaniya asosiy egasi Vagit Alekperovning boyligi ham ikki kunda 83 milliard rublga (1 milliard dollardan ortiq) kamaydi.

AQSh sanksiyalari

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyga qaytgandan beri birinchi marta “Rosneft” va “Lukoyl” hamda ularning 36 ta shoʻʼba korxonasiga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu qaror “Lukoyl”ning Dubaydagi savdo boʻlinmasini toʻxtatishi va “Rosneft”ning Hindistonga yetkazib berishlarida muammo keltirib chiqarishi mumkin.

Tramp 22-oktabr kuni eʼlon qilgan sanksiyalar Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlardagi keskinlik fonida qabul qilindi. Keyinchalik Hindiston Rossiya nefti importlarini qisqartira boshladi.

Maʼlumotlarga koʻra, Hindistonning yirik davlat kompaniyalari — Indian Oil Corp, Bharat Petroleum, Hindustan Petroleum va Mangalore Refinery and Petrochemicals Rossiya nefti hujjatlarini yanada qattiq tekshirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya 2022 yilda Ukrainaga bostirib kirgach, Hindiston Moskva neftining eng yirik xaridoriga aylangandi. 2025 yilning dastlabki toʻqqiz oyida Hindiston oʻrtacha kuniga 1,7 million barrel Rossiya neftini import qilgan.

Iqtisodiyot

25.10.2025, 18:44

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Shimoliy Koreya Rossiyaga urushda qancha yordam bergan?

Shimoliy Koreya Rossiyaga urushda qancha yordam bergan?

Shimoliy Koreya Rossiyaga urushda Ukrainaning bir qancha muhim fuqarolik infratuzilmasiga qarshi raketa hujumlarni amlga oshirishda yordam bergan. Shu vaqtga qadar Shimoliy Koreya Rossiyaga 20 ming konteynerdan iborat oʻq-dorilar yetkazib berganligi maʼlum boʻldi.

Jahon

30.05.2025, 10:41

AQSh va Yevropa ittifoqi O‘zbekiston kompaniyalariga sanksiyalar kiritdi

AQSh Moliya vazirligi O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning bir qancha kompaniyalariga taqiqlarni chetlab o‘tib, Rossiyaga mahsulot yetkazib bergani uchun sanksiyalar kiritdi.

Oʻzbekiston

27.02.2024, 11:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

Putin Eron prezidenti bilan suhbatlashdi: Tehron Rossiyadan yordam kutmoqda

Putin, shuningdek, Fors koʻrfazi arab davlatlari rahbarlari bilan doimiy aloqada ekanini bildirgan.

Jahon

07.03.2026, 11:18

So‘nggi yangiliklar

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:43

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45