updated: 14.10.2026, 10:07

Toshkent va Ostona poygasi: Mintaqa osmoni uchun raqobat kuchaymoqda

"Yangi Toshkent"da qad rostlayotgan aeroport "mintaqa darvozasi" bo'lishi mumkin. Biroq bu maqomga qo'shni Qozog'iston ham da'vogarlik qilmoqda.

Toshkent va Ostona poygasi: Mintaqa osmoni uchun raqobat kuchaymoqda

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida "Uzbekistan Airports" AJ bilan Saudiya Arabistonining “Vision International Investment" kompaniyasi o‘rtasida “Yangi Toshkent" xalqaro aeroportini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha 35 yillik davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartnomasi imzolandi. 

Loyiha 2026–2030-yillarda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlari hududida, 1310 gektar maydonda amalga oshiriladi — bu taxminan 13,1 kvadrat kilometr, ya'ni Londonning Xitrou aeroportiga (12,1–12,3 kvadrat kilometr) deyarli teng ko‘rsatkich. Dastlabki bosqichda taxminan 3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinishi rejalashtirilgan.
Yangi terminal hozirgisidan 4 barobar katta bo‘ladi va dastlab yiliga 20 million yo‘lovchini, kelajakda esa 46 million yo‘lovchini qabul qilish quvvatiga ega bo‘ladi. Qiyos uchun: Xitrou 2024-yilda qariyb 84 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan — demak, "Yangi Toshkent" uzoq muddatda shu darajaga yaqinlashishni ko‘zda tutmoqda.

40 dan ortiq teleskopik trap, 160 dan ziyod parking o‘rni, ikkita parvoz-qo‘nish yo‘lagi va soatiga 30 dan ortiq parvoz operatsiyasi — bular loyihaning texnik parametrlari. Ilg‘or navigatsiya va meteorologiya tizimlari barcha turdagi havo kemalarini istalgan ob-havoda qabul qilishni ta'minlaydi.

Muammo nimada?
Ammo fizik infratuzilma — bino, maydon, terminal — aviaxab maqomining faqat bir qismi, xolos. O‘zbekiston ushbu maqomga erishishi uchun yana bir qator zaruriy shartlarni ham bajarishi kerak.
Qo‘shni Qozog‘iston bu borada O‘zbekistonga asosiy raqobatchi hisoblanadi — har ikki mamlakat ham mintaqa darvozasi bo‘lishni maqsad qilgan. Hozircha bu raqobatda Qozog‘iston ustun pozitsiyani egallamoqda: uning aeroportlari Uzbekistan Airways'dan qariyb ikki barobar ko‘proq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi va mintaqaning asosiy havo yuk darvozasi maqomini saqlab turibdi.
Uzbekistan Airports ma'lumotiga ko‘ra, vaziyatning asosiy sababi — ikki davlatning infratuzilmaviy va tarixiy boshlang‘ich nuqtasi turlicha bo‘lgani. Qozog‘iston aviatsiya tizimi ancha oldin shakllangan va katta yuk oqimiga moslashgan, O‘zbekiston esa keyingi yillarda davlat sarmoyasi hisobiga o‘sish sur’atini oshirmoqda.

Raqamlar nima deydi?

2025-yilda Qozog‘iston aviakompaniyalari 15 million yo‘lovchini tashigan, aeroportlari 32 million kishiga xizmat ko‘rsatgan va 173 ming tonna yukni qayta ishlagan. O‘zbekistonda esa qariyb 10 million kishi tashilgan, havo yo‘llari 15,5 million kishiga xizmat ko‘rsatgan, avia yuk hajmi 98 ming tonnani tashkil etgan.

Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi — IATA ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida Markaziy Osiyoda avia yuk tashish hajmi ikki barobardan ko‘proq oshgan. 2024-yilda mintaqaga kirib kelgan barcha havo yuklarining qariyb 67 foizi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2019–2024-yillar oralig‘ida avia yuk tashish hajmining o‘sishi Qozog‘istonda 149 foizni, O‘zbekistonda esa 182 foizni tashkil etgan.
Bundan kelib chiqadiki, O‘zbekiston hajm jihatidan ortda bo‘lsa-da, o‘sish sur'ati bo‘yicha raqobatchisidan yuqoriroq natija qayd etmoqda.

Toshkent va Ostona poygasi: Mintaqa osmoni uchun raqobat kuchaymoqda

Tranzit masalasi hal qiluvchi omil
Mintaqaviy aviaxab maqomi uchun xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘i ko'rsatkichlari ham muhim omil bo'lib, aynan shu nuqtada "Yangi Toshkent" loyihasining strategik ahamiyati paydo bo‘ladi. Aeroport faqat mavjud talabni qondirish uchun emas, balki kelajakdagi yo‘lovchi va yuk oqimini shakllantirish uchun ham xizmat qilishi kerak.
O‘zbekistonning "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Markaziy Osiyoda AQSHga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys amalga oshirayotgan yagona aviakompaniya hisoblanadi.

Qozog‘istonning “Air Astana” kompaniyasi esa bir necha yildan buyon Qozog‘iston va AQSH o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovni yo‘lga qo‘yishga urinib kelmoqda. 2022-yil iyul oyida  reys amalga oshirish uchun AQSH Transport departamentiga (DOT)dan ruxsat so'rab murojaat yo'llagan. Biroq Boeing samolyotlarini yetkazib berishdagi muammolar, reyslarni kelishishdagi qiyinchiliklar va Rossiya havo hududiga oid cheklovlar loyiha amalga oshishiga to‘sqinlik qilgan. Shunga qaramay, Air Astana ushbu yo‘nalishni 2027-yil bahor-yoz mavsumida ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Bu holat Markaziy Osiyoda aviatsiya bozoridagi raqobat faqat aeroportlar o‘rtasida emasligini ko‘rsatadi. Mamlakatning aviaxabga aylanishi uchun yangi terminal va uchish-qo‘nish yo‘laklari bilan bir qatorda, uzoq masofali xalqaro yo‘nalishlar, aviakompaniyalar parki va tranzit modelini ham rivojlantirish talab etiladi.

O‘zbekiston uchun imkoniyat, Qozog‘iston uchun signal
Shu sababli “Yangi Toshkent” aeroportini faqat yirik infratuzilma loyihasi sifatida baholash yetarli emas. Uning haqiqiy samarasi aeroport nechta yo‘lovchini qabul qila olishida emas, balki shu quvvatdan qanchalik samarali foydalanilishida namoyon bo‘ladi.
Agar yangi aeroport xalqaro aviakompaniyalar uchun jozibador tranzit nuqtasiga aylansa, yo‘lovchilarni Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va boshqa yo‘nalishlar o‘rtasida bog‘lay olsa, uning iqtisodiy ahamiyati terminal sig‘imidan ancha oshadi.
Buning uchun esa O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida bir necha vazifani hal qilishi kerak: xalqaro yo‘nalishlarni ko‘paytirish, tranzit jarayonlarini soddalashtirish, yuk tashish infratuzilmasini rivojlantirish va milliy aviakompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirish.
Qozog‘iston uchun esa O‘zbekistonning tez sur'atdagi o‘sishi mintaqadagi mavjud ustunlikni avtomatik ravishda saqlab qolish mumkin emasligini anglatadi. Shu bois mamlakatning tezroq harakat qilish zarurati haqidagi rasmiy bayonotlari raqobat kuchayayotganidan dalolat beradi.

Aviaxab maqomi uchun katta maydonning o‘zi yetarlimi?
“Yangi Toshkent”ning 1310 gektarlik maydoni va kelajakdagi 46 million yo‘lovchilik quvvati O‘zbekistonning aviatsiya sohasidagi ambitsiyasini ko‘rsatadi.

Aviaxab — bu shunchaki katta bino emas. U yo‘lovchi oqimi, yuk tashish hajmi, xalqaro parvozlar geografiyasi, kuchli aviakompaniyalar va samarali tranzit tizimining birlashmasidir.

Agar ko‘zda tutilgan barcha bu vazifalar risoladagidek kechsa, 1310 gektarlik aeroport O‘zbekistonning Markaziy Osiyo aviatsiya xaritasidagi o‘rnini oldinga olib chiquvchi infratuzilmaga aylanishi mumkin.

Maftuna Baxtiyorova

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonning doimiy aholisi 2026-yil 1-oktabr holatiga 39,5 million kishidan oshdi. Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida, eng kami esa Sirdaryo viloyatida istiqomat qilmoqda.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda

Ko'prik ishga tushganidan so'ng, yo'l uchun sarflanadigan vaqt 30 daqiqagacha qisqarishi mumkin.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari Samarqandga kirish yo‘llarida hamda shaharning ayrim markaziy ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bunga C5+1 uchrashuvi va bolalar farovonligiga bag‘ishlangan xalqaro sammit sabab bo‘ladi.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 09:41

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?

O‘zbekiston 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, elektr energiyasini Yevropaga eksport qilish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Iqtisodiyot

17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?

O‘zbekistonda daxlsizlik va immunitetga ega shaxslarni javobgarlikka tortish, ushlab turish va ularning huquqlarini buzganlik uchun jazo tartibi belgilandi.

Oʻzbekiston

17.10.2026, 14:01

Rasm sun'iy intellektda yaratilgan

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?

Xitoy bosh vaziri Li Syan va AQSH davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Pekin mintaqada hamkorlikni kuchaytirayotgan bir paytda, Vashington rasmiysi ham 200 dan ortiq biznes vakili bilan Markaziy Osiyoga tashrif buyurmoqda.

Siyosat

17.10.2026, 12:12

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?

Isroilda 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari oldidan Binyamin Netanyaxuga qarshi muxolif siyosatchilar birlashmoqda. Biroq ularning aksariyati Falastin davlatini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Siyosat

17.10.2026, 10:37

Ikkinchi jahon urushida Germaniya nega yengildi?

1941-yilda Gitler SSSRni bir necha oy ichida taslim qilishni rejalashtirdi. Yevropaning katta qismini allaqachon bo‘ysundirgan Germaniya qo‘shinlari Moskva ostonasigacha yetib bordi.  Ammo oradan to‘rt yil o‘tib, Berlinning o‘zi vayronalar ichida qoldi.

Madaniy

16.10.2026, 15:13

"Green Card 2027" rasman ochiladi

AQSh sudi Tramp ma’muriyatini 2027-yilgi Green Card lotereyasini qayta ochishga majbur qildi.

Jahon

15.10.2026, 17:54

Rasm sun'iy intellektda yaratildi

Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sekinlashadi: O‘zbekistonda holat qanday?

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prognozlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sur’ati 2027-yilda 5,3 foizga pastlaydi.

Iqtisodiyot

15.10.2026, 17:15

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi

Voyaga yetmaganlar bilan nikoh munosabatlariga kirishish, ularni turmushga berish yoki uylantirish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan nikoh bo‘yicha diniy marosim o‘tkazish uchun jarimalar kuchaytirildi.

Oʻzbekiston

15.10.2026, 16:35

Xitoy eksporti 2026-yilda 36,3 foizga oshdi

Xitoy eksporti rekord darajada o'sgan bo'lsa-da, ichki iste’mol va investitsiyalar sustligicha qolmoqda. 

Iqtisodiyot

15.10.2026, 16:02

Turkiyalik reper Lvbel C5 ga turk adabiyotini o‘rganish sharti qo‘yildi

Lvbel C5 taxallusli reper "Kahpe" qo‘shig‘ining so‘zlari tufayli Istanbulda qo‘lga olindi. Qo‘shiqchi sud nazorati ostida turk adabiyoti bo‘yicha tahsil olish sharti bilan ozod etildi.

Jahon

15.10.2026, 14:52

O‘zbekistonda tilanchilik uchun jarimalar oshirildi

Tilanchilik qilganlik uchun qonunda qanday choralar belgilangan?

Oʻzbekiston

15.10.2026, 14:37

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi

SpaceX kompaniyasi Ukrainada harakatlanayotgan Starlink terminallari tezligini chekladi. Ilon Maskning ta’kidlashicha, Starshield tizimiga oid tezlik va foydalanish cheklovlarini AQSh harbiylari belgilaydi.

Jahon

15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?

Xitoy 2027-yil 1-apreldan yangi energiya avtomobillari eksportida qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) qaytarish stavkasini 13 foizdan 9 foizga tushiradi. Bu ishlab chiqaruvchilarning eksportdan oladigan foydasiga ta’sir qilishi mumkin.

Iqtisodiyot

14.10.2026, 16:59

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan yangi choralar ko‘rilishi mumkinligini aytdi. Uning bayonoti AQSh va Isroil rahbarlari Eron bo‘yicha yangi harbiy operatsiyani muhokama qilgani haqidagi xabarlar ortidan yangradi.

Jahon

14.10.2026, 15:25

Kolumbiya nikohsiz tug‘ilishlar ulushi bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi

Our World in Data jahonning 37 davlatida nikohsiz tug‘ilishlar statistikasini e’lon qildi.

Jahon

14.10.2026, 15:12

Honda elektromobillarni simsiz quvvatlash tizimini ishlab chiqmoqda

Honda elektr yuk mashinalarini avtomagistralda harakatlanayotgan paytida simsiz quvvatlash texnologiyasini sinovdan o‘tkazmoqchi.

Fan-texnologiya

14.10.2026, 12:28

Qozog‘iston Tengizdagi avariya sababli 6 mln tonna neft qazib ololmadi

Qozog‘iston 2026-yilda Kaspiy quvur konsorsiumi (KTK) infratuzilmasidagi muammolar va Tengiz konidagi avariya sababli qariyb 6 mln tonna neft qazib ololmadi. Bu haqda mamlakat milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin ma’lum qildi.

Iqtisodiyot

14.10.2026, 12:22

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →